Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/65
tarix05.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#115491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Kitob 3194 uzsmart.uz

 

Yalpi (sof) foyda

yollanma ishchilar uchun ish haqi to’lash, ishlab chiqarish 
va importga sof soliqlarni ayirib tashlangandan so’ng, ishlab chiqaruvchi 
tasarrufida qoladigan qo’shilgan qiymatning bir qismi.
 

Asosiy kapital iste’moli

asosiy kapital qiymatining moddiy (jismoniy) va 
ma’naviy eskirishi natijasida qiymatining kamayishini ifoda etadi. 

Birlamchi daromadlar qoldig’i
-
barcha birlamchi olingan va to’langan 
daromadlar o’rtasidagi farq. 

Transfertlar
-
bir institusional birlikning ikkinchi institusional birlikka evaziga 
hech bir narsa olmasdan biror bir tovar, xizmat yoki aktiv taqdim etishini ifoda 
etadi. Odatda joriy va kapital transfertlar farqlanadi. Joriy transfertlar o’z ichiga 
soliqlar, ijtimoiy sug’urta ajratmalari, nafaqalar, ixtiyoriy badallar, jarimalar va 
shu kabi-larni qamrab oladi. Kapital transfertlari ko’chmas mulkka nisbatan 
mulk huquqining bir birlikdan ikkinchi birlikka hech qanday to’lov evazisiz 
berilishini ifoda etadi. 

Tasarrufdagi daromad
-
institusional birlikning yakuniy iste’mol va 
jamg’armalar uchun sarflaydigan daromadi. 

Yakuniy iste’mol
-
yakuniy iste’mol uchun mo’ljallangan barcha institusional
birliklarning xarajatlari yig’indisidir. 




Jamg’armalar-
iste’mol uchun yo’naltirilmagan tasarrufdagi daro-madning 
qolgan qismini ifoda etadi. 

Noishlab chiqarish, nomoliyaviy aktivlar va erning sof xaridi.

Sof kreditlash (+) yoki sof qarzdorlik (-) 

Sof eksport.
Milliy ishlab chiqarish hajmini o’lchashga xizmat qiluvchi asosiy 
ko’rsatkich bo’lib, Yalpi milliy mahsulot xizmat qiladi. U yil davomida 
iqtisodiyotda yaratilgan yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatini ifoda 
etadi. 
Yalpi milliy mahsulot (YaMM)ni umumiy tarzda uch usul bilan o’lchash 
mumkin: yo ushbu yilda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun 
sarflangan jamiyat xarajatlarini jamlash, yohud shu yilning o’zida mahsulot ishlab 
chiqarish natijasida olingan pul daromadlarni jamlash yoki yil davomida 
iqtisodiyot tarmoqlarida yangidan yaratilgan qiymatlarni jamlash bilan. 
YaMMni hisoblashda hisobga olinadigan asosiy xarajatlar tarkibiga iste’mol 
xarajatlari, investisiyalar, tovar va xiz-matlarning davlat xaridlari va sof eksport 
kiradi. 
YaMM tarkibida faqatgina yakuniy iste’mol uchun mo’ljal-langan iqtisodiy 
ne’matlar hisobga olinadi. 
Jamiyat daromadlari tarkibiga kapital iste’moli uchun ajratmalar, egri 
soliqlar, yollanma xodimlar mehnatini rag’batlantirish, renta to’lovlari, foiz, mulk 
daromadlari va kooperasiyalar foydasi kiritiladi. 
Makroiqtisodiy natijalarni o’lchashda YaMM bilan bir qatorda Yalpi ichki 
mahsulot, Milliy daromad kabi ko’rsatkichlardan ham keng foydalaniladi. 
YaMM milliy iqtisodiyot ko’lamlarini o’lchashda keng qo’llanilsada, unga bir 
qator kamchiliklar xosdir: 
-
bir qator ijtimoiy ne’matlar bozor qiymatiga ega emas, shuning uchun ular 
shartli qiymatlarda hisobga olinadi; 
-
YaMMda xufyona iqtisodiyot ko’lamlari hisobga olinmaydi; 
-
uy xo’jaliklarida yaratiluvchi va iste’mol etiluvchi ne’matlar hisobga 
olinmaydi; 
-
inflyasiya sharoitida YaMMni bozor narxlarida hisoblash uning haqiqatdagi 
qiymatini aks ettira olmaydi. 
Yuqoridagidan kelib chiqqan holda, YaMMning nominal va real qiymatlari 
farq qilinadi. Nominal YaMM joriy bozor narxlarida hisoblansa, Real YaMM 
doimiy narxlarda hisoblanadi. 
Jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishini to’laroq aks ettirish maqsadida 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə