Jadidchilik harakati


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 497,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix29.03.2023
ölçüsü497,73 Kb.
#103590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
jadidchilik-harakati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
122 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
panislomizmga xizmat qilayapdi deb tushunildi va xokimiyat bu boradagi 
faoliyatlarga qarshilik ko’rsatishga xarakat qila boshladi[3].
Jadidchilik umummilliy harakat sifatida: 
1. Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg’onish mafkurasi bo’lib 
xizmat qildi. 
2. Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab 
chiqardi. 
3. Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g’ayrat va tashabbusi bilan 
dunyo yuzini ko’rgan “Turkiston muxtoriyati” bu yo’ldagi amaliy harakatlarning 
dastlabki natijasi edi. 
Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik harakati Turkistondagi kabi
X1X asr oxiri XX asr boshlarida shakllangan bo’lsa ham, bu xududlardagi tarixiy 
sharoit undagi jadidchilik harakatiga xam o’ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro 
va Xiva jadidlari ham maorifni isloh etishni, amir va xon xukmronligini cheklash, 
mavjud tuzum sharoitida islohotlar o’tkazib, jamiyat taraqqiyoti va milliy 
mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib qo’ygan edilar. 
Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishda 
ko’rinadi.1. Yangi usul maktablarini ochish, ko’paytirish orqali. 2. Turli ma’rifiy 
jamiyatlar ochish orqali. 3. Umidli iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish 
orqali. 
Bog’chasaroyda dastlabki jadid maktabini ochgan Ismoil Gaspirinskiy 
Turkiston general-gubernatori N.O.Rozenbaxga o’lka musulmon maktablarini ham 
isloh qilishga doir loyihasini yuboradi. Rad javobini olgach, 1893 yil Turkistonga 
o’zi keladi, Buxoro, Samarqand, Toshkentda bo’lib, taraqqiyparvar ziyolilar bilan 
uchrashuvlar o’tkazadi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga 
ko’ndiradi. Bu maktabga “Muzaffariya” nomi beriladi. 
Shunday qilib, jadidlar tomonidan yangi maktablarga ochish, maktablar uchun 
darsliklar yaratish jarayoni boshlandi.. “Usuli jadid” maktablarida diniy fanlar va 
arab tili bilan bir qatorda tibbiyot, hikmat, kimyo, tabobat, nujum, handasa fanlari
rus, fors tillari - jami 17 tagacha fan o’rganilishi shartlari ilgari surildi. 1999 yilda 
Andijonda Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda Saloxiddin domla, 
Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo’lib jadid maktablarini ochadilar 
Yangi usul maktablariga asos solgan, darsliklar yaratgan Turkiston 
munavvarlaridan ba’zilarini ko’rib o’tamiz. 
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1929) – O’rta Osiyo jadidchilik 
harakatining yo’lboshchisi. XX asr o’zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi maktab 
asoschisi, milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir edi. U Toshkentda 1901 



Yüklə 497,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə