Falsafa fanidan mustaqil ishi



Yüklə 426,71 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü426,71 Kb.
#141454
  1   2   3   4   5
Falsafa mustaqil ish BU - 22 Umirova Maftuna


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI



IQTISODIYOT FAKULTETI
BANK ISHI VA AUDITI YO’NALISHI
2- KURS TALABASI UMIROVA MAFTUNANING
FALSAFA FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: O’zbekistonda diniy bag’rikenglik
Bajardi : Umirova Maftuna
Tekshirdi : Isayeva Maftuna

O’zbekistonda diniy bag’rikenglik
Reja :
Kirish
1 .Diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni
2. O’zbekistonda dinlararo totuvlik umumbashariy qadriyat sifatida
3. Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot : O’zbekiston tajribasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

Kirish
Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo’lgan ma’naviy qadriyatlarni o’zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do’stlik va birodarlik g’oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko’pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog’liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g’oyalariga asoslanadi. ular odamlarni to’g’rilik, soflik, shafqat va bag’rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko’yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.
Din (arabcha: دين – „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir, shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi.
Diniy bag’rikenglik g’oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o’rtasida hamkorlik o’rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo’lgan adolat tantanasiga erishishga da’vat etadi.
Dinlararo bag’rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e’tiqodini o’zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashiga aytiladi.
Bugungi kunda dinlararo bag’rikenglikka erishish uchun ular o’rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo’lidagi hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo’lgan sayyoramizni saqlab qolish yo’lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda.
Diniy ekstremizm — baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va „Johiliya“ asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun „asos“ boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat „haqiqiy“ musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak „islomiy tartib“ni o'rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga qoʻyilmaydi, zero, ular faqat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga go’yo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining „nozik“ tomoni uning „din“ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida „shahid“ yoki „kamikadze“ boʻlishga tayyor turadilar. „Musulmon birodarlar“ harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906—65) hozirgi zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning „nazariya“siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir. Mana shu singari yot g’oyalarga asoslangan ayrim harakatlar islom dinini jamiyat ko’ziga qo’rqinchli ko’rsatib qo’yadi va ular qalbida islomga nisbatan salbiy fikrlar paydo qiladi. Bularning barchasi turli millat va din vakillari orasidagi diniy bag’rikenglikka o’zaro muhabbat va hurmatga o’z salbiy ta’sirini o’tkazadi.
Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do’stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini muloqotga, hamkorlikka da’vat etadigan umumiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda.

Yüklə 426,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə