Jahon adabiyoti tarixi


Qadimgi yunon adabiyoti quyidagi davrlarga bo‘linadi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə41/183
tarix11.12.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145732
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   183
Qadimgi yunon adabiyoti quyidagi davrlarga bo‘linadi:

  1. Krit-Mikena yoki Egey madaniyati(miloddan oldingi 2 ming yillikdan

miloddan oldingi XII asrgacha).

  1. Homer davri adabiyoti(m.o. IX-VIII asrlar).

  2. Yunon adabiyotining arxaik davri(m.o. V asr boshlarigacha).

  3. Antik davr – m.o. V-IV asrlar. Ellin polislarining gullab-yashnash davri.

5. Ellinizm davri(ellin jamiyati adabiyoti) – m.o. VI-I asrlar.
6. Rim imperiyasi davridagi yunon adabiyoti – m.o. I asr oxiridan.

Qadimgi Sharq va Yangi davr Yevropa adabiyotini bir-biri bilan bog‘lab turuvchi antik davr, yunon adabiyoti o‘z ahamiyati jihatidan jahon adabiyotining bir bo‘lagi hisoblanadi. Markaziy Osiyo antik dunyo bilan ko‘p asrlar davomida madaniy-adabiy aloqada bo‘lganligi tarixiy, ilmiy manbalardan ma'lum. O‘z vaqtida ellinizm madaniyati yurtimiz madaniyatining rivojlanishiga samarali ta'sir ko‘rsatgan. Shu bilan bir qatorda Yunon-Baktriya hukmronlari davrida sharq xalqlarining faol ishtiroki bilan sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi. “Biz hozigi zamonda yurtimizning ming-ming yillik tarixini, tamomila yo‘qolib ketgan ba'zi bir adabiy asarlarimiz( “To‘maris”, “Shiroq”, “Zarina va Striangiya”, “Zariadr va Odatida” dostonlari) izlarini antik zamonda o‘tgan Yunon-Rim tarixchilari(Gerodot, Polien, Diodor, Xares) asarlarida topib olamiz”12, - deb yozadi o‘zbek adabiyotshunos olimi N.M.Mallaev. X-XI asrlarda boshlangan madaniy rivojlanish natijasida ilm-fanda katta yutuqlarga erishildi. Bu davrda jahon madaniyatini rivojlanishiga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shgan buyuk allomalar Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Aburayxon Beruniy faoliyat ko‘rsatdilar. “Ikkinchi Aristotel” yoki “Al muallim as-soniy”( “ikkinchi muallim”) nomini olgan Forobiy, “Uchinchi Aristotel”, “fan sardori”, “falsafa sultoni” nomlarini olgan Ibn Sino yunon olimlari, faylasuflarining ilmiy, falsafiy asarlariga tavsirlar yozib, ularni sharhlab berganlar.


Sharq va G‘arbni birlashtirmoqchi bo‘lgan Aleksandr Makedonskiy haqida ko‘plab tarixiy, badiiy, ilmiy asarlar yaratilib, uning shaxsiyati, insoniyat tarixidagi o‘rni haqida turlicha talqinlar berilgan. Hazrat Navoiy qalamiga mansub “Saddi Iskandariy” dostonida shoh Aleksandr timsoli o‘ziga xos, takrorlanmas, yangicha talqil qilinadi. Daho shoir Iskandar obrazi orqali zamondoshlarini qiynayotgan, hayajonga solayotgan ma'naviy-ahloqiy muammolarga e'tiborni qaratadi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə