Tijorat banklari kredit portfelini boshqarish



Yüklə 37,76 Kb.
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü37,76 Kb.
#122978
  1   2   3
9.1-tema


Tijorat banklari kredit portfelini boshqarish

Reja:




  1. Tijorat banklari kredit portfeli tushunchasi va uni tashkil etilishi.


  2. Kredit portfelini sifat jihatdan tahlili.



Tijorat banklari kredit portfeli tushunchasi va uni tashkil etilishi
So‘nggi vaqtlarda “tijorat banklari kredit portfeli” tushunchasi ko‘pchilik uchun bank tizimi faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni anglatadigan asosiy tushunchalardan biriga aylanib qoldi. Uning tez orada ommalashib ketishiga sabab shundaki, “kredit portfeli” tijorat banklarining kredit bilan bog‘liq butun faoliyatida xal qiluvchi o‘rin tutadi. “Kredit portfeli” tijorat banklarining kredit berish imkoniyatlarini ko‘rsatadigan omillardandir. Kredit portfeli to‘g‘ri tashkil etilishi tijorat banklarining samarali faoliyat yuritishi uchun asos hisoblanadi. Xususan, kredit berish va uni belgilangan muddatda qaytarib olish, u bilan bog‘liq xatarlar, sudalar, muddati o‘tgan yoki uzaytirilgan kreditlar buyicha xisob-kitob operatsiyalari, sudalar buyicha zararlarni qoplash zaxira miqdori, banklararo kredit va markazlashtirilgan kreditlar buyicha operatsiyalar shular sirasiga kiradi. Demak, kredit portfeli - bu turli xil risklarga asoslangan muayyan mezonlarga qarab turkumlangan kreditlar miqyosidagi bank talablarining yig‘indisidir.

Tijorat banklari tomonidan berilgan barcha kreditlar uning kredit portfelida o‘z ifodasini topadi. Tijorat banklari o‘z mijozlariga turli kurinishdagi kreditlar berishi mumkin. Avvalambor, qarz oluvchilarning asosiy guruhlari buyicha:




  • xo‘jalikka;


  • aholiga;

  • hukumatga va davlat organlariga berilgan kreditlarga bulinadi. Yunalishi buyicha kreditlar quyidagicha:

  • iste’mol;


  • sanoat;

  • savdo;

  • kishlok xujaligi;  investitsion;  byudjet.


Kreditlar foydalanish muddati buyicha:




  • kisqa muddatli;


  • uzok muddatli kreditlarga bo‘linadi.


Mikdori buyicha kreditlar:




  • yirik;

  • o‘rta;

  • kichik kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlanganlik buyicha:


  • ta’minlanmagan (ishonch) kreditlar;  ta’minlangan kreditlarga bulinadi.


Uz navbatida, taminlangan kreditlar ta’minlanish xarakteriga ko‘ra:




  • garovli;

  • kafolatlangan;

  • sug‘urtalangan kreditlarga bulinadi.


Bank kreditlari maqsad buyicha:




  • ipoteka sudalari


  • moliyaviy tashkilotlarga berilgan sudalar;


  • kishloq xujaligiga berilgan sudalar;


  • savdo va sanoat korxonalariga berilgan sudalar;


  • jismoniy shaxslarga berilgan sudalar;  boshqa sudalar;


  • lizing moliyalashtirish.


Bunda bank uzining kaysi tarmokka kuproq etibor berishiga karab, u eki bu kredit ulushi kredit portfelida kuprok buladi. Bu uning kredit siesatidan kelib chiqadi.


Bank aktiv operatsiyalari ichida kredit asosiy va bank daromadini katta qismi ham ayni shu kredit operatsiyalari orqali keladi. SHu sababli bank kredit portfelining qanday shakllanishi bank faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bank yaxshi kredit portfelini shakllantirish niyatida ekan, kreditlash jaraenini tug‘ri tashkil qilishi zarur buladi.

Biz yuqorida turli ko‘rinishdagi kreditlarni ko‘rdik, biroq konkret banklarning kredit portfelining tarkibi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.


Bank kredit portfelining tarkibini aniqlovchi muhim omillardan biri bu ayni bank xizmat kursatadigan bozor sektorining spetsifikasidir.
Har bir bank o‘z bozor segmenti mijozlarining qarz mablag‘lariga bulgan ehtiejini hisobga olishi kerak. Masalan, bank shahar chekkasidagi uylar va kichik do‘konlarga ega tumanda joylashgan bulsa, asosiy uy binolari garovi ostida, ipoteka krediti, avtomobil, uy jixozlari, umuman uy xujaligini yuritish uchun xarajatlarni qoplashga kredit beradi, aksincha katta shaharda ofislar, katta univermaglar, sanoat korxonalari orasidagi banklar, odatda uz kreditlarini asosan tijorat firmalariga tovar materiallar zahiralarini to‘ldirishga, jihozlar sotib olishga va ish haqiga yo‘naltiradilar.
Albatta, banklar kredit beraetganlarida o‘zlari xizmat ko‘rsataetgan regionlarga to‘lik bog‘liq bulmaydilar. Kerakli kredit mablag‘larini to‘liq eki qisman ular boshqa banklardan olishlari mumkin. Bu adolat agar bank xizmat qilaetgan region iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelsa, zarar kurish riskini pasaytiradi.
Bank miqesi ham uning kredit portfeliga ta’sir etuvchi omillardan biri xisoblanadi, ayniksa, bir qarz oluvchiga beriladigan kreditning maksimal miqdorini belgilovchi kapitalning xajmi muhimdir. Katta banklar, odatda ulgurji kreditorlar hisoblanadilar, ular o‘zlarining kreditlari asosiy mikdorini korporatsiyalar va boshka firmalarga beradilar. Kichikroq banklarning faoliyati esa fuqarolarga kichik sudalar, uy garovi ostida xususiy shaxslarga kreditlar, firma va rancho egalariga kichik kreditlar shaklidagi yakka holdagi kreditlarni berishga yo‘naltirilganlar.
Bundan tashqari, kredit portfeli tarkibiga ko‘ra kreditlashning turli kurinishlari sohasida menejerlarning tajriba va malakasi hamda uz kredit inspektorlariga ma’lum kurinishdagi kreditlarni bermasligi ko‘rsatilgan bank kredit siesati ham ta’sir ko‘rsatadi.
Kredit portfelining tarkibi ma’lum darajada bankning kutilaetgan daromadiga ham bog‘liq. CHunki bank, odatda kutilaetgan daromadi maksimal bulgan sudalarni berishni ma’qul ko‘radi.
Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash jaraenini tug‘ri va sifatli olib borishi zarur.
Kreditlash jaraeni bir necha tamoyillar orqali amalga oshiriladi:


  • maqsadlilik;


  • ta’minlanganlik;


  • muddatlilik;


  • qaytarishlik;


  • to‘lovlilik.


Ushbu tamoyil asosida kredit olmoqchi bulgan mijozlarga kredit paketi taierlanadi va kredit olish mumkin eki mumkin emasligi tahlil qilinadi.


YAxlit olib qaralganda, kredit siesati tijorat bankining yagona kreditlash tizimini vujudga keltiradi desak xato bulmaydi. CHunki bu siesat bank o‘sgan sari uning yangidan tashkil etiladigan bo‘linma va filiallariga bank faoliyatining, kredit vakolatlarining, burchlarining taqsimotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aniq bir siesatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan kredit siesati bank krediti madaniyati umumiy tarakkietining o‘zagini ko‘rsatadi.
Bankning kredit siesatini izohlashda, boshqaruv tashkilotlari tomonidan kreditni foydaliligini ta’minlashda eng asosiy shartlardan biri bu belgilangan standartlarga rioya qilishdan iborat buladi. Kredit siesatini tug‘ri tashkil qilish, bankning kredit portfelini tartibli tashkil qilinganligida o‘z aksini topadi. Agarda kredit siesati samarali, tug‘ri tashkil qilinmasa eki amalga oshirilmasa, rahbariyat tomonidan bu siesat qayta ko‘rib chiqilishi va uni tartiblashtirish buyicha choratadbirlar ishlab chiqilishi shart. Bunda asosiy jihatlar bulib kuyidagilar hisoblanadi:


  1. Kredit portfelini tashkil etishda yaxshi kredit portfeli xususiyatlarini kreditning turlarini, qaytarish muddati, hajmi va sifatini anik baholash zarur.


  2. Kredit berish sohasida, kreditlash buyicha vakolatlarni izohlash, vakolatni kredit inspektorlari va kredit qumitasi urtasida taqsimlab berish (maksimal kredit mablag‘i va kreditning turi, belgilangan xodim va kerakli imzo orqali tasdiqlanishidir).


  3. Kredit boshkarmasi tomonidan huquqlarni berish majburiyati va ma’lumotlarni etkazishlar chegaralanishi.


  4. Tekshiruvlar, baho berishlar va mijoz kredit talabnomasi ustidan karor kabul qilinishi.


5.Har bir kredit talabnomasiga kerakli xujjatlarni ilova qilish va shu kabi xujjatlar, ya’ni kredit papkasida saqlanishini ta’minlash.


b. Bank xodimlari xuquqlarini to‘laligicha ko‘rsatilmog‘i va kredit xujjatlarni
tekshirilishi va saklanishining javobgarligi.


  1. Asosiy usul koidalari, baholari va kredit ta’minotining amalga oshirilishi.


  2. Siesatning amalga oshirilishi yo‘llari va usullarini izohlash, foiz stavkasini urganish va kredit kaytarilishi shartlari buyicha komissiyani belgilash.


  3. Hamma kreditlarga qo‘llanilaetgan standartlarning sifatini izohlash.


  4. Xizmat kursataetgan bankning joylashgan o‘rni, mintaqasi izohi va kredit quyilmalarni asosiy qismi qaerga yunaltirilganligi.


  5. Tahlil qilish amalietini izohlash va muammoli kreditlarga bog‘liq bulgan holatlar va ular buyicha qaror kabul qilish masalalari va boshkalar.


Tijorat bankining rahbari kredit siesatini amalga oshirishni boshlashdan oldin ushbu izohlarga e’tiborni qaratishi kerak. Kredit siesati tijorat banklari uchun juda katta axamiyatga ega bulib, siesatni olib borishda bankning kredit portfeliga ta’sir etuvchi omillarni ular ichida, bank xizmatlariga alohida e’tiborni qaratish lozim. Bunda xar bir bank uz mijozlarining kreditga bulgan talablarini hisobga olishi kerak. Bundan tashkari kredit portfelining tarkibi bank kapitalini hajmiga bog‘lik buladi. CHunki bir qarzdorga beriladigan urtacha kredit summasi aynan shu kursatkichga bog‘lik buladi. Odatda yirikroq banklar katta mikdorda kredit beruvchi kreditorlarga aylanishadi. Bular asosan kredit resurslarini korporatsiya va sanoat qurilish inshootlariga yunaltirishadi. SHu bilan birga boshqa kup yirik banklar uz kredit mablag‘larini hajmi jihatdan kata bulmagan xususiy shaxslarga kredit berishga yunaltirishadi. Yirik guruhlarga kirmaydigan banklar, unchalik katta bulmagan savdo-sanoat tashkilotlari va savdo korxonalariga qarz berishga ixtisoslashadi.


Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 30-31-son, 343-modda) 3-bandiga muvofiq uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashni amalga oshiruvchi tijorat banklari tomonidan foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini belgilaydi.

Yüklə 37,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə