Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/65
tarix05.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#115491
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
Kitob 3194 uzsmart.uz

 
 
Bo’yiga:
1. Tashqi qarzni to’lashdan bosh tortish. 2. Moliyaviy muassasa. 3. Qadimgi 
og’irlik o’lchov birligi. 4. Xorijiy yuklarni mamlakat xududidan olib o’tilishi. 5. O’zaro 
uyg’unlashgan sanoat ishlab chiqarish korxonasi. 7. Qimmatbaho metal. 8. Fransiya avtosi. 9. 
Yordamchi quyi tuzilmalar. 13. Mualliflik huquqini buzgan shaxs. 16. AQShdagi elektron birja. 
18. Loto o’yini. 19. Hisob - kitob turi. 21. Italiya pul birligi. 23. Mahsulotni yaratishga sarflangan 
xarajatlar yig’indisi. 25. Iqtisodiy ta’limotlardagi yo’nalishlardan biri. 26. Jahonning rivojlangan 
moliyaviy markazlaridan biri. 28. O’zbek avtosi. 29. Foyda olishga qaratilgan faoliyat. 32. 
Iqtisodiy islohotlarning yo’nalishlaridan biri. 35. Buxgalteriyada tovar - material boyliklarni 
hisobini yuritish shakli. 36. Mahsulot tannarxi hisobi. 39. Korxona turi. 40. 1000 sm2. 41. 
Inflyasiyaga teskari bo’lgan jarayon. 43. Tovarning o’ramasi bilan og’irligi. 44. Aksiyadan 
keladigan daromad. 46. Erdan foydalanishdan olinadigan iqtisodiy foyda.

Jahon xo’jaligi. Xalqaro savdo va savdo siyosati 
 
Tarix, jahon xo’jaligi shakllanishining to’rt bosqichini biladi. Jahon 
xo’jaligining ilk bosqichi ishlab chiqarishning toindustrial davrida vujudga keldi. 
Bu davrda alohidalashgan xududlarda yashovchi qabilalar, urug’lar o’rtasida savdo 
munosabatlari amalga oshirilgan. Bu savdo munosabatlarining ilk ob’ektlari bo’lib, 
qo’shni qabilalar, oilalarda vujudga kelgan ortiqcha don, go’sht va boshqalar 
hisoblan-gan. Savdogarlar qatlamining vujudga kelishi bilan xalqaro savdo 
rivojlana boshladi. 
Iqtisodiy muloqotning keyingi bosqichi ishlab chiqarishning industrial 
davrida vujudga kelgan. Rivojlangan bozor munosabatlari va yirik mashinalashgan 
ishlab chiqarishning vujudga kelishi natijasida tashqi savdo milliy iqtisodiyotning 
ajralmas qismi bo’lib qoldi. 
Jahon iqtisodiyoti shakllanishining uchinchi bosqichi XIX asr oxiri va XX 
asr boshlariga to’g’ri keladi. Bu bosqich transmilliy korporasiyalarning vujudga 
kelishi bilan tavsiflidir. 
O’tgan asrimizning 60 yillarida, ko’plab mustamlaka davlatlar siyosiy 
bog’liqlikdan holi bo’lganlaridan so’ng, jahon xo’jaligi rivojlanishining yangi 
bosqichiga ko’tarildi.
Jahon xo’jaligi
- jahon mamlakatlarining iqtisodiy - ijtimoiy, texnika va 
texnologik hamkorlik yuzasidan xo’jalik aloqalari va munosabatlari tizimidir. 
Hozirgi kunda, jahon xo’jaligi aloqalari quyidagi shakllarning umumiyligini 
ifoda etadi: 

tashqi savdo; 

ishlab chiqarish kooperasiyasi; 

ilmiy texnik ma’lumotlar va texnologik ishlanmalarni
ayirbosh-lash; 
25 



ishchi kuchining bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko’chishi; 

xalqaro kredit va xorijiy investisiyalar
-
davlatlarning o’zaro valyuta munosabatlari. 
Jahon xo’jaligining globallashuvi quyidagilarda ko’rinmoqda: 
-
mamlakatlar o’rtasida domiy tarzda o’zaro hamkorlik qilishga qiziqishning 
kuchayib borishi; 
-
ko’pchilik mamlakatlarning bozor yo’lida rivojlanayotganligi tufayli, jahon 
iqtisodiy makonining shakllanishi; 
-
xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi; 
-
jahon miqyosida infratuzilmaning yaratilishi (transport tizimi, kommunikasiya 
tarmoqlari…) 
Bugungi kunda respublikamiz jahon xo’jaligiga tobora chuqurroq 
integrasiyalashib bormoqda.
Bunda iqtisodiyot tuzilmasini tubdan o’zgartirish, 
jahon andozalariga mos ishlab chiqarishlarni yo’lga qo’yish talab etiladi. 
Mamlakatimiz rahbari bu haqda:
“Islohotlarning hozirgi bosqichida asosiy vazifamiz, iqtisodiyotimiz strukturasini 
tubdan o’zgartirish, xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari 
darajasiga etkazishdan iborat. Bunda tarkibiy o’zgarishlarda respublika uchun eng 
asosiy hisoblangan tarmoqlarni jumladan, yoqilg’I - energetika va g’alla 
komplekslarini rivojlantirishda iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash. Shuningdek, bu 
o’zgarishlar respublika iqtisodiyoti uchun ustuvor hisoblangan, boy tabiiy, mineral 
xom - ashyo, mehnat resurslariga asoslangan hamda istiqbolda xalqaro va 
davlatlararo mehnat taqsimotida, jahon bozorida O’zbekistonning mustahkam o’rin 
egallashini kafolatlovchi ishlab chiqarishlarni ildam sur’atlar bilan o’stirishga 
qaratilishi lozim. Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni 
kengaytirish, ularning raqobatga bardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. 
Buning uchun korxonalarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunlar
ayniqsa, kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan 
jihozlash, ichki bozorni to’ldirish uchun kerakli mahsulotni ishlab chiqaradigan 
kichik, ixcham texnologiyalarning konsepsiyasini va milliy dasturini ishlab chiqish 
zarurligi g’oyasi ilgari suriladi. Bunday dasturning ishlab chiqilishi va amalga 
oshirila boshlanishi - iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining ustivor vazifasidir"

deb ta’kidlaydi. (I. A. Karimov "O’zbekiston buyuk kelajak sari" T.: "O’zbekiston" 
1998.333-334 b.) 
Xalqaro savdo nazariyasi XIX asrlar boshida David Rikardo tomonidan 
shakllantirilgan taqqoslanma avfzalliklar tamoyiliga asoslanadi. 
Tahlil shuni ko’rsatadiki, taqqoslanma avfzallik tamoyilidan foydalanishga 
asoslangan erkin savdo va xalqaro ixtisoslashuv natijasida jami tovar ishlab 
chiqarish o’sadi, mamlakatlar esa ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ortiq bo’lgan 
ichki iste’mol darajasiga erishadilar. 
Ochiq milliy iqtisodiyot jahon xo’jaligi bilan savdo va moliyaiviy 
munosabatlar orqali o’zaro manfaatli aloqalarga kirishadi. Tashqi savdo eksport va 
import qiluvchilarning o’zaro harakatini va eksport qiluvchilar o’rtasida raqobatni 
26 


ta’min etuvchi jahon bozorlarining mavjud bo’lishini taqozo etadi. amaliyotda 
tashqi savdo siyosatining ikki asosiy tipi farqlanadi: 
-

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə