Jahon iqtisodiyoti globallashuvining qarama qarshiliklari


-jadval O’zbekiston Respublikasi savdo balansi va tashqi qarzi dinamikasi



Yüklə 63,62 Kb.
səhifə10/11
tarix24.12.2023
ölçüsü63,62 Kb.
#159804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVINING QARAMA QARSHILIKLARI

7-jadval
O’zbekiston Respublikasi savdo balansi va tashqi qarzi dinamikasi



Ko’rsatkichlar

2011 y.

2012 y.

2013 y.

2014 y.

2015 y.

2016 y.

2017 y.

2018 y.

(9 oylik)

1.Tashqi qarzning nominal yalpi ichki mahsulotga nisbati

56,2

44,1

43,7

37,3

31,3

23,1

17

13,3

2.Tashqi savdo saldosi (mln. AQSh dollari)

33,5

276,4

760,8

1037

1317,5

1993,9

3755,9

5292,06

Manba:Jumaev.N.X.“Jahon moliyaviy inqirozi: mohiyati, sabablari va uning O’zbekistonga ta’siri” elektron darslikdan

Prezidentimiz o’z asarlarida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator etakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelayotganligini ta’kidlab o’tdilar. Ya’ni, «Moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, restessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investistiyaviy faollik ko’lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi o’z tasdig’ini topmoqda»16.


O’zbekistonga moliyaviy inqirozning keskin salbiy ta’siri kuzatilmaganini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
1. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va etarlicha xalqaro valyutaviy to’lovga qobillikning ta’minlanganligi. Bugungi kunda respublikamizning tashqi qarzi YaIM hajmining 13,3 foizini tashkil etadi va eksport hajmining 31 foizidan oshmaydi. 2018 yilning 9 oylik natijalariga ko’ra, respublikamiz tashqi savdo balansi 40,9 foizga, jumladan, eksport 62,9 foizga ortgan. To’lov balansining ijobiy saldosi qariyb 4,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan17. Bu esa, 2017-2018 yil moliyaviy inqirozining respublikamiz iqtisodiyotiga nisbatan sezilarli darajada yumshoq ta’sirga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, respublikamizda kapitallar va kreditlar harakati bilan bog’liq cheklovlar batamom bekor qilinmagan. Bu esa, qisqa muddatli kapitallarning chiqib ketishi orqali mamlakat to’lov balansi muammolarining yuzaga kelishini oldini oladi. Ma’lumki, kapitallar harakatiga erkinlashtirilgan davlatlarda moliyaviy inqiroz davrida spekulyativ kapitalning chiqib ketishi darajasi juda yuqori bo’ladi. Fikrimizning isboti tariqasida, 1997 yilda Indoneziya, Malayziya, Janubiy Koreya, Filippin va Tailand davlatlaridan chiqib ketgan sof kapital 12 mlrd. AQSh dollarini tashkil etganligini va Osiyo inqirozining yanada avj olishiga zamin yaratganligini eslash kifoya.
2. Banklarning kapitallashuv darajasini oshirish respublikamizda inqiroz yuz berishidan avval boshlandi va bu banklarning o’rtasida o’zaro mustahkam ishonchning saqlanib qolishini va likvidlilik muammolarini yuz bermasligini ta’minladi. Xususan, respulikamizda banklarning yalpi kapitali 2017 yilda 40,5 foizga ortdi va 2018 yilning1 yanvar holatiga 1503,0 mlrd. so’mni tashkil etdi. Bundan tashqari, respublikamiz banklari tomonidan real sektorga berilgan kreditlar qoldiqlari 2017 yilda 19,2 foizga oshgan. Bu holatlar respublikamiz bank-moliya tizimida barqarorlik saqlanib qolganligidan dalolat beradi18.
Prezidentimiz o’z asarlarida global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida keltirib chiqarilgan to’rtinchi xulosani quyidagicha bayon etdilar: «Jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini engillashtirish ko’p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg’unligiga bog’liq»19. 2018 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizi ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo’lib o’tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko’lami tobora kengayib borayotganini tasdiqlagani, ushbu sammitda bo’lib o’tgan muhokamalar bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida emas, balki undan qanday qilib chiqish yo’llari izlanayotganligidan darak berishini ta’kidlab o’tdilar.
Shuningdek, jahon moliyaviy inqirozining O’zbekistonga ta’sirining jiddiy bo’lmaganligini qo’yidagi omillar bilan izohlash mumkin:
- ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanlanganligi;
- davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligini aniq belgilab olinganligi;
- O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi;
- oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;
- aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi;
- davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog’liq barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi.
Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – “O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi”20 degan so’zlarini yana bir bor esga olish muhimdir. O’z navbatida O’zbekistonning globallashuv jarayonlaridagi ishtiroki ham ushbu inqiroz oqibatlarining ma’lum darajada iqtisodiyotimizga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkinligidan darak beradi.
Buning tasdig’ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan etakchi davlatlar ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integrastiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o’sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi. Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O’zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko’rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarimizning o’sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.

Xulosa
Globallashuv jarayoni – to’xtatib bo’lmaydigan kuch. Uning qamrovi juda keng, hususan globallashuv nima u qachon boshlangan, uning jamiyatdagi boshqa jarayonga munosabati shuningdek yaqin va uzoq kelajakdagi asoratlari kabi savollarni o’z ichiga oladi. U jahon xo’jaliklari internastionallashuvining eng yuqori bosqichi.
Umuman olganda jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda, jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq turli soha va jarayonlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.
Yuqorida aytganimizdek, iqtisodchilar globallashuvning asosiy tomonlariga o’z e’tiborlarini qaratadilar va qo’yidagi jarayonlarini ajratadilar:

  • moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lari shakllantiriladi, kredit beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o’rnatiladi;

  • axborotlar ahamiyatining oshishi;

  • global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi;

  • TMKlar sonining ortishi;

  • transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi.

Yuqorida aytganimizdek globallashuv jarayoni o’zining ijobiy va salbiy ta’sirga ega. Ammo hozirgi eng muhim muammo – globallashuv hamma xalqlar uchun ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi kuchga aylanishiga erishishdir. Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi. Globallashuv jarayonlarining alohida mamlakatlar iqtisodyotiga ijobiy ta’sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liq. Amalda afzalliklarning asosiy qismi boy davlatga yoki individlarga tegadi. Globallashuvning salbiy oqibatlari past rivojlangan mamlakatlarga ko’proq ta’sir qilishi mumkin. Bu mamlakatlarning ko’pchiligi baynalminnallashuv jarayonida xomashyo va mehnat sig’imi mahsulotlari (ularning ba’zilari zamonaviy murakkab texnika uchun ehtiyot qisim va butlovchi bug’imlar) etkazib beruvchi sifatida ishtirok etgan hamda ilg’or mamlakatlarga har tomonlama bog’lanib qolishadi va ularga nisbatan kam foyda ko’rishadi hamda bu foyda jahon bozorlari konyukturasiga bog’liq holda barqaror bo’lmaydi.
Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, globallashuv jarayonida eshtirok etishdan sanoati rivojlangan mamlakatlar ko’proq foyda oladi, zero ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va barcha diqqat-e’tiborni ko’p daromadli bo’lgan ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratadilar. Ayni paytda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham globallashuv jarayonlari salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin: ishsizlik, moliya bozorlarida nobarqarorlik kuchayadi va boshqalar. Ayniqsa jahon moliyaviy inqirozi davrida ularning salbiy oqibatlari sezilarli darajadan ancha yuqori bo’ladi.


Yüklə 63,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə