Ызбекистон республикаси


II. Kasb-hunarga yo’naltirishning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/40
tarix28.11.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#135627
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
касбга йўллаш ўкув кўлланма

II. Kasb-hunarga yo’naltirishning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari 
Kasb-hunarga 
yo’naltirish – umuminsoniy madaniyatni shakllantirish 
jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodni kasbiy tiklanishi, tabiat 
in`om etgan (tug`ma) qobiliyatlarini rivojlantirishda ko’maklashish, insonga kasbiy 
o’zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora – tadbirlar majmuasi bo’lib, uning 
imkoniyat va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta`lim turini tanlash 
ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo’lgan ehtiyojlarda jamiyatning 
g`amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishining bosh maqsadi o’ziga xos usullar yordamida 
mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining 
samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat.
Kasb-hunarga yo’naltirishning asosiy maqsadi – yosh avlodni ongli va mustaqil 
ravishda kelgusi ta`lim yo’nalishini (akademik litsey yoki kasb – hunar kolleji) 
tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati
moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda mehnat 
qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb-hunarga yo’naltirigp quyidagi ikki asosiy vazifani hal qilishga qaratilgan:
-
mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish hisobiga 
mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash;
-
shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o’z qiziqishlari, moyillik va 
imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan 
tezroq uni o’zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishining pirovard natijasi ijtimoiy- iqtisodiy omil 


121 
bo’lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.
Kasb-hunarga yo’naltirishda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
-
kasb-hunarga yo’naltirish xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;
-
iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o’rganish va prognoz qilish orqali 
jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
-
shaxsni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, 
uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
-
O’zbekiston fuqarolarining va (lozim bo’lganda) boshqa davlat fuqarolarining 
o’qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat`iy nazar 
kasb-hunarga yo’naltirish xizmatlaridan foydalanishga teng huquqligi;
-
kasb tanlash yoki almashtirish, ta`lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga 
nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;
-
umumiy o’rta ta`lim maktab o’quvchilariga psixologik-pedagogik va 
kasb-hunarga yo’naltirish xizmatlarini ko’rsatishning majburiyligi va bepulligi, 
aholining boshqa guruhlariga davlat darajasida kafolatlangan kasbiy tashxis va 
maslahat berishning ixtieriyligi;
-
kasbiy tanlov, tashhis va maslahat xulosalarining ob`ektivligi, maxfiyligi va 
tavsiyaviy xarakterda ekanligi; 
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining asosiy ob`ekti:

umumiy o’rta ta`lim maktablarining 1 – 9 sinf o’quvchilari; 

oliy o’quv yurtlari talabalari va o’rta maxsus, kasb – hunar ta`limi 
muassasalarining o’quvchilari;

band bo’lmagan aholining turli guruhlari;

ishdan bo’shashi kutilayotganlar;

ish qobiliyati cheklangan shaxslar.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə