Jahon iqtisodiyoti globallashuvining qarama qarshiliklari


Globalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri



Yüklə 63,62 Kb.
səhifə7/11
tarix24.12.2023
ölçüsü63,62 Kb.
#159804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVINING QARAMA QARSHILIKLARI

3.Globalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri.
Hozirgi xalqaro munosabatlar tizimining asosiy tendensiyasi uning baynalmilallashuvidir. Zamonaviy baynalmilallashuv nafaqat xalqaro aloqa va almashinuvlarning turli-tumanligi hamda hajmlarning kengayishida, faoliyatning yangi sohalariga tarqalishida aks etadi, balki xalqaro hamkorlikning (ittifoqlar, bitimlar, tashkilotlarning) mustaqil, barqaror, mavjud va davlatdan avtonom (muxtor) ravishda harakat qiluvchi shakllarini ham tug‘diradi. Faoliyatning maqsadi, soha va yo‘nalishlari shakllanmoqda, faqat xalqaro hamkorlik bo‘lgandagina ular amalga oshishi mumkin; iqtisodiy etakchi mamlakatlarning farovonligi va rivoj topishi tashqi bozor va aloqalarga bog‘liq. Baynalmilallashtirish vositalari, uning harakatlanuvchi kuchlari o‘zgarmoqda: hozirgi paytda u asosan iqtisodiy va ilmiy texnik omillar ta’siri ostida rivojlanmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlar, iqtisodiy aloqalar, texnologiyalar, ilm va texnika rivojlanishi bilan baynalmilallashuv jarayonlari kuchli va ahamiyatli bo‘lgan joyda sohalar o‘zgarmoqda.
Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar bo‘yicha jiddiy, barqaror va ishonchli ta’sir ko‘rsatish, ularni samarali boshqarish maqsadida — qo‘shilish zarur. Xalqaro barqarorlik yo‘naltirilgan va kutilayotgan o‘zgarishlarning bashorat qilingan jarayoni sifatida faqat shunday o‘zgarishlarning ishtirokchilari uchungina mumkin bo‘ladi. Xalqaro hayot va uning muhim jarayonlaridan o‘zni chetga tortish jahon iqtisodiyoti, siyosati va taraqqiyotida mamlakatning o‘rni, roli va mavqeini yo‘qotish evazigagina mumkin bo‘ladi.
Nihoyat, xalqaro hayotning sifat jihatidan yangi hodisasi — alohida davlatlar — sub’ektlar tomonidan er shari (hududiy), dunyo iqtisodiyoti va siyosati miqyosida o‘z hayotiy faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlari hamda ehtiyojlariga ega bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv asosiy belgi sifatida qandaydir muammo yoki faoliyatni darhol global (umumjahon) darajaga chiqarishni ko‘zda tutadi. SHu bilan birga, bunday faoliyat ishtirokchilarning tarkibiga ko‘ra, baynalmilal bo‘lishi shart emas, balki bitta davlat, tashkilot, firma tomonidan amalga oshirilishi mumkin (ular buning uchun tegishli imkoniyatlarga ega bo‘lishlari sharti bilan).
Hozirgi dunyo nafaqat turli-tuman va murakkab, balki ziddiyatli hamdir. Unda davlatlar o‘rtasida ham, ularning ichkarisida ham qarama-qarshiliklar o‘zaro bog‘lanib ketgan. SHunga qaramasdan, xalqaro munosabatlarning butun tizimi uchun ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qilgan uning yaxlit sifatdagi birligi hozirgi dunyoning muhim qonuniyati hisoblanadi.
Hozir xalqaro tizimning o‘tish sifatida tavsiflanishi ham davom etmoqda, yaqin va uzoq kelajak joylashishining (konfiguratsiyasining) turli variantlari muhokama qilinmoqda, shu bilan birga, xalqaro munosabat ko‘plab turli rejadagi omil va shartlarning ta’siri ostida rivojlanib borishi vaziyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
1. S.Xantingon “o‘zaro kurashayotgan etti madaniy-diniy sivilizatsiyalar dunyosi”ning: xitoy, yapon, hind, islom, provaslav, g‘arb, lotin amerikasi va ehtimol, afrika modelini taklif qiladi. Ushbu maktab hozirgi sharoitda global siyosat ko‘p qutbli, ko‘p sivilizatsiyali bo‘lib qoldi, dunyoda yuz berayotgan jarayonlar madaniy — sivilizatsion (tamadduniy) ittifoqlarning to‘qnashuvi bilan izohlanadi, degan shiorni yoqlaydi. Iqtisodiy va texnologik modernizatsiyalarning yo‘qotilgan diniy yoki sivilizatsiya jihatidan o‘xshashligini saqlash yoki tiklashga undaydi. Bunda jahon maydonida yangi kuch va ta’sir markazlarini shakllantirish uchun real shart-sharoit hamda qarama-qarshiliklar manbai namoyon bo‘lib; sivilizatsiyalar to‘qnashuvi dunyo siyosatining asosiy omili bo‘lmoqda.
Bunday xulosa yangi mojarolar tug‘ilishi bilan asoslanadi, ular ko‘pincha etnomilliy bo‘yoqqa ega hamda ularning geografiyasi musulmon va xristian sivilizatsiyalari o‘rtasida chegara chizig‘i bilan bir-biriga to‘g‘ri kelar emish.
SHu yo‘nalishning o‘zida islom siyosiy ekstremizmi tahdidi borasidagi xavotir oshib bormoqda.
2. Taklif qilinayotgan boshqa konfiguratsiya modeli “konsentrik aylanalar dunyosi” bo‘lib, unga ko‘ra, xalqaro munosabatlar kelgusida “rivojlangan demokratik jamiyatlar” yoki “mas’uliyatli demokratiyalar hamjamiyati”ni o‘zida ifoda qiluvchi AQSH boshliq asosiy davlatlar atrofida quriladi. Bu dunyoda birinchi guruhni Amerika Qo‘shma SHtatlarining sheriklari bo‘lgan EI va YAponiya tashkil qiladi, ular “asosiy zonani kengaytirish va himoyalash yukini” Amerika bilan bo‘lishishlari mumkin. Ushbu guruh davlatlariga er yuzi aholisining 1/5 dan kamroq ulushi, ammo insoniyat iqtisodiy potensialining 4/5 ulushi to‘g‘ri keladi.
Navbatdagi konsentrik aylanaga mutaxassislar Yevropa, Lotin Amerikasi va Osiyoning “o‘tish mamlakatlari”ni kiritishadi. Ushbu davlatlarda o‘tish jarayonlari bir-biridan farq qilishi va sanoat ishlab chiqarishi, bozorlar, sarmoya, professional kompetensiya (kasbiy vakolat) va islohotlarning globallashuvi yaqin yigirma yil ichida er yuzining barcha mintaqalarida tarqalishi shart emasligi alohida ta’kidlanadi.
AQSH siyosatshunoslarining fikriga ko‘ra, bu mamlakatlarga “e’tibordan qolgan” davlatlar qo‘shiladi. Ular asosiy davlatlarning etakchilik rolini inkor qilib, vosita va imkoniyatlari bo‘lganda, ularning manfaatlariga zarar etkazar emish. “E’tibordan qolganlar” (“raugue nations”) safiga asosiy mamlakatlarning siyosiy manfaatlari va qadriyatlariga qarshi muayyan vaziyatlarda ochiqchasiga, shu jumladan, kuch ishlatish bilan chiqishi mumkin bo‘lgan Eron, Iroq, Liviya, KNDR va boshqa mamlakatlar kiritiladi. Ushbu ittifoqqa turli mamlakatlardagi ayirmachi (separatist) va fundamentalist guruhlar ham mansub.
Ushbu sxema (chizma) markazidan uzoqda joylashuvni o‘z hududlarida loqal jamoat tartibiga o‘xshash tartibni o‘rnata bilmagan va o‘z fuqarolarining oddiy ehtiyojlarini qondira olmagan “omadsiz” mamlakatlar (“failure nations”) deb ataluvchi davlatlar tashkil qiladi. Bunday mamlakatlarni qochoqlar tark etishadi, natijada er yuzining yirik mintaqalari chegarasida ijtimoiy-siyosiy vaziyat beqarorlashadi. “Omadsiz” mamlakatlarga Somali, Ruanda, Zoir, Serra-Leone va boshqa bir qator mamlakatlar kiritilgan.
3. “AQSH va G‘arbiy sivilizatsiya mamlakatlari “qoloq dunyoga qarshi” shaklidagi yana bir nazariy nizomning mohiyati quyidagilardan iborat: jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida rivojlangan, barqaror “SHimol” va yanada ortda qolayotgan beqaror “Janub”ning yangi tuzilmasi vujudga keladi; ular o‘rtasida iqtisodiy va texnologik farqning ortishi muqarrar, “SHimol”ning dunyoni “qayta o‘zgartirish”ga intilishi shu bilan izohlanar emish. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar natijasida “Janub”ning bunga kuch bilan erishishi amrimahol. Lekin beqaror vaziyat, sharoiti yaxshi zonalarga ommaviy ko‘chish (migratsiya)ga urinish, “Janub”da iqtisodiy va texnogen halokatlar ehtimoli, qashshoqlikdan oziqlanuvchi siyosiy ekstremizmning kuchayishi dunyoni doim keskinlikda tutib turadi. “SHimol” uchun bunday vaziyatdan tubdan chiqishning ikki yo‘li bor: “Janub”dan to‘siqlanish yoki uni iqtisodiy jihatdan barqaror darajaga etkazish.
4. “Demokratik dunyo”ning nazariyasi va modeli G‘arb sivilizatsiyasining izolatsiyasiga qarshi harakatlanishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, unga ko‘ra XXI asr “tinchlik va barqarorlik zonasi” hamda “tartibsizliklar va mojarolar zonasi”ga bo‘linadi. Ushbu nazariya tarafdorlari demokratik rejimlarga mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning ichki tarafdorligi mos (muvofiq) keladi va aynan ular tashqi siyosatda kuch bilan qo‘rqitishdan foydalanishning noqonuniyligi shiorini tarqatishlari lozim, deb taxmin qiladilar.
5. Turli xarakter va miqyosdagi integratsion jarayonlar ta’siri ostida davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tuzilmasining o‘zgarishi, ya’ni “geoiqtisodiyot”ning tashkil topishi yangi dunyo tartibi vujudga kelishiga xos bo‘lgan asosiy tendensiya sanaladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat va xususiy biznes kuch-g‘ayratlarini birlashtirish jahon maydonida ta’sir ko‘rsatishning “noharbiy vositalari (instrumentlari)” tovarlar va xizmatlar dunyo bozorida operatsiyalar o‘tkazish, xorijiy sarmoya qo‘yish, yangi tadqiqot va ishlanmalar sohasida hamkorlik (va raqobat) rolini oshiradi.
Umuman, o‘z jamuljamligi bilan jahon hamjamiyatini yangi holatga olib boruvchi qator qudratli omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin: davlatlarning harbiy qudrati; “sovuq urush”dan g‘olib chiqish; SHimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va SHarqiy Osiyoda iqtisodiyotning keskin ko‘tarilishi; transmilliy korporatsiyalar va nodavlat tashkilotlar ta’sirining o‘sishi fonida davlatlar ahamiyatining pasayishi; davlat va xalqlarning yangi sharoitlarda yangi bir xillikni qo‘lga kiritishga intilishlari; qashshoqlik va boylik qarama-qarshiligining kuchayishi; XX asrda qaror topgan dunyo konfiguratsiyasini tubdan o‘zgartirishga qodir rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik portlash.



Yüklə 63,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə