Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 Keyns nazariyasiga muvofiq iqtisodiy sikl



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/65
tarix05.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#115491
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
Kitob 3194 uzsmart.uz

8. Keyns nazariyasiga muvofiq iqtisodiy sikl: 
a) tashqi omillarga
b) ichki omillarga; 
v) Yalpi talabga ta’sir etuvchi omillarga; 
g) Yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarga; 
d) investisiyalarga bog’liq. 
9. Ketma-ketlikni shakllantiring: 
iqtisodiy sikl fazalari quyidagi ketma - ketlikda namoyon bo’ladi: 
a. jonlanish; 
b. yuksalish; 
v. tushkunlik; 
g. turg’unlik. 
 
 
 
 

Mashqlar: 
1.
Quyidagi sanab o’tilgan jarayonlar iqtisodiy siklning ikki fazasidan qaysi biriga 
tegishli: Tushkunlik (T) va Yuksalish(Yu). 
a) xususiy sektorda investisiyalarning o’sishi. 
b) foydaning qisqarishi. 
v) soliq tushumlarining o’sishi. 
g) ishchi kuchiga talabning oshishi. 
d) aksiya kurslarining pasayishi. 
e) inflyasiyaning o’sishi. 
j) ishsizlik bo’yicha nafaqalarining oshirilishi. 
z) foiz stavkalari darajasining pasayishi. 
2.
Quyida sanab o’tilgan shaxslarning maqomini ularning bandlik va ish kuchiga 
munosabati nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda aniqlang. Agar ular quyidagicha 
tarzda tasniflansa: 

Bandlar (B). 
14 



Ishsizlar (I). 

Ishchi kuchi tarkibiga kiritilmaydigan (I,t.k.). 
a) O’z xohishi bilan ishdan bo’shatilgan xodim. 
b) to’liqsiz ish kuni tartibiga o’tkazilgan xodim. 
v) Sog’ligi yomonligi tufayli, boshqa ishlolmaydigan o’qituvchi. 
g) Uzoq muddat davomida ish topa olmagan va shuning uchun ish izlashni 
to’xtatgan, ishdan bo’shatilgan xodim. 
d) O’quv yurtining kundo’zgi bo’limida tahsil oluvchi, talaba. 
e) O’quv yurtining kechki bo’limida tahsil oluvchi, avtomexanik. 
j) O’z uy yumushlari va oilasi bilan band uy bekasi. 
z) Vaqtning ma’lum bir qismida kutubxonachi sifatida ishlovchi, uy bekasi. 
3.
Quyidagi jadvalda tahlil etilayotgan davrning birinchi va beshinchi yili uchun 
bandlik va mehnat resurslariga oid ma’lumotlar berilgan. (ming kishi hisobida). 
Birinchi yil.
Beshinchi yil. 
Ishchi kuchi 
84889
95453 
Bandlar 
80796
87524 
Ishsizlar


Ishsizlik darajasi(%) 


a) Tahlil etilayotgan davrning birinchi va beshinchi yillari uchun ishsizlar soni va 
ishsizlik darajasini hisoblang. 
b) Bir vaqtning o’zida bandlik va ishsizlik o’sishini qanday izohlash mumkin? 
v) Tahlil etilayotgan davrning beshinchi yilida to’la bandlik vujudga kelgan deb 
ayta olish mumkinmi? 
4.
Quyidagi ma’lumotlar mavjud: 
Bandlar soni - 
90 mln kishi. 
Ishsizlar soni 

10 mln kishi. 
a) Ishsizlik darajasini hisoblang. 
b) Bir oydan so’ng, band bo’lgan 90 mln kishidan 0,5 mln kishi ishdan bo’shatildi, 
rasman ishsiz deb e’tirof etilganlardan 1 mln kishi ish izlashni to’xtatishdi. 
Ushbular asosida quyidagilarni aniqlang: 1) bandlar soni: 2) ishsizlar soni, 3) 
ishsizlik darajasi. 
5. 
Agar, joriy yilda narxlar indeksi 121, o’tgan yilda esa 110 ga teng bo’lgan 
bo’lsa, joriy yilda inflyasiya darajasi nimaga teng bo’ladi? "Etmishga bo’lish" 
qoidasi nimani anglatadi? Agar, inflyasiyaning yillik darajasi a) 5 %, b) 10 %, v) 
15 % bo’lsa, narxlar ikki marotaba o’sishi uchun necha yil talab etiladi? 
6.
Faraz qilaylik, ishsizlikning tabiiy darajasi 5 % ni tashkil etishi lozim bo’lgan 
holatda, amalda ishsizlik darajasi 9% ni tashkil etdi. Agar, ushbu yilda nominal 
YaMM qiymati 500 mlrd dollarni tashkil etgan bo’lsa, ortiqcha ishsizlik tufayli, 
qancha mahsulot yo’qotilgan. Ouken qonuni asosida YaMMning o’z potensial 
hajmidan ortda qolishini foizlarda hisoblang

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə