Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Makroiqtisodiy muvozanatsizlik: bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/65
tarix05.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#115491
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
Kitob 3194 uzsmart.uz

Makroiqtisodiy muvozanatsizlik: bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi
Bozor iqtisodiyotida siklli rivojlanish, ishsizlik, narxlarning inflyasion 
o’sishi bilan ifodalanuvchi iqtisodiy beqarorlik holatlari mavjud bo’ladi. 
Iqtisodiy sikl, qoidaga muvofiq yuksalish, tushkunlik, turg’unlik va 
jonlanish fazalaridan iborat bo’lsada, biroq uning shiddatligi, davomiyligi u 
rivojlanayotgan aniq shart sharoitlarga bog’liq bo’ladi. 
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tavsiflash uchun ishlab chiqarish 
hajmining o’zgarishini ifoda etuvchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ishlab 
10 


chiqarishning ortda qolishi ishlab chiqarishning imkon darajasi bilan haqiqatdagi 
ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi farq sifatida baholanadi. Ishlab chiqarish 
hajmlarining o’zgarishi inflyasiya va ishsizlik darajalarining o’zgarishi bilan uzviy 
bog’liqdir. 
Odatda, iqtisodiy sikllarning quyidagi ko’rinishlari farqlanadi: 
-
Kondrat’evning katta sikllari (48-55 yil); 
-
Katta sikllar (8-10 yil); 
-
Kitchinning kichik sikllari (2-3 yil); 
-
Mavsumiy (yarim yil) va hokazo. 
Odatda barcha iqtisodiy ko’rsatkichlar quyidagi turlarga ajratiladi: 

Ilgarilovchi, ya’ni sikl fazasi kirib kelguncha o’zgaruvchi ko’r-satkichlar; 

Kechikuvchi yoki ortda qoluvchi, ya’ni sikl fazasidan so’ng o’zga-ruvchi 
ko’rsatkichlar; 

Mos tushuvchi ko’rsatkichlar, ya’ni o’zgarish sikl fazasiga mos tarzda yuzaga 
chiqadi; 

Prosiklik, ya’ni yuksalish fazasida o’suvchi, tushkunlik fazasida pasayuvchi 
ko’rsatkichlar (mahsulot ishlab chiqarish hajmi, narxlar darajasi, pul aylanish 
tezligi); 

Kontrsiklik, ya’ni tushkunlikda o’suvchi, yuksalishda pasayuvchi ko’rsatkichlar 
(ishsizlik darajasi); 

Asiklik, sikl fazalariga (yuksalish, tushkunlik) bog’liq bo’lmagan ko’rsatkichlar 
(eksport hajmi). 
Iqtisodiy sikllar:
-
yangi texnik ishlanmalar va ilmiy ixtirolar; 
-
urushlar; 
-
aholi ko’chishi kabi omillar natijasida yuzaga chiqadi. 
Ishsizlik siklik, friksion, tuzilmaviy shakllarda rivojlanadi. Friksion va 
tuzilmaviy ishsizlik bozor tizimining amal qilish nuqtai nazaridan ma’qul ko’rinish 
hisoblanadi. 
Shuning uchun to’labandlik, hisoblashda friksion va tuzilmaviy ishsizlik 
hisobga olinuvchi ishsizlikning tabiiy darajasi bilan mos tushadi. Ishsizlikning 
tabiiy darajasi odatda 5-6 % ni tashkil etadi. 
To’labandlik sharoitida mumkin bo’lgan ishlab chiqarish hajmi, 
mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini ifoda etadi. Siklik ishsizlikning 
rivojlanishi uning ishsizlikning tabiiy darajasidan ortiq bo’lishiga va o’z navbatida 
YaMM haqikiy hajmining YaMMning imkon darajasidan ortda qolishiga olib 
keladi. Uning o’lchamlari Ouken qonuni asosida hisoblanadi. Ouken qonuniga 
ko’ra ishsizlikning o’z tabiiy darajasidan 1 % yuqori bo’lishi, YaMMning o’z 
potensial hajmidan 2-2,5 % ortda qolishiga olib keladi. 
Inflyasiya narxlar darajasining o’sishida namoyon bo’ladi. Inflyasiya 
darajasi, uning rivojlanish vaqti davrlari - inflyasion jarayonning asosiy 
tavsiflaridir. 
Inflyasiya sabablarini aniqlay borib, ayrim iqtisodchilar uni birinchi 
navbatda ortiqcha talabning paydo bo’lishi bilan bog’lasalar, boshqa bir 
11 


iqtisodchilar esa - mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi bilan 
bog’laydilar. 
Odatda, iqtisodiyotda qisqa, o’rta va uzoq muddatli vaqt oraliqlari 
farqlanadi. Vaqt omili yordamida inflyasiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlik tahlil 
etilganda, qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyasiya o’rtasida teskari bog’liqlik, 
uzoq muddatli davrda esa to’g’ri bog’liqlik mavjudligi ko’zga tashlanadi. 
Inflyasiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil etishda Filips egri chizig’idan 
foydalaniladi. 
Iqtisodchilar inflyasiyaning ishlab chiqarishga ta’sirini turlicha baholaydilar. 
Talab inflyasiyasi tarafdorlari evida bo’ladigan inflyasiya iqtisodiyot o’sish 
su’ratlarining o’sishini yuzaga chiqaradi deb ta’kidlasalar, xarajatlar inflyasiyasi 
tarafdorlari, bunga teskari tarzda uning rivojlanishi ishlab chiqarishning 
qisqarishiga olib keladi deb ta’kidlashadi. Biroq ikkala tomon ham giperinflyasiya
iqtisodiyot va moliya tizimini barbod bo’lishiga imkon yaratishini tan oladilar. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə