32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
Eniga:
2. Er egalarining erlarini foydalanishga berishdan olinadigan pul mablag’lari. 5.
Kim oshdi savdosi. 7. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi munosabat. 9. Tovar yoki
xizmatlar
to’g’risidagi hisobot. 12. Bozor sub’ektining ish uslubi. 16. Qimmatboho qog’ozlarni
muomalaga chiqaruvchi muassasa. 20. Qimmatbaho qog’oz turi. 21. Taftish. 22. Shaxslarning
ixtiyoriy birlashmasi. 24. Jismoniy va yuridik shaxs nomidan ish yurituvchi. 25. Ish
boshqaruvchi. 27. Pul mablag’lari fondini tashkil etish va tasarruf etish jarayonidagi iqtisodiy
munosabatlar. 29. Yozma guvohnoma. 31. Tovar - pul munosabatlari tizimi. 32.
Germaniyaning
sobiq pul birligi. 34. Guruh, hay’at. 37. Xarajatlarning daromaddan ortgan qismi. 38. Erkin
muomaladagi pul tizimi. 39. Yozma taklif. 40. Soliq turi. 41. Qonun yoki shartnomani buzganligi
uchun to’lanadigan pul. 43. Plastik kartochkalar bilan ishlaydigan avtomat. 46. Kredit berish
shartlaridan biri. 49. Ishsizlik turi. 50. Vositachi. 51. Kompleks xizmat ko’rsatish.
Bo’yiga:
1. Korxona moliyaviy holatining tekshirilishi. 3.
Tovar qiymatining puldagi
ifodasi. 4. Tovar va xizmatlarning bir - biriga to’g’ridan - to’g’ri, ya’ni pulsiz almashtirilishi. 6.
O’ralmagan holdagi tovarning sof og’irligi. 8. Tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnat. 10. Ittifoq,
birlashma. 11. Auksion, ko’rgazma to’g’risidagi e’lon. 12. Xorijiy tovarlarni keltirish. 13.
Tovarni o’ta past narxda sotish. 14. Savdo chaqirig’i. 15. Kelajakda ihlatiladigan sarmoya. 17.
Talabning aksi. 18. Foyda olish maqsadidagi faoliyat. 19. Mijoz. 23. Majburiy to’lov. 24.
Eskirishni hisoblash. 26. Mulkchilik turi. 28. Tovar narhining tez sur’atda o’sishi. 29. Katta
savdo do’koni. 30. Neft mahsulotlarini tashishga mo’ljallangan katta kema. 33. SHartnoma. 35.
Ijara turi. 36. Xalqaro savdo shartnomasi. 39. Tovar joylanadigan buyum. 42. Tovar yoki xizmat
haqining bir qismini oldindan to’lash, bo’nak. 44. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar birlashmasi.
45. Aksionerlik jamiyatiga aksiya uchun to’lov sifatida keladigan pul. 47. Hisob yuritish shakli.
48.
Rasmiy hujjat, protokol
.
Byudjet kamomadi va davlat qarzi
Har qanday zamonaviy davlatning iqtisodiy tuzilmasini o’rganish
moliyaviy
munosabatlar va ularni tartibga soluvchi institutlarning umumiyligini aks ettiruvchi
moliyaviy tizim tahlilisiz mumkin emas. Moliyaviy mexanizm orqali davlat
17
o’zining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalaridagi vazifalarini amalga oshirish uchun
pul mablag’lari fondlarini tashkil etadi va ulardan foydalanadi.
Davlat moliyasi tizimida markaziy o’rinni davlat byudjeti egal-laydi.
Davlat byudjeti mamlakat hukumati tasarrufida bo’lgan
markaz-lashtirilgan
pul mablag’lari fondlarini ifoda etadi.
Byudjet mablag’lari:
-
yalpi talabni oshirish maqsadida davlat xaridlari:
-
transfert to’lovlari to’lash;
-
ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarish;
-
ilmiy texnik tadqiqotlar o’tkazish;
-
harbiy xarajatlarni moliyalashtirish;
-
asosiy kapitalga investisiya qilish uchun sarflanadi.
Daromadlar va xarajatlar nisbatidan kelib chiqqan holda, byudjet
profisit yoki
defisitga ega bo’lishi mumkin. Odatda, tuzilmaviy va siklik byudjet kamomadi
farqlanadi.
Byudjet kamomadi davlat xarajatlarining daromadlaridan ortiq bo’lishi
okibatida vujudga keladi. Bu esa davlat qarzi - o’tgan yillar davomida to’planib
qolgan byudjet kamomadlari umumiy summasining o’sishiga olib keladi. Davlat
qarzlarining o’sishi natijasida iste’mol va jamg’armalar hajmi qisqaradi, foiz
to’lovlari keskin o’sib boradi.
Davlat byudjeti kamomadini qoplash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga
oshiriladi:
-
qo’shimcha pul chiqarish (pul emissiyasi);
-
ichki qarzni oshirish (davlat qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarish);
-
tashqi qarzni ko’paytirish (xalqaro kredit).
Byudjet kamomadi real milliy mahsulotning o’sishi, soliq stavkalarining
pasaytirilishi jarayonida qisqarib boradi.
Byudjet daromadlarining shakllanishida soliqlar alohida o’rin tutadi. Soliqlar- bu,
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlatga majburiy to’lovlarini ifoda etadi.
Soliqlar odatda, to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. To’g’ri
soliqlar har qanday
daromad manbaidan undiriluvchi soliqlar bo’lib hisoblanadi, masalan jismoniy
shaxslarning daromad solig’i, foyda solig’i. bugungi kunda respublikamiz byudjeti
daromadlari tarkibida egri soliqlarning ulushi etarlicha kattadir. Egri soliqlar tovar
yoki xizmat narxiga qo’shilib, uning yakuniy to’lovchisi iste’molchi bo’lib
hisoblanadi. Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, oborot solig’i, aksiz
solig’i, bojxona poshlinalari kiradi.
Davlatning soliqlar va byudjet
borasidagi siyosati odatda, fiskal siyosat deb
yuritiladi. Fiskal siyosatni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad,
inflyasiyani jilovlash, iqtisodiy tebranishlarni yumshatishdir.
Byudjet jarayoni davlat daromadlari va xarajatlarini tenglashtirish
(muvozanatlash) ni taqozo etadi. Biroq, ayni paytda deyarli
barcha mamlakatlarda
davlat xarajatlarining sezilarli tarzda davlat daromadlaridan ortiq bo’lishi
kuzatiladi. Bu esa byudjet kamomadining tez sur’atlarda o’sishiga olib keladi.
Buning sabablarini davlat zimmasidagi vazifalarning ko’payib borishi, davlat
18
boshqaruv xodimlari sonining o’sishi, harbiy xarajatlarning ortib borishi kabi
omillar bilan izohlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: