Xirurgiyani rivojlanish empirik


Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari



Yüklə 65,04 Kb.
səhifə3/15
tarix23.09.2023
ölçüsü65,04 Kb.
#123083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mavzu

Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari
Bemorlarning ehtiyoj holatlarini bilib olish uchun muhim savollar berishingiz shart va so’ng ehtiyotkorlik bilan tekshirishimiz kerak. Siz bemorning ahvoli og’ir yoki yengil ekanligini aniqlashga yordam beruvchi belgilarni qidirishingiz kerak
Bemorni yorig’lik ko’p bo’lgan joyda, iloji bo’lsa quyoshda tekshiring, hech qachon qorong’u xonada tekshirmang.
Har bir bemor uchun maxsus so’raladigan savollar va usullar mavjuddir. Kasalning o’zi sezayotgan belgilar va tekshiruv vaqtida siz topgan belgilar ham shular qatoriga kiradi. Gapira olmaydigan odamlar va chaqaloqlar xususida bu belgilar juda muhim bo’ladi.
Savollar berish yoki so’rab surishtirish
Savol berishni bemorning kasallligini boshidan boshlang. Quyidagilarni so’rab bilib oling:

  • Hozir sizni nima ko’proq bezovta qilyapti?


  • Ozingizni yaxshiroq yoki yomonroq sezishingizga nima sabab bo’lyapti?


  • Bunday kasallik sizda, oila a’zolaringiz yoki qo’ni-qo’shnilaringizda avval bo’lganmi?




Kasallik haqida to’li ma’lumot olish uchun boshqa savollar bilan suhbatni davom ettirishingiz mumkin.
Masalan: Agar kasalning biror joyi og’riyotgan bo’lsa undan so’rang:

  • Qayeringiz og’riyapti? (aniq og’riyotgan joyini barmog’I bilan ko’rsatsin)


  • Og’riq doimiymi yoki vaqti vaqti bilan bo’lib turadiganmi?


  • Qanday og’riq bor? (o’tkir, sust, terini qizdiruvchi)


  • Og’riq bilan uxlay olasizmi?




Agar kasal gapirmaydigan bola bo’lsa, og’riq belgilarini izlang. Uning xatti-harakatlari va yig’isiga e’tibor bering.(Masalan: qulog’i og’riydigan bola, ba’zan og’riyotgan qulog’ini biror narsaga surtadi yoki tortadi.)
SOG’LIQNING UMUMIY AHVOLI
Bemorni ushlab ko’rishdan avval uni sinchiklab kuzating. Bemorning ko’rinishi yoki qanchalik quvvatsiz ekanligi, harakatlari, nafasi va qanchalik hushi joyida ekanligini kuzating. Suvsuizlanish va shok belgilari bor yoki yo’qligiga e’tibor bering.
Bemor yaxshi yoki yomon ovqatlanayotganiga e’tibor bering. U vaznini yo’qotganmi? Agar kasal anchadan beri oz-ozdan vazn yo’qotib kelgan bo’lsa, unda surunkali kasallik bo’lishi mumkin.
Teri va ko’z rangiga e’tibor bering. Ba’zan kasallik ta’sirida ular o’zgaradi ( to`q rangli terida o`zgarishlar bilinmasligi mumkin shuning uchun terining rangi ochroq bo`lgan joylarni: kaft yoki oyoq to`pig`I, qo`l tirnoqlari yoki lablar va qovoqlar ichini ko`ring)
  1. Lab va qovoqlar ostining oqarib qolgani kamqonlik belgilardir. Sil yoki ovqatga yolchimaslik ta`sirida terining oqarishi kuzatilishi mumkin.


  2. Teri rangining qoraygani, odamning uniqib ketgani esa ochlik ta’siri bo’lishi mumkin.


  3. Teri rangining ko’karishi, ayniqsa, lab va tirnoqlar ostining ko’karishi yoki rangining to’qlashib turgani, nafas yoki yurak muammolaridan dalolatdir. Hushsiz bola rangining zaxl (ko’kish-kul rang) bo’lib ketgani bezgak alomati bo’lishi ham mumkin.


  4. Terisining muzdek va nam bo’lib turgani uning shok holati ekanligidandir.


  5. Bunda terisi va ko’z oqlarining sarg’ayib turgani gepatit (sariq kasalligi) , jigar sirrozi, amyoba natijasida kelib chiqqan jigar abssessi yoki o’t tosh kasalligidan bo’lishi mumkin. Bu hodisa yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ham uchraydi.




Hozirgi vaqtda ko’plab yangi tekshirish usullari, ayniqsa, asbob-uskunali tekshirishlar bo’lishiga qaramasdan, bemorni klassik tekshirish ya’ni so’rab-surishtirish va fizik usullar o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q u diagnoz qo’yishning asosi bo’lib qoladi.

Yüklə 65,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə