Eritmalar. Turli konsentratsiyali eritmalar tayyorlash. Eritmaga doir tajribalar



Yüklə 291,22 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü291,22 Kb.
#163196
6. ERITMALAR. TURLI KONSENTRATSIYALI ERITMALAR TAYYORLASH. ERITMAGA DOIR TAJRIBALAR



6 – LABORATORIYA ISHI 
ERITMALAR. TURLI KONSENTRATSIYALI ERITMALAR TAYYORLASH. 
ERITMAGA DOIR TAJRIBALAR.
1 – tajriba. O’ta to’yingan eritmalar. 
Kerakli moddalar
: natriy atsetat, (ёки Na
2
B
4
O
7
10H
2
O-бура), suv, 
Kerakli jihozlar
: probirka, shtativ, spertofka, paxta
 
Ishning bajarilishi: 
Probirkaga 5 g natriy atsetat soling, unga 3 ml suv qo’shing va tuz 
erib ketguncha qizdiring. So’ngra probirkaning og’zini paxta bilan berkitib, probirkani sovuq 
suvli stakanga soling. Eritma sovigandan keyin paxtani oling va probirkaga natriy atsetat 
kristallchasidan birini tashlang. Shu ondayoq kristallcha atrofida kristallar o’sa boshlaydi va 
tezda probirkani to’ldiradi. Isiqlik chiqishiga etibor bering. 
Quruq probirkaga 2-3 g natriy tiosulfat soling va tuz batamom eriguncha ehtiyotlik bilan 
qizdiring. Probirka og‘zini paxta bilan berkiting va eritmani xona tempraturasigacha sekin 
soviting. Hosil qilingan о‘ta tо‘yingan eritmali probirkani qattiq chayqating. Nima kuzatiladi? 
Paxtani olib tashlang va tiniq eritma hosil bо‘lguncha probirkani yana qizdiring. Probirkani 
og‘zini paxta bilan yana berkitib, sekin soviting va unga natriy tiosulfatning kichik kiristalchasini 
soling. Nma kо‘zatiladi? 
2– tajriba. Kristallgidratlarning xossalari. 
Kerakli moddalar
: mis kuporosi kristali, tomchi suv 
Kerakli jihozlar
: probirka, shtativ, spertofka
 
Ishning bajarilishi: 
Probirkaga mis koparosining bir necha kristalini soling. Probirkani 
shtativga shunday o’rnatinki, uni tubi og’zidan bir oz yuqoriroq bo’lsin (nima uchun?); 
probirkani qizdiring. kristallar rangining o’zgarishini kuzating. Olingan hamma moddaning rangi 
oqargandan so’ng qizdirishni to’xtating. Probirka sovitilgandan keyin unga 2 – 3 tomchi suv 
tomizing. Issiqlik chiqishiga va ranginig o’zgarishiga e‘tibor bering. Reaksiya tenglamasini 
yozing. 


3- tajriba. Gazlarning eruvchanligiga temperaturaning ta’siri 
Kerakli moddalar
: suv 
Kerakli jihozlar
: probirka, stakan, shtativ, spirt lampasi
 
Ishning bajarilishi: 
Probirkaga vodoprovod suvidan 10-15 ml quying, uni issiq suvli 
stakanga tushirib, probirkaning ichki devorlarida pufakchalar paydo bо‘lishiga e’tibor bering. 
Kuzatilgan hodisani tushuntiring. 
 
 

Yüklə 291,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə