Jahon iqtisodiyoti globallashuvining qarama qarshiliklari


Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda nomoyon bo’ladi7



Yüklə 63,62 Kb.
səhifə4/11
tarix24.12.2023
ölçüsü63,62 Kb.
#159804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVINING QARAMA QARSHILIKLARI

Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda nomoyon bo’ladi7:

  1. Eng avvallo, ishlab chiqarish baynalminallashuvining chuqirlashuvi. Ishlab chiqarish baynalminallashuvining namoyon bo’lishi, iste’mol uchun yaratiladigan mahsulotini tayyorlashda jahonning turli davlatlaridan ishlab chiqaruvchilar qatnashadilar. Jahon savdosining asosiy qismini yarim tayyor mahsulotlar egallaydi. Ishlab chiqarishning baynalminallashuvida TMK etakchi hisoblanadi.

  2. Kapitalning baynalminallashuvini chuqurlashuvi, ya’ni davlatlararo xalqaro kapital harakatining o’sishi, bunda eng avvalo to’g’ri investistiyalar ko’rinishida fond bozorlarining baynalminallashuvi kuzatiladi.

  3. Ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy, texnologik bilimlar vositalarini almashinuvi natijasida, shuningdek xalqaro ixtisoslashuv va kooperastiyalashuv, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish resurslarining joylashuvi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi sodir bo’ladi.

  4. Xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global miqyosdagi material, axborot, tashkiliy-iqtisodiy infrotuzilmaning shakllanishi kuzatiladi.

  5. XMTning chuqirlashuvi natijasida ayriboshlash baynalminallashuvining kuchayishi, bunda xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish sohasiga nisbatan xizmatlar sohasi asosiy yo’nalishlrdan biriga aylanmoqda.

  6. Xalqaro ishlab chiqarish kuchi migrastiyasining o’sishi. Bunda rivojlangan davlatlarda kambag’al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarini malaka talab qilmaydigan yoki past malaka talab qiladigan ishga jalb etiladi.

  7. Ishlab chiqarish va iste’molning baynalminallashuvini atrof muhitga ta’sirining ortishi. Bu esa zamonaviy global muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan xalqaro hamkorlikka bo’lgan ehtiyojni ortishini keltirib chiqaradi.

Bashoratlarga ko’ra globallashuv jarayoni quydagilarni o’ziga jalb qiladi:

  • Hozirgi paytda xo’jalik yuritishni to’liq erkinlashtirilmagan davlatlar iqtisodiyotining ochiqligi ta’minlanadi;

  • Barcha bozorlardagi ishtirokchilarning to’siqlarsiz qatnashuvini ta’minlash;

  • Moliyaviy savdo operastiyalarining qonun-qoida va chegaralarini univesallashtirish;

  • Bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni bir me’yorga keltirish, ya’ni unifikastiya qilish;

  • Kapital joylashtirish, investistion jarayonlar va umumjahon to’lov-hisob tizimini standartlashtirish.

Makroiqtisodiy darajadagi global davlatlar va integrastion uyushmalarning iqtisodiy faollikka intilib, savdo va investistion to’siqlarni olib tashlash erkin savdo hududlarini tashkil qilish asosida paydo bo’ldi. Undan tashqari, global jarayonni davlatlararo xo’jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axbarot va siyosiy miqyosdagi o’zaro kelishuvlarni ham qamrab oladi.



Yüklə 63,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə