Tijorat banklari kredit portfelini boshqarish



Yüklə 37,76 Kb.
səhifə3/3
tarix23.09.2023
ölçüsü37,76 Kb.
#122978
1   2   3
9.1-tema

Uumim = Umim/KP*100, bunda:
Uumim — uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi;
Umim — uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash;
KP — Kredit portfeli.
Bunda, kredit yoki lizing bo‘yicha xizmatlarning berilgan sanasidan qat’i nazar, uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash summasi va kredit portfeli summasi hisobot davri oyining oxirgi sanasiga qabul qilinadi.
Oldindan uch yildan kam bo‘lmagan muddatga berilgan investitsiyaviy kredit yoki lizing bo‘yicha xizmatlar uch yillik davr tugagunga qadar muddatidan ilgari so‘ndirilgan taqdirda, ushbu Nizom maqsadlari uchun mazkur kredit yoki lizing bo‘yicha xizmatlar uzoq muddatli sifatida qaraladi.
8. Ushbu Nizomning 7-bandiga asosan aniqlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining imtiyozli stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son; 2008-y., 52-son, 512-modda) 128-moddasiga asosan hisoblab chiqilgan foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazaga nisbatan qo‘llaniladi.
9. Imtiyozlarni qo‘llash uchun tijorat banklari davlat soliq xizmati organlariga hisobot yili yakuni bo‘yicha Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitoblarini taqdim qilish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga asosan Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi — Ma’lumotnomani taqdim qiladilar. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi — Ma’lumotnoma ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozdan foydalanmaydigan tijorat banklari tomonidan taqdim etilmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 19-sentabrdagi 88, 314-V-1, 2013-44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2021-1, 14.10.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 42-son, 562-modda)
10. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining tabaqalashtirilgan stavkalarini hisoblab chiqishning shartli misoli ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan.
III. Yakuniy qoidalar
11. Soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yüklə 37,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə