Jadidchilik harakati


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 497,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix29.03.2023
ölçüsü497,73 Kb.
#103590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
jadidchilik-harakati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
120 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
Keywords
: jadid, enlightenment, jadid, national revival, press, autonomy, 
national idea, "Behbudiya", "Turan", Temple, "Discussion". 
KIRISH 
“Jadid” atamasi Turkiya turklarida ilk marta Sulton Salim III hukmronligi 
(1739-1802) davrida paydo bo’ldi. Avstriyaga elchi qilib yuborilgan Abubakr Ratib 
afandi shohga yozgan bildirishnomalarida u yerda ko’rgan idora tizimini “Nizomi 
jadid” deb tushuntiradi. 1789 yilgi Fransuz inqilobidan keyin qurilgan yangi tizimni 
esa “Fransiya nizomi jadidi” deyila boshlandi. Shu yillari “Nizomi jadid” tor 
ma’noda askariy tizimni yevropalashtirishni, keng ma’noda ilm-fan, maorif, sanoat 
va qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirishni ko’zda tutar edi.
Demak, jadid atamasi yangilik tarafdorlarini, yangilik g’oyalarini ifoda etuvchi 
tushuncha sifatida qo’llanilgan. XIX asrning oxirlarida dunyo tamaddunida 
bo’layotgan ulkan madaniy –ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yangi 
munosobatlar u yoki bu tarzda sekinlik bilan bo’lsada, Turkiston o’lkalariga kirib 
kela boshladi. Yangilik tarafdorlarini Abdulla Avloniy so’zi bilan aytganda, “gazeta 
o’qig’uvchilarni” mullalar “jadidchi” nomi bilan[1] atar edilar. 
Jadidlar Usmonli Turkiyadagi “Ganch (yosh) turk”lar tashkilotlari tasirida 
“Yosh buxoroliklar”, “Yosh xivaliklar”, “Yosh turkistonliklar” degan nomlarda 
faoliyat olib borishgan. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur 
tadqiqot jarayonida Jadidchilik harakatining tarixiy tashkil topishi obyektiv ochib 
berildi. Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashda jadidchilar maktabi va ularning 
harakatlarini
 
mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot jarayonida Abdulla Avloniyning “Tarjimai xol” Tanlangan asarlar 2-jildlik 
va Munavvarqori Abdurashidxonning “Qizil O’zbekiston” nomli asarlari 
metodologik manba sifatida olindi.

Yüklə 497,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə