Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə31/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Abulqosim Firdavsiy. Abulqosim Firdavsiy (934-1030) Xurosonning Tus shahrida dunyoga kelgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va paxlaviy tillarini chuqur o‘rgangan olim darajasiga yetgani uchun “hakim” deb ulug‘langan.
Firdavsiyning yoshlik yillari somoniylar davlati gullab yashnab, Eron va Turon xalqlarining qadimiy afsona va rivoyatlari, buyuk shohlar va bahodirlar haqidagi qissa va jangnomalar to‘plangan edi. Somoniy hukmdorlar ushbu ma'lumotlarni she'rga solishni Firdavsiyga topshiradilar.
Firdavsiy Eron va Turon xalqlarining qariyb to‘rt ming yillik tarixini yuksak mahorat bilan badiiy talqin qilgan 60 ming baytdan iborat “Shohnoma” ustida 35 yil mehnat qildi. Tadqiqotchilar asarni uch qismga bo‘ladilar: birinchi bo‘limda shoir eng qadimiy afsona va rivoyatlarni qayta ishlab, nazm ipiga tergan bo‘lsa (mifologik), ikkinchi bo‘limda xalq qahramonlari haqidagi qissa va jangnomalarga yangi hayot baxsh etadi (afsonaviy), uchinchi bo‘limda tarixiy shohlar hayotini (tarixiy) qalamga oladi.
“Shohnoma” qadim qabilalar to‘qigan afsonalar, qahramonlik dostonlarini va Eron, O‘rta Osiyoning Iskandar Zulqarnayn davridan tortib, to arablar bostirib kelgungacha, ya'ni oxirgi sosoniylar shohi Yazgirdning o‘limigacha (651) bo‘lgan tarixni o‘z ichiga oladi.
“Shohnoma” hajmi, mavzu ko‘lami, obrazlar olami, qahramonlarning ko‘p va xilma xilligi, g‘oyaviy motivlar va ko‘tarilgan masalalar yuzasidan jahon adabiyotidagi eng katta epik asardir. Bayron “Shohnoma”ni: “Forslarning “Iliadasi”, deb ataydi.
Yunonlardan Firdavsiy ilhomlangan bo‘lishi mumkin. “Shohnoma”dagi bir qancha afsonalardagi motivlar va qahramonlarga xos xususiyatlar shuni ko‘rsatadi. Har bir shohlik davrining tasnifi va har bir doston debocha, asosiy qism va xotimadan iborat.
“Shohnoma”da zolim va qonxo‘r ilonshoh Zahhok haqida, Rustam va Suxrob haqida, Jamshidu Faridun va shu kabi ko‘plab dostonlar o‘rin olgan.
“Shohnoma”dagi Jamshid, Faridun obrazlari “Avesto”da tilga olingan. Yazdon timsolida ezgulik, Axriman timsolida yovuzlik tasvirlanadi.
Navoiyning “Tarixi mulki ajam” nasriy asari ham “Shohnoma”ning nasrda yozilgan kichikroq turkiy varianti, deyish mumkin.
“Shohnoma” tugatilganda Somoniylar saltanati parchalanib, Qoraxoniylar va G‘aznaviylar o‘rtasida bo‘lingan edi. Shuning uchun shoir asar muqaddimasida shoh Mahmudni madh etadi. Lekin u 120 ming misradan iborat asarga 20 kumush tanga beradi. Bundan qattiq ranjigan Firdavsiy ushbu mablag‘ni saroy xodimlariga bo‘lib beradi va G‘aznadan chiqib ketadi. Umrining oxirida qishlog‘iga qaytgan shoirni ruhoniylar otashparastlikda ayblab, musulmonlik qabristoniga ko‘mishga ruxsat bermaydilar.
Shoirning bu asari ilk bor 1682 – yilda Xomushiy tomonidan turkiyga o‘girilgan. XX asrning 70 yillarida Sh.Shomuhamedov, J.Jabborov, Nazarmat kabi shoirlar tomonidan she'riy yo‘l bilan tarjima qilingan.
Musulmon Sharqi adabiyotida epik she'riyat an'anasini Firdavsiy boshlab berdi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə