Jahon adabiyoti


TURKMAN ADABIYoTI. MAXTUMQULI IJODI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə82/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

TURKMAN ADABIYoTI. MAXTUMQULI IJODI.

Turkman klassik adabiyotining yetakchi shoir va mutafakkiri Maxtumquli Firoqiy 1733 yilda Turkman cho‘li(Eron)ning Oqto‘qay qishlog‘ida Davlatmand Ozodiy oilasida tug‘ildi. U avval ovul maktabida, so‘ng Xevadagi Sherg‘ozi, Qizilbek ovulidagi (Chorjo‘y viloyat Xalach rayoni) Idrisbobo mpadrasalarida ta'sil ko‘rdi. Maxtumquli yoshligida bir qancha fanlarni chuqur o‘zlashtirdi, shu bilan birga, zargarlik 'unarini o‘rganadi. Ozarbayjon, Eron, Afg‘oniston, 'indiston, O‘rta Osiyo mamlakatlariga sayo'atlar qildi. Nizomiy, Firdavsiy, Navoiy ijodlaridan ba'ramand bo‘ldi. 9 yoshidan (otasi uyidagi yig‘inlar ta'sirida) qo‘shiqlar to‘qiy boshladi. Maxtumquli chet ellarda bo‘lar ekan, xalq hayoti bilan tanishdi, xalq dushmanlariga qarshi kurashdi, bir necha marta asir tushdi, lekin topqirligi bilan o‘zini saqlab qoldi. Maxtumquli yoshligida Mengli ismli qizni sevgan, lekin talab qilingan qalin pulini to‘lay olmagach, qizning otasi uni boshqa birovga sotib yuboradi. Shoir ko‘pgina she'larida ana shu Mengli qizni tilga oladi:


A) muhabbat mad'i:
Bir xulqi bordir so‘zida,
Hikoyat bordir ko‘zida
Mengli yorni gul yuzida
Bizga qarshi kamon bormi?
Shoir Oqqiz ismli bir qizga uylanadi va ikki o‘g‘li bo‘ladi, lekin ular yoshligidanoq vafot etadi. Bu og‘ir judolikdan keyin shoirga oilaviy hayot lazzat bera olmaydi. U yozadi:
Jahongashta devonalar,
Men kabi hyech yongan bormi?
Ishq qurboni parvonalar,
U olovdan qongan bormi?
U hayotining so‘nggi damlarida o‘zning qadrdon tog‘lari ko‘rinib turadigan joyga chiqarib qo‘yishlarini iltimos qiladi. Maxtumquli qorli chuqqilarga tiqilib, hayotning foniyligi va dunyoning abadiyligi tug‘risida so‘nggi she'rlarini aytdi. 1793 yili uni otasi qabri yoniga – Sangi tog‘ yonbag‘riga dafn etadilar.
Maxtumquli bir qancha lirik she'rlar, liroepik dostonlar, g‘azallar yozadi. Bizgacha uning 20 ming misraga yaqin she'rlari yetib kelgan.
B) Xalq mavzusi:
Ularda xalq hayoti, urf-odati, o‘sha davrdagi ijtimoiy voqyealar aks etgan (masalan, «Bo‘lmasa», «Kelgay», «Yomg‘ir yog‘dir», «Naylayin», «etmas», «Bo‘lar», «Kechdi zamona», «Bilinmas» kabi). Maxtumquli lirikasida falsafiy-sufistik oqimning ta'siri seziladi, lekin unda dunyoning grajdanlik she'riyatining ta'siri ustun edi.
V) Vatanni ulug‘lash. Uning poeziyasi vatanga muhabbat, adolatli podshohini orzu qilish, adolatsizlikni fosh etish ru'i bilan sug‘orilgan. M., «Chaqiriq» she'rida turkman xalqini Eron bosqinchilariga qarshi kurashga da'vat etadi. Maxtumquli turkman she'riyatida shakl va mazmun novatori edi. U g‘azalchilikni mukammallashtirishda, ishq-muhabbatni ijtimoiy mavzu bilan bog‘lab rivojlantirdi.
Maxtumquli ijodida vatanparvarlik mavzusidagi «El ko‘zlar», shuningdek, insonni, insoniy muhabbatni ulg‘lovchi she'rlar asosiy o‘rinni egallaydi. Ijodida hukmdorlar zulmi ostida ezilgan xalqning og‘ir a'voli yorqin ifodalangan shoir dinga buysunsada, boy-feodallarning tayanchiga otlangan islom dini vakillariga qarshi chiqadi. U oddiy xalq manfaatlarini ko‘zlovchi jamiyatni orzu qiladi. Ammo shoir antiganistik ziddiyatlarni anglab yetmaydi, ijtimoiy tengsizlikni bilishga intiladi. Maxumquli turkman adabiyotiga obrazli xalq tilini, maqol va matalni birinchi bo‘lib olib kiradi. Shoir qo‘shiqlarining tematikasi xilma-xil. Birinchi o‘rinda qahramonlik, ikkinchi o‘rinda axloqiy-didaktik, so‘ng qadimgi afsona va rivoyatlarni hikoya qiluvchi syujetli qo‘shiqlar ham bor.
Qabilalar o‘rtasidagi nizolarni tugatishga, turkman qabilalarining birlashishlariga chaqiriq shoir ijodida asosiy o‘rinni egallaydi.
Turkmanlar bolasi bir bo‘lib belni,
Quritar qulzumi, daryoi Nilni.
Taka yovmut, cho‘qlang, yazir ilili,
Bir davlatga qulluq esak boshimiz.
Ammo ozodlikka erishish, mustaqillikni saqlash uchun birlashishning o‘zi yetmas buning uchun jangda qahramonlik ko‘rsatish, dushmanga shafqatsiz bo‘lish lozim edi.
Maxtumquli boylik uchun hyech qanday qabihlikdan qaytmaydigan qo‘rqoq, sotqin kishilarga qarama-qarshi ideal yigit obrazini yaratadi. U turli illatlarga, bema'ni odatlarga qarshi chiqadi. Shoir qo‘shiqlarida yana bir tema dunyoning foniyligi, odam umrining qisqaligi ko‘p marta kuylanadi.:
Foniydan boqiyga ko‘ch, 'a kuch bo‘lsa,
Termulib sen boqa-boqa ketarsen.
Ajal jomi berilib, ich 'a ich bo‘lsa,
Jon achchig‘in cheka-cheka ketarsan.
Maxtumquli fikricha, inson umri qisqadir, shuning uchun o‘tkinchi muvaffaqiyatlar bilan maqtanish va takabburlanish kerak emas. Shu bilan birga, boshga baxsizlik tushganda, ruhan tushkunlikka tushmaslik kerak, chunki baxt singari kulfat ham bir zumda o‘tib ketadigan narsadir. Yaxshi ishni ertaga qoldirib bo‘lmaydi, faqat yaxshi ish orqali kishining ismi asrlar davomida saqlanib qoladi.shunday qilib, undagi pessimistik kayfiyatlar optimistik kayfiyatlarga aylanadi.
Maxtumquli she'rlari kitobxonlaridan buyuk turkman shoiri ijodiyoti bilan, turkman xalqining o‘ziga xos madaniyati bilan tanishishga va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni yanada musta'kamlashga yordam beradi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə