Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə33/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Farididdin Attor. Farididdin Attor (1145-1221- Nishopur) shoir, nosir va orif zotdir. Otasi attor va tabib bo‘lib, shoirning Attor nomi bilan mashhur bo‘lishi va uni adabiy taxallus qilib olishi shu bilan bog‘liq. Yoshligida ilm olishga qiziqqan Muhammad adabiy, diniy, hikmatu kalom, nujum, tib va dorishunoslik fanlarini chuqur o‘zlashtirib, o‘z davrining peshqadam kishilaridan bo‘lgan.
F. Attor Najmiddin Kubroning muridi shayxlar shayxi Majdiddin Bag‘dodiy qo‘lidan darveshlik xirqasini kiyib, kubraviya tariqatining davomchisi bo‘lgan. (J.Rumiyning otasi ham Majdiddin Bag‘dodiy muridlaridan edi).
F.Attor juda sermahsul shoir bo‘lib, 40 dan 190 gacha asar yozgani naql qilinadi. Ular orasida “Mantiq ut-tayr”, “Ilohiynoma”, “Asrornoma”, “Javhar uz-zot”, “Ushturnoma” asarlari mashhurdir.
Attor J.Rumiyga “Asrornoma” asarini taqdim etib, Rumiyning kelajagini bashorat qiladi. Navoiy bolaligida “Mantiq ut-tayr” ni yod olib, umrining oxirlarida unga javob o‘laroq “Lison ut-tayr” asarini bitgan. Bulardan Attor daho bolalarni ilhomlantirib, yetishtirish xususiyatiga ega ekanligi ayon bo‘ladi.
Jaloliddin Rumiy: “Attor ruh ediyu Sanoiy uning ikki ko‘zi. Biz Sanoiy va Attor izidan keldik”, degan iqrori bejiz emas.

Jaloliddin Rumiy. Jaloliddin Rumiy (1207-Balx, 1273-Ko‘nyo) buyuk fors-tojik shoiri va mutafakkiri. Tasavvufdagi mashhur Mavlaviya tariqatining asoschisi. O‘z davrining dongdor ulamosi, yirik kubraviya shayxi bo‘lgan otasi Bahovuddin Valad Muhammad Xorazmshoh bilan kelishmay, uning tasarrufidagi Balx shahrini haj safari bahonasida tark etadi. Safar chog‘i Nishopurda avliyo shoir F.Attor bilan uchrashib, uning duosini oladi. Attor unga o‘zining “Asrornoma” asarini tuhfa etadi.
Otasi va uning shogirdlari tarbiyasini olgan, Halab va Damashq madrasalarida o‘qigan Rumiy o‘z davrining yetuk olimi va mudarissi bo‘lib yetishadi. Uning shoir sifatida dong taratishi, majzub darvesh Shamsiddin Tabriziy nomi bilan bog‘liq. Tabriziyning Rumiy hayotidagi o‘rni shu qadarki, u o‘z g‘azallarini Shams taxallusi bilan yozadi, 42 ming bayt she'rdan iborat “Devoni Kabir”ning ikkinchi nomi “Devoni Shams Tabriziy”dir.
Rumiy ijodi o‘zidan keyingi Sharq va G‘arb so‘z san'atiga katta ta'sir ko‘rsatgan. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk so‘z ustalari uni o‘zlariga ustoz bilishgan. Gyote Abulqosim Firdavsiy, Shayx Sa'diy, Hofiz bilan birga, Rumiy ijodini ham “Xizr chashmasi” deb atagan. Rumiyning “Forsiy Qur'on” nomi bilan mashhur 25685 bayt (51370 misra)dan iborat “Masnaviyi ma'naviy”ni inmon ma'naviy hayotining qomusi sifatida nafaqat Sharq, balki G‘arbda ham ixlos bilan o‘rganishgan. “Dekameron” asaridagi ko‘plab syujet va motivlarni Sharq og‘zaki va yozma adabiyotidan olgan Jovanni Bokachcho “Masnaviy”dagi qator hikoyatlar asosida ham novellalar yaratgan.
Abdurahmon Jomiy Rumiy vasfida: “Kitobi boru, lekin payg‘ambar emas”, deydi.
Rumiy ijodi nafaqat yuksak badiiyati, balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta qiymatga ega. Uning “mavhum mantiqiy kategoriyalarda emas, balki otashin timsollar vositasida” talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy o‘sish, o‘zgarishda ekani, eskining yo‘qolib, yangining paydo bo‘lishi, dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangidan iboratligi to‘g‘risidagi qarashlari buyuk nemis faylasufi Gegelning e'tiroficha, unga dialektik metod yaratishda yordam bergan. Yoki ulug‘ mutafakkir Husn va Ishq tortishuvi misolida birinchi bo‘lib olamning asosida o‘zaro tortishish kuchlari yotishi haqidagi fikrni o‘rtaga tashlaydiki, mazkur qonun bundan bir necha asr keyin ingliz olimi Nyuton tomonidan kashf qilindi.
Rumiyning suhbatlarini o‘z ichiga olgan “Fihi mo fih”, “Majolisi sab'a” va maktublari jamlangan “Maktubot” asarlari ham bizgacha yetib kelgan.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə