Jahon adabiyoti


Ritsar – kurtuaz adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə28/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Ritsar – kurtuaz adabiyoti. XII-XIII asrlarga kelib Fransiya va boshqa G‘arbiy yevropa davlatlarida feodallashish jarayonini asosan tugallanadi. Davlat tepasidagi qirol boshqa feodallar uchun sinpor (syuzern) hisoblanar edi. Katta yer egalari bo‘lgan graf, gersog, yepiskoplar va o‘z grafliklari doirasida mustaqil hukmron edilar.
Kichikroq baronlar yirik graf va gersoglarni sinpor deb atashgan. Baronlarga esa kichikroq feodal va ritsarlar bo‘ysunganlar.
Ritsar o‘z xo‘jayiniga sodiq, uning mol-mulki va manfaatlarini himoya qiluvchi jangchi edi.
Dabdabali ritsarlik qoidalarini yaratishda XII-XIII asrlarda paydo bo‘lgan ritsar adabiyoti muhim rol o‘ynaydi.
Biroq ritsarlik ideallari real turmush faktlariga zid edi. X asr boshlarida Provans viloyati alohida davlat edi. Janubiy Fransiyadagi ushbu viloyat iqtisodiy va ma'naviy sohada rivoj topadi. Bu yerda fransuz adabiy tilga asos solinadi.
Dastlab Provansda feodal sinporlari dunyoviy ritsar madaniyatining ifodasi bo‘lgan Kurtuaz poeziyasi dunyoga keldi. Provans shoirlarini trubadurlar deb atashgan. Trubadur fransuzchadan «topmoq», «ijod etmoq» degan ma'noni anglatadi. Bu adabiyot saroyga xos nafislik, odob-tavoze, xonimlarga nisbatan xushmuomalalikni talab qiladi. Ayollarni ulug‘lash – trubadurlar ijodida asosiy o‘rin egallaydi. Provans shoirlari muhabbat oshiqni yaxshi fazilati etib tarbiyalaydi., qalbini poktantiradi deb tushuntiradi. Ularning fikricha, oshiq odam hyech qachon yomon niyatlar, yomon ishlarni qilmaydi, aksincha hamma vaqt oliyhimmat bo‘lishga intiladi. Shoir Arnaut de Maruel provans shoirlariga xos fikrni bayon qilib:
“Muhabbatsiz odam hurmatga sazovor bo‘la olmaydi” deb yozadi. Ishqqa bunday munosabatda bo‘lish hamma provans shoirlariga xos fazilatdir. (Sharqda g‘azal janri! U.H)
Provans trubadurlarining ishq fazilatlari haqidagi fikrlari Sharq faylasuflarining qarashlariga hamohangdir. Endilikda provans trudadurlari ishqiy lirikasining mazmuni, shakli uslubi asosida Sharq she'riyati yotganligi haqidagi fikrlar hyech kimda shubha qoldirmadi.
Sharq va G‘arb aloqalari markazi bo‘lmish Provansda shakllangan saroy sheoriyatning asosiy mavzui mahbuba go‘zalligini maqtash, oshiqning azob-uqbatlarini izhor qilishdan iborat. Ritsar ishqiy sheoriyati keyinchalik boshqa yevropa mamlakatlari, ayniqsa Italiyada Yoqimli yangi uslub va Olmoniyada minnezanglar sheoriyati sifatida keng tarqaladi. Mahbuba qiyofasining go‘zalligi ritsar shoirlari uchun (Sharqda ham shunday) birinchi shart edi. Ritsar muhabattida jismoniy yaqinlikka intilish mutloq uchramaydi.
Trubadurlar sheorning shakliga, qofiyalanishiga ortiqcha eotibor berar edilar.
Ikki uslub: yorqin uslub (munozara, bahs) tumanli uslub (kinoyali so‘zlar, murakkab, mavhum iboralar.) Oddiy xalq tushuna olmaydi.
Trubadurlar o‘rta asr poeziyasini yangi bosqichga olib chiqdilar. Biroq ularda sunoiylik va shaklbozlikka (formalizm) berilish kuchli bo‘lgan. Muhabbat mavzusi ritsarlik lirikasida murakkab sevgi qoidalarini yuzaga keltirib chiqaradi (30 ga yaqin qo‘shiqchi trubadur ayollar ham bo‘lgan).
Trubadurlar lirikasining eng gullagan davri - XII asr oxirlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrda ijod etgan yirik trubadurlardan biri Bernard de Ventadorndir (taxminan 1140-1195).
U dastlabki sheorlarini o‘z sinporining xotiniga, so‘ngra Angliya qirolichasi Elenoraga bag‘ishlagan (uning xizmatida bo‘lgan). Uning sheorlari nafis va ohangdor. Ventadorn sheoriyati sevgi ruhi bilan sug‘orilgan.
U sheorlaridan birida “Qalbingda sevgi bo‘lmasa bu dunyoda yashashni hojati yo‘q” – deydi. Xonimga: “Men sizni mulkingizman” – deb xitob qiladi.
Uning qo‘shiqlarini boshqa qo‘shiqlardan farqi haqida “ Chin qalbdan chiqqan poeziyagina mening uchun qimmatlidir. Lekin bu faqat haqiqiy sevgi xukmronlik qilgan qalbdagina bo‘lishi mumkin. Mening butun borlig‘imda sevgi hukumron” – deydi.
Bertran de Born esa aksincha asosan siyosiy mavzuda ijod qilgan. (taxminan 1140-1215 yillar).
U o‘zining sirventalari bilan mashxur bo‘lib, ularda tajavuzkorlik, jang lavhalari, ritsarlar urushlarini tasvirlagan. U qishda bahorni qumsaydi, chunki bahor sevgi fasligina emas, balki harbiy erishlar fasli hamdir.
Uning poeziyasida kurtuazcha nafis tuyg‘ular zo‘ravonlikka asoslangan eski, dag‘al ritsarp ideallari bilan qo‘shilib ketadi. Shuning uchun u oddiy xalqni “surbet”, “yalqov” deb atab, ularni iskanjada saqlashni targ‘ib etadi.
U keyinchalik o‘z otasiga qarshi bosh ko‘targan shahzoda Genrixni qo‘llab quvatlaydi. (Go‘yoki de Born ota-bolani urushtirib qo‘ygan degan gaplar tarqalgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Gyote de Bornni “Faust” asarida do‘zaxda tasvirlaydi).
Shahzoda Genrix bezgak kasali bilan og‘rib vafot etadi. Born unga bag‘ishlangan mashxur marsiyalarini yozadi.
U bir qancha sevgi qo‘shiqlari ham ijod qilgan.
XIII asr – provans lirikasining so‘nish davridir. Chunki bu davrda yangi shahar adabiyoti paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, 1209 yilda shimolliklar Simon de Monfor boshchiligida janubga xujum qildilar (20 yillik urush) va g‘alaba qozongan. Trubadurlarning ko‘pchiligi qo‘shni Italiya, Piriney yarim oroli, hatto Germaniyaga o‘tib ketadi.
Minnezang. Nemis ritsar madaniyati va adabiyoti. XII-XIII asrlarda Fransiya taosiri ostida rivojlangan. Ritsarp lirikasi minnezang («sevgi qo‘shig‘i» Minne – «sevgi») deb ataladi. Uning birinchi namunalari 1170 yillarga to‘g‘ri keladi.
Ritsarp - sevgi poeziyasi 2 oqimdan iborat edi. Ulardan biri o‘z uslubi bilan arxaik xalq qo‘shig‘iga yaqin poeziya bo‘lib, unda hali ayolni ulug‘lash g‘oyalari sezilmaydi. (Kyurenberg va Ditmar fon Aystlar ijodi).
Ikkinchi oqim – provans trubadurlarining bevosita ta'siri ostida yuzaga keladi (G‘arbiy viloyatlarda). Ditmar va Kyurenberglarning lirikasi erli ayollarga emas, ko‘proq qizlarga qaratilgan. Ularning she'rlarida sevgi iztiroblari ko‘pincha ayollarning qismati bo‘lib qoladi. Ditmar fon Aystning «Ayol qo‘shig‘i» dagi ayol uchib ketayotgan lochinni ko‘rib qoladi. Unga qarab: «Sen baxtlisan, hoxlagan tomoninga uchib borasan, istagan daraxtinga qo‘nasan. Men ham shunday qildim. Ko‘nglimdagi yorimni topdim. Biroq ayollar rashk qilib azob chekmoqdalar», deydi. Ko‘p sheorlar xalq qo‘shiqlari singari tabiat manzarasini tasvirlash (bahor yoki kuz kelishi) bilan boshlanadi va qahramonlar ruhiy xolatlariga mos keladi.
Ikkinchi oqim vakillari ijodi shaklning ancha murakkabligi ritsarp urf-odatlarining kiritilishi bilan izohlanadi. Endi tabiat tasviri, dramatik situatsiya ko‘rinmaydi. Visolga yeta olmaslik iztiroblari bo‘rttirib bayon etiladi.
Valter fon Fogelveyde (taxminan 1160-1230 yillar) – o‘rta asr nemis lirikasining asosiy oqimlarini o‘z ijodida birlashtirgan shoirdir. Uning qahramoni oliy tabaqadan chiqqan ayol emas, oshiqning iltijolariga samimiy javob beruvchi kamtar qizdir. U xalq poeziyasidagi tabiat tasviridan foydalanadi.
Bavariyalik shoir Neydxart fon Reyental (taxminan 1180-1240 yillar). U ham «oddiy», «real sevgini» tasvirlash tarafdori, ammo uni maishiy naturalizm ruhida rivojlantirgan (Feodal-aristokrat nuqtai nazaridan krestyan qo‘shiq va laparlarini parodiyaga oladi).
Shoir Volfram fon Eshenbarx (taxminan 1170-1220 yillar) – o‘rta arsda nemis sevgi lirikasini yanada boyitdi. Uning alpba (tong qo‘shiq) lari juda ham go‘zal.
Bulutlarning quyuq jomasin
Tirnoqlari bilan yorgancha,
Tong adirlar ortidan vazmin
Qudrati-la ko‘kka o‘rlaydi.
Huzurimga o‘zim chorlagan
Kimsaning shod daqiqalarin
Uzaytirmas endi tong ortiq.
(A.Oripov tarjimasi)
XIII asrning ikinchi yarmida minnezangda tushkunlik boshlandi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə