Sayfullayev Suxrob Bank menejmenti va marketingi



Yüklə 8,08 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü8,08 Kb.
#162105
  1   2
bank menejmenti.Suxrob


6BI-21 Guruh talabasi

Sayfullayev Suxrob

Bank menejmenti va marketingi


Mavzu:Bank menejmentining maqsadi va boshqaruv vazifalari
Reja:
1.Bank menejmentining maqsadi.
2.Bank menejmentining boshqaruv vazifalari
Bank menejmentining maqsadi — barcha boshqaruv maqsadlari singari bank faoliyatini samarali boshqarish orqali yuqori daromadga erishish yoxud bank faoliyatini tashkil etuvchi aksiyadorlar manfaatlari uchun xizmat qilish. Banklar bu maqsadga bank menejmentining funksiya va vazifalarini amalga oshirish natijasida erishadi.
Bank menejmentini boshqaruv obyektiga qarab, moliyaviy va ma 'muriy menejmentga bo'lishimiz mumkin. Bank menejmentining funksiyalari quyidagi jadvalda berilgan:

Moliyaviy

Ma'muriy

1. Aktiv va passivlarni boshqarish
2.Likvidlikni boshqarish
3.Majburiyatlarni boshqarish
4.Bankxatarini boshqarish
5.Kredit portfelini boshqarish
6.Banksarmoyasini boshqarish 7.Bankichki nazoratini tashkil etish

1.Bankning ma'muriy boshqaruv tizimini tashkil etish 2.Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish 3.Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish

Bank o'z faoliyati davomida moliyaviy resurslar bilan ishlaganligi sababli, oldida bu resurslarni boshqarish masalasi turadi. Resurslarning aksariyat qismi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo'lganligi uchun bankdan bu resurslarni samarali boshqarish talab qilinadi. Moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, bu — moliyaviy menejment. 
Moliyaviy menejmentning funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
aktiv va passivlarni boshqarish — bu funksiya bankning harakatdagi daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan mablag'lari hamda shu mablag'larning tashkil topish manbalarini boshqarishdir. Bu funksiyani bankning aktivlar va passivlarni boshqarish qo'mitasi amalga oshiradi;

Yüklə 8,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə