Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə87/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

MUSA JALIL IJODI
(1906-1944)
Tatar xalqining zabardast shoiri Musa Mustafo o‘g‘li Jalil 1906 yilda Orenburg gubernasiga qarashli Mustafo qishlog‘ida kambag‘al-dehqon oilasida tug‘ildi. Yoshlik yillarida Orenburgdagi 'usayniya madrasasida ta'sil oldi. 1919 yili butun mamlakatda hukm surgani kabi Orenburgda ham a'vol og‘ir edi, shaharni oq gvardiyachi banditlar o‘rab olgan edi. Shunday og‘ir daqiqada 13 yoshli Musa komsomol safiga kirgan edi. Qishloq yacheykasining kotibi sifatida quloqlarga qarshi kurashdi. 1922 yil 16 yoshli Musa Qozon shahriga keldi. U yerda chiqadigan “Qizil Tatariston” gazetasida xizmat qilish bilan birga rabfakda o‘qidi. 1925 yil Orsk uezd komitetining instruktori bo‘ldi. 1927 yil VLKSMMKning chaqirig‘i bilan Moskvaga keldi, bir necha yil tatar-boshqird seksiyasida byuro a'zosi bo‘lib ishlash bilan birga , “Kichkina o‘rtoqlar”, “Oktyabrp bolasi” jurnallarini tashkil etib unga redaktor bo‘ldi.
1931 yilda MDUning adabiyot fakulptetini tamomlab, bir necha yillar davomida tatar Davlat opera va balet teatrida adabiyot bo‘limini, 1939-41 yillar davomida Tatariston yozuvchilar uyushmasini boshqardi.
1942 yil frontga olindi, 1944 yil 25 avgustda asirga tushdi va Berlindagi Maobit (Shkandov) turmasida otildi.
Musa ijodini 1919 yilda boshlangan edi. II jahon urushi unga soldatlik shinelini kiydirdirish bilan birga, uning she'rlariga jangovar ru' bag‘ishladi.
Fashistlarning konslagerlarida azob torsa ham, ularga taslim bo‘lmadi. Musa yashirin 'olda tashkilot tuzdi, unga ra'barlik qildi.
“Maobit daftari” nomli badiiy yuksak she'rlar turkumini yozdi. Unga 1956 yilda “Vatan qahramoni” unvoni berildi.
M.Jalil besh yilliklar davomida kolxoz yo‘lini ulug‘lovchi, quloqlarga qarshi kurashga chaqiruvchi “Biz boramiz”, “O‘rtoqqa”, “Ordenli millionerlar” nomli she'r va poemalar to‘plamini yaratgan bo‘lsa, urush davrida “Okopdan xatlar” kitobini yaratib, jangchilarni qahramonlikka ilhomlantirdi. Asir olinganidan keyin ham dushmanga buyin egmadi. Turmada yashirin tashkilot tuzdi, asirlarning qochishini uyushtirdi, jangovar she'rlar yozib, dushmanni qoraladi, Vatan g‘alabasiga ishondi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə