Jahon adabiyoti


QORAQOLPOQ ADABIYoTI. XALQ ShOIRI BeRDAQ



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə85/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

QORAQOLPOQ ADABIYoTI. XALQ ShOIRI BeRDAQ.
Qoraqalpoq adabiyotining asoschisi, demokrat shoir Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq Orol dengizi janubidagi “Mo‘ynoq rayonida kambag‘al oilada dunyoga keldi. Avval ovul maktabida so‘ng madrasada ta'sil ko‘rdi. A.Navoiy, Fuzuliy, Mahtumquli va Qoraqalpoq klassik shoiri Kunjuma asarlarini chuqur mutolaa qildi. U tarix va xalq og‘zaki ijodini yaxshi o‘zlashtirdi. Berdaqning lirik she'er dostonlarida Qoraqalpoq xalqining 18-19 asrlardagi ijtimoiy hayoti o‘z ifodasini topgan. U o‘z davri voqyealariga demokrat shoir sifatida baho beradi, asarlarida tinchlik, insonparvarlik, vatanparvarlik va adolat g‘oyalarini ilgari suradi. Berdaq ijodida yozilgan, xo‘rlangan xalqning ayanchli ahvoli asosiy mavzu bo‘ldi. “Soliq, “Umrim, “Bo‘lgan emas, “Bu yil” kabi she'rlarida kambag‘al xalqning og‘ir turmushini, ekspluatator sinflarining shavqatsizligini ko‘rsatib mehnatkash ommaning qayg‘u alamini kuylaydi. «Shoir yaxshiroq», «Shekilli»” she'rlarida «Ahmoq podisho»” dostonida ijtimoiy tengsizlik, zulm hukmronlik qilgan davirni qoralaydi, haqiqat uchun, xalq ommasinining baxti va kelajagi uchun fidokor kurashchilarni orzu qiladi.
Tarixiy mavzudagi “»Avlodlar», “»Ernazarboy», «Omongeldi»” she'rlariga shoir xonlar zulmiga qarshi kurashgan xalq qahramonlarini fahr bilan kuylaydi. Berdaq “»Avlodlar»” asarida Qoraqalpoq xalqi bilan O‘rta Osiyoning xalqlari o‘rtasidagi mushtarak voqyealarni qalamga oladi, qabila va xalqlarning kelib chiqishi xususida o‘z fikrlarini bayon etadi. »Omongeldi»” dostonida Buxoro amirligiga qarshi qo‘zg‘oloning boshlig‘i Omongeldining Jasoratini tasvirlaydi. Xiva xonligi zulmiga qarshi ko‘tarilgan isyon (1855-56) ga bag‘ishlangan «Ernazarboy»” dostoni asosida milliy ozodlik g‘oyasi yotadi unda isyon va uning raxbarlariga taxsin hamda xon zulmiga nafrat bildiradi.
Berdaq ijodi ko‘p qirrali va murakkab bo‘lib, dinni yo‘qotish tarafdori emas lekin din vositasida mehnatkashlarga zulm o‘tkazayotgan ayrim ruhoniylarning kirdikorlarini “»Yaxshiroq», «Shekilli»” asarlarida fosh etadi. “»O‘ylanma», “»Kelinchak»” she'rlarida ayollar huquqini himoya qiladi. “»O‘g‘limga», «Axmoq bo‘lma»” she'rlarida yoshlarni vatanni sevishga, ma'rifatni egallashga chaqiradi.
Shoirning “»Axmoq poshsho»” dostonida oddiy mehnatkash qiz jasorati ifodalanadi. Guloyim-baliqchi cholning qizi. U xalqni zolim podshoga qarshi kurashga chorlaydi. Kurash natijasida xalq g‘alaba qozonadi, tinch va farovon hayotga erishadi. Bu dostonda shoirning ijtimoiy qarashlari tasvirlanadi. Biroq Berdaq ijtimoiy tengsizlik mohiyatini to‘la tushunib yetmaydi, kelajakdagi jamiyat va uning taraqiyotini ham xira tasavvur qiladi. Shunday bo‘lsa-da, mehnatkash xalqning qashshoqligiga xonu beklar, boylar va otaliqlar sababchi ekanligini anglaydi. Ular shular zulmidan qutilsagina baxtiyor hayot kechirishi mumkinligiga ishonadi. She'riy mushohadalari va hayotga qarashlarida, Berdaq kambag‘allarning xo‘rlanishi va yezilishiga norozilik bildiradi. Xalq hayoti haqida qayg‘uradi. Haqiqat tantanasini orzu qiladi.
Berdaq ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashdi stixiyali norozilik pozitsiyasida edi. U xalqning baxtli hayotini orzu qilar ekan, “»Yordam ber», “»Izladim»” she'rlarida xudoni yordamga chaqiradi, baxtni har yerdan izlaydi, odil shohni o‘ylaydi. Ayni paytda odil shoh fikrlaridan qaytib “Dunyo yaralganidan buyon odil shoh bo‘lga emas” dedi. Zolimlani yo‘qotish haqida fikr bildiradi. Umuman, Berdaq jamiyatni yangicha qayta kurash vazifasini tushuna olmadi, ammo xalqni o‘z ozodligi va baxti uchun kurashishi kerakligini angladi va uni targ‘ib qildi. Berdaq ijodi mehnatkash xalq mehr - muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan. Butun hayotini ona xalqi ximmatiga bag‘ishlagan shoir vafot etgan.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə