Jahon adabiyoti


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə40/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.

  1. Jahon adabiyotida Navoiyning o‘rni qanday?

  2. Jahon adabiyotshunosligida Navoiyning qay darajada bilishadi?

  3. yevropada Navoiyga bo‘lgan qiziqish haqida gapirib bering.

  4. Dante va Navoiyda adabiy til muammosi qanday qo‘yilgan?

  5. Navoiyning turkiy adabiyotga ta'siri haqida gapirib bering.

  6. Navoiy merosini dunyoga tanitish borasida yana qanday ishlarni amalga oshirmoq kerak?

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Alisher Navoiy qomusi. Toshkent. Sharq. 2016.
2. Xolbekov M., Navoiy merosi fransuz tilida. Internet materiallari.
3. Dilnavoz Yusupova, A, Malikov., Aligeri Dante va Alisher Navoiy: adabiy til yaratish muammosi. Internet materiallari.
4. Alfred Kurella. Buyuk shoirning qayta kashf etilishi. “Sharq yulduzi”, 2014, №5

10 - MAVZU: UYG‘ONISh DAVRI ADABIYoTI
ReJA:

  1. Uyg‘onishning ma'nosi, Vatani, kelib chiqishi.

  1. Italiya uyg‘onishi va o‘ziga xosligi.

  1. San'atdagi uyg‘onish.

  1. Adabiyotdagi uyg‘onish.

Renessans fr. so‘z bo‘lib, yangidan tug‘ilish demak. O‘rta asrlardan keyin kelib, Ma'rifatchilik davriga poydevor yasagan. Italiyada 14-asr. 15-16-asrda yevropaga yoyildi. 17-asrning uchinchi o‘n yilligiga (1630) qadar davom etdi. Renessansda dunyoviy madaniyatga e'tibor berildi.
Asosiy xususiyati gumanizm. Antropotsentrizm (ya'ni inson va uning faoliyatiga ahamiyat). Termin (Uyg‘onish) italyan gumanisti Jorj Vazari tomonidan iste'molga kiritilgan.
Italiyaning Florensiyasida paydo bo‘lgan. Chunki Vizantiya davlatining yo‘qolishi bilan vizantiyaliklar o‘zlari bilan antik davr kitoblarini, san'at asarlarini olib, Florensiyaga qochib kelib, “Aflotun akademiyasi”ni tashkil etadi. Shundan uyg‘onishning dastlabki kurtaklari ochildi va avval Florensiya (Italiya), so‘ngra butun yevropaga tarqaldi.
Antik olam san'atiga e'tibor qaratildi. Dunyoviy ilmiy va san'at markazlari ochildi va ular cherkovdan holi bo‘lib olishdi. 15 asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan kitob nashri esa antik merosni butun yevropaga yoyilishini ta'minladi.
Renessans davrlari:

  1. Uyg‘onish oldi davri. Renessansga tayyorgarlik. 13-14-asrlar

  1. Ilk uyg‘onish davri. Italiyada 1420-1500-yillar. Eskidan batamom voz kecholmadi, ammo yangi elementlarni sinab ko‘radi.

  1. Yuksak uyg‘onish davri. 1500-1527. Italiya .

Leonardo da Vinchi (1452-1519)
Mikelanjelo (1475-1564)
Rafael (1483-1520)

  1. So‘nggi uyg‘onish davri (1530-1620 y.y.) Italiya

  1. Shimoliy Uyg‘onish davri. Italiyadan boshqa mamlakatlardagi uyg‘onish davri. (Angliya, Germaniya, Ispaniya, Gollandiya va h.k...)

O‘rta asrlarda diniy-feodal mafkura hukmron bo‘lsa, Renessansda gumanistik g‘oya hukmron. Ozod inson olami yerdagi baxtni yaratuvchi sifatida qaraldi. (Namoyandalari Dante, Petrarka, Bakachcho / Italiya).
Renessans – bu Italiya, lekin shimoliy Renessans ham bor: Angliya, Germaniya, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya.
Yangi janr va realizmning ilk kurtaklari paydo bo‘ldi.
Renessansning keying bosqichlarida ma'rifatchilik, sotsialistik qirralari ko‘ringan.
Italiya Renessansning ona vatani.
Inson feodalizm va cherkov zulmidan ozod bo‘la boshladi. Kapitalistik munosabatlar shakllandi. Siyosiy masalalarda o‘z fikrini bildirdi. Xalq og‘zki ijodiga ahamiyat berdi. Adabiyotning asosiy tasvir ob'ekti inson bo‘ldi.
Dantedan so‘ng, Lauraga bag‘ishlab sonetlar yozgan Petrarka va “Dekameron” muallifi Bakachcholar dastlabki gumanistlar hisoblanadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə