Tijorat banklari kredit portfelini boshqarish



Yüklə 37,76 Kb.
səhifə2/3
tarix23.09.2023
ölçüsü37,76 Kb.
#122978
1   2   3
9.1-tema

I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tijorat banklari 2015-yilning 1-yanvariga qadar kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘laydilar.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash — uch yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladigan investitsiyaviy kreditlar va lizing xizmatlari, shu jumladan banklar tomonidan olinadigan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga banklar tomonidan yo‘naltiriladigan mablag‘lar;
investitsiyaviy kredit (lizing) — O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 10-modda) 3-moddasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun berilgan kreditlar (lizing);
kredit portfeli — barcha kreditlar bo‘yicha balans hisobvaraqlari summasi (brutto), banklar tomonidan olinadigan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga banklar tomonidan yo‘naltiriladigan barcha mablag‘lar, shuningdek uch yildan kam bo‘lmagan muddatga berilgan lizing xizmatlari summasi.
3. Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyoz 2009-yilning uchinchi choragidan boshlab qo‘llaniladi va 2014-yil soliq davri yakuni bilan to‘xtatiladi. Mazkur imtiyozni 2009-yilda qo‘llash uchun tijorat banklari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini 2009-yilning birinchi yarim yilligi, uchinchi choragi va ikkinchi yarim yilligi uchun alohida taqdim qiladilar.
II. Imtiyozlarni qo‘llash tartibi
4. Mustaqil soliq to‘lovchi bo‘lgan filiallar uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushini mustaqil ravishda aniqlaydilar.
5. Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyoz tijorat banklari tomonidan soliq davri mobaynida o‘sib boruvchi yakun bilan qo‘llaniladi, 2009-yil soliq davri bundan mustasno.
6. Foyda solig‘i stavkasi kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtiriladi.
Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi:
35 foizdan 40 foizgacha bo‘lganda — stavka belgilangan stavkaning 80 foizini tashkil etadi;
40 foizdan 50 foizgacha bo‘lganda — stavka belgilangan stavkaning 75 foizini tashkil etadi;
50 foizdan yuqori bo‘lganda — stavka belgilangan stavkaning 70 foizini tashkil etadi.
7. Uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Yüklə 37,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə