Jahon adabiyoti


Nemis olimi Alfred Kurella



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə38/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Nemis olimi Alfred Kurella (1895-1975).Nemis publitsist yozuvchisi, jamoat arbobi, tanqidchi va tarjima nazariyotchisi. Nemis San'at akademiyasi akademigi. Alisher Navoiyning nemis tarjimoni. “Inson o‘zini o‘zi yaratadi”, “Ketma-ket”, “Tarqoq ocherklar” kabi asarlarida u taraqqiyparvar yozuvchilar dunyoqarashini himoya qiladi. “Buyuk shoirning qayta kashf etilishi”maqolasida Alfred Kurella quyidagilarni yozadi:
“Bundan chamasi 150 yillar muqaddam G‘arbiy yevropada, aniqrog‘i Germaniyada arab-fors madaniyati ahllarining asarlarini yangidan kashf etish boshlangan edi. Natijada, mashhur nemis olim va shoirlarining sa'y-harakatlari tufayli nemis kitobxonlariga fors tilida ijod qilgan Firdavsiy, Nizomiy, Hofiz, Umar Hayyom, Jomiy kabi buyuk shoirlarning nomlari ma'lum bo‘ldi. Nemis o‘quvchilari ular ijodi namunalaridan ba'zi birlari bilangina tanishgan edilar, xolos. Biroq o‘tmishga nazar tashlab shuni aytish joizki, Yaqin Sharq bilan bu madaniy to‘qnashuv nemis she'riyatiga davomli ta'sir ko‘rsatdi, deyish qiyin. Ya'ni o‘sha davr tarjimalaridan na fors tilidagi she'riy asarlarning birortasi, na Firdavsiyning nemis tiliga to‘rt marta o‘girilgan “Shohnoma”si oldingi tarjimalarning birortasidan yoki butunlay shu turdagi nemis adabiyotiga kirib kelgan Fos1 ning Homer tarjimalaridek ommalashib ketmadi. Va ularning birortasidan nemis she'riyati o‘zi uchun yangi kashf etilgan grek-rim klassiklaridan zavqlanganday zavqlanmadi. Zotan, o‘sha davrdagi tarjimalar bugungi kitobxon uchun quruq va amaliy ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinardi. XIX asr nemis shoirlari ijodida ba'zan u yer-bu yerda uchrab turadigan “Sharqona uslubdagi she'rlar” esa kishida sun'iy ravishda begona ta'sir hissini uyg‘otardi, ular Bodenshtedning Mirza Shafiy2
siday g‘ayritabiiy holat bo‘lib kulgili tuyuldi. Faqat Gyotening G‘arb va Sharq yaqinlashuvidan paydo bo‘lgan ajoyib nafis san'at asarlaridan biri “G‘arbu Sharq devoni” bundan mustasno.
...Bugungi fikrimiz esa, nomi va asarlari asrlar davomida sukunat qo‘yniga cho‘mgan muallif (Navoiy – tarj.) haqida bo‘lishi tabiiy, albatta. Ammo biz Navoiyni qaytadan kashf etishni boshlayotgan paytda, u allaqachon favqulodda ulkan siymo sifatida tan olingan edi.
...Mir Alisher yevropa ilm ahliga o‘tgan asrning o‘rtalaridan yaxshi tanish. yevropadagi barcha katta kutubxonalarda, ayniqsa Parij, Vena va Londonda uning ko‘plab she'riy va nasriy asarlarining qo‘lyozmalari mavjud. Boburiylar saltanati asoschisi Bobur Mirzo qalamiga mansub mashhur “Boburnoma” memuarining ingliz, fransuz va nemis tillarida jamlangan nashrlarining paydo bo‘lishi, Boburning do‘sti va zamondoshi Alisher nomini jahonga tanitdi. Shoir ijodi bilan batafsil shug‘ullangan yevropa oritentalistlarining ko‘plab asarlari 1841 yildan boshlab paydo bo‘la boshlagan edi. Chindan ham, bu asarlarning barchasida mualliflar Alisherni mashhur shaxs sifatida baholadilar, biroq original ijodkor, buyuk shoir sifatida unga kam e'tibor berdilar. Ya'ni yevropada uni o‘rganish sharqshunoslarning tor doirasida, ha, aniqroq aytsak, turkiy tillar bilan shug‘ullanuvchi filologlar doirasi bilan chegaralanib qolgan edi.
Bu ishlar asosini chuqurroq kuzatish, ya'ni nima uchun Alisher Navoiy shu bugungacha jahon adabiyotida o‘ziga munosib o‘rinni egallay olmadi, degan savol, bizni faqat ulkan tarixiy xizmatlarining yolg‘iz o‘zigina Alisher Navoiy nomini abadiy qilish uchun yetarli, degan tushunchaga olib keladi. Navoiy fors tili shu paytgacha so‘zsiz madaniy va adabiy til darajasini egallagan saroyda ijod qilib, ushbu madaniy doiradan chiqib, o‘zi shu tilni to‘liq egallab, g‘oyat boy nazm va nasrdagi asarlarining katta bir qismini turkiy tilda, aniqrog‘i ilgari tilshunoslik ilmida “chig‘atoy” tili deb yuritilgan va bugun biz zamonaviy o‘zbek tilining oldingi shakli deb bilgan, ma'lum bir hudud, guruh yoki ijtimoiy tabaqa uchun xarakterli bo‘lgan bu ulkan tillar oilasining mushtarakligida yozdi. Bu tilda XV asrda Sohibqiron avlodlari tomonidan egallangan xalqlar bilan bugungi Eronning Shimoli-Sharqidagi Oksus va Jakarta, ya'ni Jayhun va Sayhun daryolari oralaridagi hamda hozirgi Afg‘onistonning Shimolida so‘zlashishadi. Sal keyinroq Bobur Mirzo ham o‘zining mashhur memuarini ushbu tilda yozgan edi. Umuman olganda, Navoiy bu tilda ijod qilganlarning birinchisi emas edi. Ha, darvoqye, uning o‘tmish salaflari bo‘lmish shoirlar Lutfiy va Sakkokiylar bu tilni hali to‘liq egallamagan edilar. Faqat Navoiygina buni madaniy-adabiy poetik til darajasiga ko‘tardi. Va shu bilan birga, bitta zarb bilan uni hayratomuz darajada mukammal qilishga erishdi. Hali ushbu ishning ahamiyati haqida to‘xtalishimiz mumkin. Zotan, Navoiyni “fors adabiyotiga” boshqa dahli yo‘q, u yolg‘iz chig‘atoy tili bilimdonlariga tushunarli, deyuvchilar borligi bois, uning nazmdagi asarlari faqat tor doiradagi filologik tadqiqotlar uchun mavzu bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Filologlar Navoiyni dunyoda mustahkam qaror topgan yangi lisoniy ijodini fors muxoliflarining ba'zi birlariga ergashdilar va ular Navoiy nazmini haqiqiy tadqiq qilmasdan “epigon” va “taqlidchi”, ha, salaflarining forscha she'rlarini, ayniqsa Nizomiyni, turk tiliga ag‘dargan oddiy “tarjimon” sifatida tushuntirdilar.
...Biz Navoiyni chindan ham yangilik yaratgan novator ijodkor deya olamiz, biroq bu fikr nisbiy yangilik haqidaligini unutmasligimiz kerak. Chunki Navoiy o‘zining butun ijodi bilan Sharq she'riyatiga daxldor-ku! Uning she'riy asarlarida biz uchun ulug‘ fors shoirlariga nisbatan Gyote aytgan o‘sha begonalik va ular she'riyatida tez-tez uchrab turadigan hayrat ham bor. Holbuki, bu hol u arab-fors she'riyatidagi an'anaviy shakllarini buzayotganida ro‘y bergan. Navoiy alohida yangi vazn shakllarini ijod qilganida, nima uchun u o‘zbek xalq she'riyatiga qaytganini va bunga eski o‘zbek tilining ulkan leksik so‘z va shakl boyligi sababchi bo‘lganini, umuman, so‘zlar ohangi bilan ko‘proq fors shoirlari shug‘ullanganlarini tadqiqotchi qiynalmasdan aniqlaydi.
...Qadimgi va zamonaviy Sharq klassiklarining nemischa tarjimalari ustida boshlangan bu ish “Homer” ni kashf etmoqchi emas. Ushbu boshlangan amal kelajakda Homer bilan birga, yonma-yon Xorats va Shekspirni, Li Tay-po, Fidyaapati Takurni hamda Hofiz, Nizomiy va Navoiyni ham o‘z merosi deb hisoblaydigan she'riyat va madaniyatni yaratish uchun baholi qudrat hissa bo‘lib qo‘shilishini xohlaydi”. (Nemis tilidan Roviyajon ABDULLAeVA tarjimasi).

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə