Falsafa fanidan mustaqil ishi


Diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni



Yüklə 426,71 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü426,71 Kb.
#141454
1   2   3   4   5
Falsafa mustaqil ish BU - 22 Umirova Maftuna

Diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni
Diniy bag’rikenglik g’oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e’tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o’rtasida do’stona aloqalarni o’rnatish, ularning kuchi va iste’dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.
Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo’lgan bu g’oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlarining barcha usullari majmuidir.
Jamiyat paydo bo’lgandan beri din eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi. Dinning ijtimoiy hodisa sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishini anglatadi. Din ijtimoiy hodisa sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta’sir o’tkazadi. Dinning jamiyatda bajaradigan bir qancha funksiyalari mavjud. Ba’zi mualliflar fikriga ko’ra, dinning muhim funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir. Din ham jamoatchilik ongining boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Din mazkur funksiyani muayyan qadriyat va me’yorlar tizimini yaratish asosida amalga oshiradi. Kishilar xulq-atvori boshqaruviga odat va an’analarni shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham ta’sir ko’rsatadi. U ma’naviy va axloqiy qadriyat, marosim va udumlar tizimini o’z me’yoriga moslashtirib boradi. Boshqaruv-nazorat funksiyasining hayotiyligi muqarrardir. Mavjud funksiya doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari yaratilgan.
Dinning ikkinchi muhim funksiyasi bu jipslashtiruvchi (integrativ) funksiyasidir.
Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi,
mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlashtiruvchi kuch
ekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning
asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym, ayniqsa, diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi, an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi.
Ushbu funksiyalarni to’liqligicha amalga oshirishi uchun jamiyatda birdamlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlar shakllangan bo’lishi kerak. Bunday qadriyatlarni shakllantirishda esa diniy bag’rikenglik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko’p millatlik mamlakatlarda dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik jamiyat taraqqiyoti uchun birlamchi omillardan biri hisoblanadi.
Diniy bag’rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o’ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-totuv hayot ta’minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag’rikenglikka alohida e’tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj oladigani diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab etishi mumkin.
Ko’plab jamiyatlar bir nechta etnik guruhlarlardan, millatlardan tashkil topadi. Tabiiyki, ularning dinlari ham turlicha bo’ladi. Ana shunday jamiyatlarda eng ahamiyatli narsa shundan iboratki, insonlar bir-biriga nisbatan tolerantlik, diniy bag’rikenglikni namoyish etishi, bir hududda yashab turgan boshqa xalqlarning urf-odatlarini, an’analarini hurmat qilishi ushbu jamiyat rivoji uchun asos bo’ladi.
Tolerantlik (lot. tolerantia — sabr-toqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuygʻulari, fikr-mulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda tolerantlik oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda tolerantlik tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutloqlashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. Tolerantlikni alohida shaxslarda, guruhlarda va davlatlarda namoyon qilinishi lozim. Tolerantlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida YUNESKO "Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"ni qabul qilgan (1995-yil 16 noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning oʻziga xos xususiyatlariga nisbatan tolerantlik munosabatini Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar oʻrtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik tamoyili ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Oʻzbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular oʻrtasida asrlar davomida milliy nizolar boʻlmagan va bu xalqimizning azaliy bagʻrikengligini koʻrsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo tolerantlikning yaqqol namunasidir.
Aks holda shaxlarlar o’zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarga kirisha olmaydilar. Bu holat esa jamiyatning bir nuqtada qotib qolishga olib kelishi mumkin.
Dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri bu – xalqlar va dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasidir. Ushbu tushuncha atrofida yer kurrasining barcha xalqlari, elatlarining jipslashish zaruriyati tug‘iladi. Chunki, faqat bag‘rikenglikkina dunyoni halokatdan, bo‘lajak fojealardan asraydi. Shu boisdan, YUNESKO 1995 yili Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning 16 noyabr sanasi «Bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu deklaratsiyada diniy bag’rikenglikning ijtimoiy jihatlariga alohida urg’u berilgan. Xususan, unda shunday deyilgan: “Bag’rikenglik bugungi kunda har doimgidan ham muhimroqdir. Biz iqtisodiy globallashuv jarayoni, aloqa vositalari tez rivojlanayotgan, integratsiya va o’zaro aloqadorlik, katta miqyosdagi migratsiya va aholining ko’chishi, urbanizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar qayta shakllanayotgan asrda yashamoqdamiz. Har bir mintaqa serqirradir va shuning uchun murosasizlik va nizolarning ko’payishi dunyoning barcha nuqtalariga tahdid qiladi. Bu tahdid global xarakterga ega bo’lgani sababli, uni milliy chegaralar doirasida cheklanib qolishi mumkin emas”.
Dinlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalar o’zaro uzviy bog’liqdir. Vijdon erkinligi masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va murakkab hodisa bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Vijdon erkinligi - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning oʻz eʼtiqodiga koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan Vijdon erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan Vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda u Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1991-yil 14-iyunda qabul qilingan, 1998- yil 1- mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega" (35-modda). Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi boʻyicha, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunga koʻra, dinga munosabatidan qatʼi nazar fuqarolarning tengligi taʼminlanadi (4-modda). Ushbu qonunda taʼkidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning oʻz diniy ehtiyojlarini qondirish uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlarida taʼlim olish tartib-qoidalarini ham belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga qarshi targʻibot olib borishda, millatlararo adovat uygʻotishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi oʻrtasida vahima chiqarishda hamda davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa gʻarazli maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi (5-modda).
Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ochiga oladi. Xususan, ushbu normativ hujjatda: Har bir inson biror bir kamsitishlarsiz, irqi, tili, jinsi, dini, siyosiy qarashlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, moddiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi bo’lishi kerak.


Yüklə 426,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə