J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar



Yüklə 256,16 Kb.
səhifə14/60
tarix29.11.2023
ölçüsü256,16 Kb.
#142572
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra-fayllar.org

2. O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar
O’rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog’lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo’lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo’lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog’u toshlardan , qum cho’llardan olib o’tish osonmidi, buning uchun ma’lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko’rish kerak bo’ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo’lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot ) va boshqa ko’pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg’oniy, Ibn Sino, Ibn Ro’shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko’plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g’oyalar ham o’z aksini topgan. Sharq uyg’onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko’plari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.


  1. A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari.

O’rta asr davrida ilg’or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Farobiy (870–950) hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini oshirish yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan, suhbatlashib undan saboq olish uchun yo’lga chiqqan.


Forobiy bir asarni bir marta o’qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o’qirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o’qigan nusxasi topilgan bo’lib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o’qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o’qidim, lekin yana o’qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o’qib o’rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to’liq tushunganligi haqida yozgan.
Farobiy bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan moddiy ehtiyojlar to’g’risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o’zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo’ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to’g’risida bunday tushuncha o’sha davrdagi ilg’or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o’tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi.
Forobiy Platonga o’xshab ideal tuzum to’g’risida fikr yuritdi. U kelajak haqida o’ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o’zaro yordam va do’stlik tufayli bo’ladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; er yuzida barcha xalqlarning o’zaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi to’g’risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o’zaro yordamning iqtisodiy asosi – mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko’rsatib bera olmadi. Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi o’ringa surib qo’ydi. Bu, ayniqsa, uning davlat to’g’risidagi talqinida ko’rinadi, unda adolat o’rnatish, ommani ma’rifatli qilish uning asosiy funktsiyalaridan deb e’tirof etiladi.

Yüklə 256,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə