Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə43/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

.





71
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Ta’lim insonlar hayotini tubdan oʻzgartiradi va uning davlat rivojlanishdagi
hissasi beqiyos. Ta’limning asosiy maqsadi – jamiyat faol shaxsini tarbiyalash,
ularni mehnat bozoriga tayyorlash, malakasini oshirish, shuningdek, insonlarni
jamiyat hayotiga jalb qilish, jamiyat qadriyatlari va axloqini oʻrgatishdan iborat.
Ta’limning vazifasi - shaxsni ijtimoiylashtirish va jamiyatni shakllantirish va
barqarorlikni asrashdir.
Globallashuv jarayonida XXI asr taʼlimi o‘quvchilarga dunyo miqyosida
muvaffaqiyatga erishish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni berish va ularni
amalda qoʻllashga boʻlgan ishonchni oshirishga koʻmak beradi. AKT rivojlangan
davrda ma’lumotlar juda koʻpligi sababli, XXI asr koʻnikmalari koʻproq ma’lumotni
tushunishga, baham koʻrishga va undan oqilona foydalanishga qaratilgan.
Bugungi kundda insonlar muvaffaqiyatga erishish uchun an’anaviy mehnat
bozorini tark etgan holda oʻz bandligini yaratishni afzal koʻrmoqdi. Muvaffaqiyatli
insonlar dunyoning istalgan nuqtasida yashash va ishlashni hamda dunyo
kezishni, qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib mehnat qilishni lozim topmoqda.
Vaholanki, hozirgi fan-texnika rivojlangan asrda koʻpchilik o‘quvchilar
oʻtmishdagidek usulda ta’lim olishni davom etmoqdalar, xususan, yod olish
va va individual testlar orqali oʻqitilmoqda. Koʻpchilik oʻquvchilar bilim olishga
motivatsiyasi past boʻlganligi uchun qiynalmoqda, Youtube videosini tomosha
qilish yoki Internet orqali bir xil ma’lumotni oʻrganish imkoniyati boʻlsa, maktabga
borishni xushlamaydi. Yoki maktab taʻlimidan qoniqmasligi tufayli repetitorga
qatnashni ma’qul koʻradi.
Maktablar hozirgi kundagi jadal rivojlanishlarga oʻz vaqtida javob bera
olmaganligi tufayli oʻquvchilarga tez oʻzgarishlarga javob berish hamda yangi
ma’lumotlardan qanday foydalanishni yetarli darajada oʻrgata olmaganligi tufayli
eskirgan usullar qo‘llanilmoqda.
XX asr ta’limi o‘qituvchiga qaratilgan ta’lim sifatida, barcha tavsiyalar, pedagogik
texnologiyalar ta’lim beruvchini shakllantirish hamda o‘qituvchining ta’lim
jarayonidagi boshqaruvchilik rolini ta’minlashga bo‘ysundirilgan edi. Yangi asr ta’limi
esa, avvalgidan farqli ravishda, o‘quvchiga qaratilgan ta’limni targʻib etmoqda.
XXI asr ta’limida Z avlod va Alfa avlod terminlari paydo boʻldi. Z avlodi
- 1995 va 2009-yillar oraligʻida tugʻilganlar - koʻpchiligi internetsiz hayotini
tasavvur qila olmaydi va oʻquv jarayonida smartfon, iPad, smartdoska va boshqa
texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlganlar. Alpha avlodi - 2010
yildan keyin tugʻilganlar boʻlib ular smartfonlar, iPad, 3D televizor, Instagram
va Spotify kabi musiqa ilovalari paydo boʻlgandan keyin tugʻilgan avlod va
22-asrning birinchi avlodidir. Ular xohlagan ma’lumotlarni xonadan chiqmasdan





72
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
internetdan oson topa olishadi. Shuningdek, ular dunyoning turli burchaklaridagi
insonlar bilan oson muloqot oʻrnatishi, doʻstlar orttirishi va sayohat qilishi
mumkin, bu esa ularga cheksiz oʻrganish tajribasini yaratadi.
Bugungi kunda o‘quvchilarimiz zukko, mustaqil hamda qobiliyatli “raqamli
avlod” boʻlib, raqamli texnologiyalardan osongina foydalanmoqda. Bu esa
o‘qituvchilardan jadal rivojlanayotgan zamonamiz talablariga moslashishni, oʻz
ustida tinmay ishlashni talab etadi.
XXI asr taʼlimining mohiyati oʻquvchilarga raqamli dunyoda muvaffaqiyat
qozonishlari uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni berish va bu
koʻnikmalarni amalda muvaffaqiyatli qoʻllashga oʻrgatishdan iborat.
Shuningdek, raqamli rivojlanish jarayonida ijtimoiy-hissiy ta’lim berish, media
savodxonlikni shakllantirishni taqozo etmoqda. Ijtimoiy-hissiy ta’lim – bu barcha
yoshdagi o‘quvchilarga o‘z his-tuyg‘ularini yaxshiroq anglashga va boshqalarga
hamdardlik ko‘rsatishga yordam beradigan texnikadir. Ijtimoiy-hissiy ta’limning
quyidagi kompetensiyalari mavjud: O‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish,
ijtimoiy xabardorlik, muomala ko‘nikmalari va qaror qabul qilish. Bu koʻnikmalar
barchaning huquq va qadriyatlarini himoya qiladigan raqamli fuqarolarni
shakllantirishga ko‘mak beradi.
Hozirgi kundagi ma’lumotlarning koʻpligi tufayli, XXI asrning asosiy
koʻnikmalari ma’lumotni saralash, tushunish, baham koʻrish va undan oqilona
foydalanishga qaratilgan. Xalqaro hamjamiyat tomonidan o‘quvchilarda
ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muloqot va hamkorlik kabi koʻnikmalarni
shakllantirish tavsiya etilgan.
Mazkur toʻrtta mavzu har bir darsning savodxonlik va hisoblash kabi ajralmas
boʻlagi boʻlishi hamda o‘quv dastur va rejalashtirishda oʻz aksini topishi lozim.
Ijodkorlik negizida ma’lumotlarga yangicha yondashish, muammolarni
innovatsion, ya’ni yangi yoʻllar bilan oʻylash, yangi aloqalar oʻrnatish va
muammolarga innovatsion yechimlarni topish yotadi. Tanqidiy fikrlash orqali
ma’lumotni tahlil qilish va tanqidiy baho berish tushuniladi. Muloqot orqali biron
ma’lumotni yaxshi tushunish uchun boshqalar bilan muhokama etish mumkin.
Hamkorlik - biron mavzu, loyiha bo‘yicha bu jamoaviy ishlash tushiniladi.
Hozirgi kunda ba’zi maktab o‘quvchilari darslarda toʻliq qatnashmay,
repetitorlarga qatnashni afzal koʻrmoqda. Ta’lim sifati maktab o‘quvchilarning
OTMlarga kirish foizi bilan belgilanmoqda. Vaholanki, bu natija ortida repetitorlar
hissasi yotadi.
Ta’lim sifati bu - infratuzilma, darsliklar va malakali oʻqituvchilardir.
Hozirgi kunda o‘qituvchilar malakasini sifatli oshirish muammosi turibdi.






Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə