Xirurgiyani rivojlanish empirik



Yüklə 65,04 Kb.
səhifə1/15
tarix23.09.2023
ölçüsü65,04 Kb.
#123083
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mavzu


Zamonaviy xirurgiyani rivojlanish tarixi. Aseptika va antiseptika.


XIRURGIYANI RIVOJLANISH EMPIRIK DAVRI
OXUNOV ALISHER ORIPOVICH 
alisher.oxunov@tma.uz 
Umumiy va bоlalar xirurgiya kafеdrasi 
XIRURGIYANING RIVOJLANISH TARIXI 
Empirik davr, eramizdan — oldingi 6-7 ming yillikdan to eramizning XVI asrigacha vaqtini o‘z ichiga oladi.
Ilk odamlarning tibbiyot borasidagi bilimlari ularni ilk tajribalaridan kelib 


chiqqan bo’lib ular nixoyatda cheklangan edi. Ilk insonlar uni o’rab turgan ta-
biyatda yuz berayotgan xodisalarini tushinmas edilar. Ilk odamlar jamoasiga 
tegishli bo’lgan davolash bosqichlari va usullari sifatida, aniq maqsadlarga 
yo’naltirilgan jamoaviy davolash, gigeenik talablarini rivojlanishi (teridan ki-
yim tikish) va turlixil hayvonlarni muqaddas sanab ulaning turli xil a’zolarini, 
suyaklarini, terisini va turli giyohlar, toshlarni ilohiylik ruxini berib ular 
yordamida insonlarni davolashga urinishda ko’rishimiz mumkin. Qadimgi in-
sonlarni kasalligiga e’tibor qarataydigan bo’lsak ularda suyaklarni snishi juda 
ko’p uchrashini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Bujaroxatlarni qadimgi odamlar 
asosan ov vaqtida va turli tabiiy hodisalar vaqtida olishar edi. 
Qadimgi Xitoyning yirik xirurgi vakili Xua To (141-208) xisobdanadi. U sinishlarni 


davolagan, boshda, ko‘krak qafasidada va qorin bo‘shlig‘ida operatsiyalar 
o‘tkazgan. Qadimgi xitoyning bir kitobida Xua To bemor talog‘ining bir qismi olib 
tashlangandan keyin sog‘ayganligi yozilgan. Operatsiya vaqtida og‘riqsizlantirish 
uchun Xua To mafusan, mandrogoru qo‘llagan, yana igna sanchib davolash usul-
larini bir yoki ikkita nina kirg‘azib kutilgan natijalarga erishgan. Tug’ma nuqson 
«quyon lab»ni tuzatish uchun operativ aralashuvni o‘tkazishda turli plastik oper-
atsiyalarning to‘liq tavsif yozib qoldirgan.Saqlanib qolgan xujjatlarda Qadimgi 
Xitoyda eramizdan oldingi V asrda yashagan davolovchi Byan Syue ko‘zda va 
quloqda operatsiyalar o‘tkazgani yozilgan.


 


 


 
Qadimgi Xindiston xaqida mashxur tarixchilar, faylasuflar va sayyoxlar yozishgan: grek 


tarixchilari Gerodot, Strabon va Diodor, Aleksandr Makedonskiy yurishi qatnashchilari, 
SHox CHandragupti-Megasfen saroyidagi elchi Selevkidli, xitoylik tarixchi Syan, 
ziyoratchi Fa Syan va boshqalar. «Sushrut-Semixt» asosan operativ davlashga 
bag‘ishlangan: unda 300 operatsiyalar, 120 dan ortiq instrumentlar va 650 tadan kam 
bo‘lmagan dori vositalari yozilgan. Xindistonda eramizdan oldingi 800 yilda buruni 
to‘g‘rilash uchun plastik operatsiyalar qilishni boshlashgan, bu teri uchun peshona yoki 
lunjdan foydalanishgan. 
Qadimgi Misrda eng qadimgi operatsiyalar qilingan. Odam tanasi xirurgiyasi aks ettirilgan Edvin Smit papirusi (m.a. XVI asr) 17 ta tub-


dan iborat. Unda bosh suyagi, bosh miya, bo‘yin 
umurtqasi, o‘mrov, elka, ko‘krak qafasi va 
umurtqa pog‘onasidagi travmatik shikastlanish-
lar va ularni davolash xaqida yozilgan. Sinishlar-
ni davolash uchun misrliklar qadimmy taxtakach 
(shinalar)dan foydalanganlar va shi-
kastlangan qo‘l-oyoqlarni saqichga 
shimdirilgan zig‘ir tolasidan to‘qilgan 
mato bilan tarang qilib bog‘lashgan. 
Elinizim davri jaroxligi birinchi 


navbatda travmatalogiya va jarrox-
likning keskin suratlar bilan rivojlari-
shi bilan etirof etiladi. Bu boradagi 
ko’pgina 
yutuqlar Aleksandriya 
shifokorlik maktabini bilan bog’likdir. 
Aleksandirning yurishlari natijasida 
yunon va qadimgi 
sharq maktablarini 
qo’shilishi yuz berdi. 
Elinizim davri tib-
biyoti bir tomondan qa-
dimgi yunon falsafasi va ikkinchi tomondan qadimgi sharq maktabini o’zida qamrab oldi. Gip-
pokrat bizgacha «genikologiya» «jaroxatlar» to`g`risidagi asarlari qadimgi yunon tibbiyotining 
merosidir. Ushbu asarlar orqali biz o’sha qadim zamonlarda Yunonistonda jarroxlikning ahvolini, 
jarroxlik asboblarini, jarroxlik usullarini va turli xil dorilarni bilib olishimiz mumkin.
Rim imperiyasi davrida rim imperiyasini qurilishini biz ulkan shifokorlar 


armiyasini qurilishiga o’xshatishimiz mumkin. Ulkan sarxatlarni egallashni 
o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan Rim imperiyasi albbatda juda katta mi-
qdorda tabiblarga extiyoj sezar edi. Shifokorlar Rim ipreriyasi armiyasinig 
xar bir bo’linmasida bor edi, bundan tashqari xar bir askar o’zi bilan birga 
tibbiyot uchun kerak bo’lgan narsalarni olib yurishi shart edi. Jangdan 
so’ng jaroxatlanganlarni maxsus tibbiyot chodirlariga olib borishar va u 
yerda ularga maxsus shifokor, uning ikki tabiblari va ikki yordamchisidan iborat maxsus gurux biriktirib qo`yilar 
edi. O`sha davrlarda jaroxatlanganlarga yaxshi xizmat ko`rsatganlarni Rim shahriga taklif qilishar va ular u yer-
da tish doktori, jarrox va shunga o’xshash kasblar bilan shug`ullanishar edi. 
Rim imperiyasi davridagi jaroxat olgan askarlaga yordam berish san’ati Vizantiya im-


periyasi tomonidan ko`p o`zgartirishlar kiritgan va qabul qilindi. SHunday tarizda 
oltinchi asr ga kelib Vizantiya armiyasida 8-10 kishidan iborat bo’lgan sanitar kaman-
dalar tashkil etila boshlandi, ular oz novbatida 200-300 kishilik maxsus guruxlardan 
iborat bolgan edi. Ular jang vaqtida jangda yurib yaralanganlarni jang maydonlaridan 
olib chiqar edilar. Vizantiya imperiyasida to`rtinchi asrga kelib cherkovlarda tibbiy 
yordam korsatish markaziga aylana boshladi. U esa o`z navbatida tibbiyot olamida 
tibbiyot bilimlari bilan boy ta’lim olgan roxiblarni olib kela boshladi. Bunday jarayon-
lar dast avval Misrdan boshlandi va u keyinchalik butun Vizantiya olami bo`ylab tar-
qala boshladi. 


 Abul Qosim al-Zaxraviy musulmon olamida eng 
kuchli jarrox sifatida tanilgan olimlardan biri 
bo`lib sanaladi. Birinchilardan bo`lib jarroxlik 
operatsiyalarini o`tkazgan olimlardan biridir. U 
o’zing kashfiyotlari orasiga 150 dan ortiq jarrox-
lik asboblari kiritgan. 
Ar-Razi bo`lsa xozirgi kunda xar birimiz uchun 
tanish bo’lgan gipislarni tibbiyot olamiga olib 
kelgan olimlardan biri bo`lib sanaladi uning bu 
kashfiyoti xozirgi kunga qadar xam juda keng 
qo`llaniladi.
Ibin Sino o’zing yozgan asarlari bilan uyg`onish davri tibbiyotiga asosan yaratib berdi. Uning asarlari o’n yettinchi 
asrgacha yevropa tibbiyot inistitutlarida eng asosiy o`quv manbasi bo’lib kelgan. 
Amerika mamlakatlarida Kolumbga qadar yevropaga nisbatan ancha taraqqiy etgan tibbiyot maktablari bor edi:


astetstek, inklar. Qadimgi astetsteklarda armiyalarida jaroxlik bilan shug`ullanadigan maxsus bo`linmalar xam 
bo`lgan.
E.Kortesning guvoxlik berishicha astetsteklarning 150 ming kishilik armiyasida maxsus jarox-
atlanganlarni jang maydonidan olib chiqadigan va ularga tibbiy yordam ko’rsatayotgan 
maxsus tibbiyot bo`linmalari bo`lgan va bu armiya o’sha davrning xar qanday yevropa 
armiyasidan zo’rroq bo’lgan.
Asteteklarning ko’pgina shaxarlarida faqatgina tibbiy ishlar bilan shug`ullanayotgan davlat 
organi bo’lgan. Ammo ularning tibbiyot borasidagi ko`pgina yutuqlari Amerika qitasiga 
konkistadorlar kelganidan so’ng yo’qotildi.
Qadimgi rusda to xristiyanlikni qabul qilgungacha ruslarda davolash ishlari bilan valxvalar 
shug`ullanganlar.
Volxvalarga qo`yilgan talablardan biri ular birinchi navbattda atrofdangi o’tlarni dorivor 
xususiyatlarini ichishlari shart bo’lib xissoblanar edi.Ular birinchi navbatda qadimgi rusda 
olib borilgan diniy marosimlarda qatnashishi va kasalliklarni oldini olish uchun turli xil 
giyohlardan foydalanishlari shart bo`lib xissoblangan ularning xayotlari butunlay xalqni ichida 
ularni davolash bilan birga o’tgan.

Qon ketishi va qon yo’qotish. Transfuziologiya asoslari



Yüklə 65,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə