Jadidchilik harakati


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 497,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix29.03.2023
ölçüsü497,73 Kb.
#103590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
jadidchilik-harakati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
125 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
Behbudiya” nomi bilan o’z xususiy nashriyotini ochadi va 1913 yilda “Samarqand” 
gazetasi va “Oyna” jurnalini nashr etishda bosh-qosh bo’ldi.
Behbudiyning "Turkiston idorasi", "Turkistonda maktab jarida", "Buxoroda 
usuli jadid", "Yoshlarga murojaat", "Ehtiyoji millat", "Ikki emas, to’rt til kerak", 
«Musulmonchilik libos va qiyofat tanlamaydi» kabi publisistik maqolalari milliy 
jurnalistika asoslarini tashkil etadi.
Behbudiy faoliyati va uning ahamiyati haqida mamlakatimiz Prezidenti 
Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomalarida: “
2020 yilda xalqimiz 
tarixining murakkab damlarida, ma’rifat mash’alasini baland ko’tarib chiqqan 
ulug’ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo’ja Behbudiyning 145 yillik tavallud 
sanasi keng nishonlanadi”,- 
deb aloxida to’xtalib o’tdilar. 
Jadidlar teatrga xam asos soldilar. 1913 yili Abdulla Avloniy, Munavvarqori 
Abdurashidxonov, Tavallolar tashabbusi bilan O’rta Osiyodagi birinchi teatr truppasi 
“To’ron” milliy teatri yuzaga keldi. Dramatik asarlar yoza boshladilar. Behbudiyning 
“Padarkush yoxud o’qimagan bolaning holi” asari (1911 yil) bu boradagi birinchi 
urinish edi. Asar birinchi bor (Samarqandda xavaskorlar tomonidan qo’yilgan) 1914 
yil 27 fevralda Toshkentdagi Kolizey teatri binosida “Turon” teatri aktyorlari 
tomonidan qo’yildi. Shu kuni tariximizdagi ilk milliy teatrning rasmiy ochilishi kuni 
xisoblanadi. 
Teatr haqida Behbudiy “Tiyotr nadur” maqolasida “...Tiyotr ibratnamodur. 
Tiyotr va’zxonadur. Tiyotr oyinadurki, umumiy hollarni anda mujassam va namoyon 
suratda ko’zliklar ko’rub, kar va quloqsizlar eshitib asarlanur”[7]. Taraqqiy etgan 
millatlar teatrlarni ulug’lar uchun odob va ibrat maktabi deb biladilar. Teatr taraqqiy 
etishni eng birinchi sabab va omilaridandir, -deb yozgandi. 
Jadidlar milliy adabiyotga xam asos soldilar. Milliy romanchilik shakllana 
bordi. 
Dakstlab, romanchilikka o’rinish Xamza Xakimzodada kuzatildi. U “Yangi 
saodat” asarini milliy roman deb atagan va bu boradagi ilk izlanishlarni boshlab 
bergan edi [8]. Ammo O’zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla 
Qodiriy (Julqunboy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug’ilgan) romanchilikka 
asos soldi. Bo’lg’usi adibning ilk ijodi 1913-1914 yillarda boshlangan bo’lib, dastlab 
u shoir sifatida qalam tebratdi. Uning «Ahvolimiz», «Millatimga», «To’y» (1914-
1915) kabi she’rlari «Oina» jurnalida bosilib chiqqan edi.
Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab «O’tgan kunlar» romani uchun 
material yig’ishga kirishdi. 1922 yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari 
«Inqilob» jurnalida chop etila boshlandi. 1925-1926 yillarda «O’tgan kunlar» uch 
bo’lim holida kitob» bo’lib nashr etildi. 



Yüklə 497,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə