Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari


I BOB. JAHON IQTISODIYOTINI RIVOJLANISHDAGI ASOSIY YO’NALISHLAR



Yüklə 166,65 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü166,65 Kb.
#181421
1   2   3   4   5   6
JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV OMILLARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

I BOB. JAHON IQTISODIYOTINI RIVOJLANISHDAGI ASOSIY YO’NALISHLAR
Mintaqaviy integratsiya shart sharoitlari va maqsadlari
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi o’tgan yilgi hisobotida Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonini kuchaytirish muhimligiga urg’u bergan. Ana shundagina mintaqa ichki yalpi mahsuloti ikki baravar o’sishi mumkin, deyiladi hisobotda. Biroq bunga qator omillar to’siq bo’lmoqda va asosan O’zbekiston tomonidan.
Mutaxassislar fikricha, O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan chegaralarining yopiqligi yoki ulardan o’tishning murakkabligi, mintaqaviy savdoning sustligi, viza tizimi, bojxona nazorati punktlaridagi qog’ozbozlik va korrupsiya Markaziy Osiyoda integratsion harakatlarga pand bermoqda.
Buyuk Ipak Yo’lining tarixiy vazifasi hanuz tiklanganicha yo’q. Transport sohasida mintaqa davlatlari umumiy qoidalar qabul qilmagan. Holbuki aynan mahsulot eksport-importi va Markaziy Osiyo doirasida savdo qilish uchun transport korridorlarining ahamiyati katta. Qo’shni davlatlar o’rtasidagi energetik muammolar ham integratsiyani sekinlashtirmoqda.
Osiyo Taraqqiyot Banki yordamida 1997 yili ishga tushgan Markaziy Osiyo Mintaqaviy Iqtisodiy Hamkorlik dasturi, ya’ni KAREK o’z oldiga mintaqada aynan savdo, transport va energetika bilan bog’liq muammolarni hal qilishga yordam berishni maqsad qilib olgan.
Dastur ijrochi direktori, o’tmishda Jahon banki vitse-prezidenti bo’lgan Yoxannes Linning aytishicha, O’zbekistondan butun boshli tizimni isloh qilib, mintaqaviy integratsiyaga sharoit yaratib berishini kutgandan ko’ra, mavjud savdo, transport, bojxona va energetika muammolarini birin-ketin hal qilishga yordam bergan ma’qul.
"Albatta, ayrim transport yo’nalishlarida O’zbekiston hamkorligisiz ham ishlash mumkin mintaqada. Boshqa respublikalar asta-sekin iqtisodiy jihatdan rivojlanar va turli loyihalarda ishtirok etar ekan, O’zbekiston atrofida integratsion jarayon kuchayib boraveradi."
Yoxannes Linn boshchilik qilayotgan KAREK dasturi 8 davlat va oltita yirik moliyaviy tashkilotlarni o’z ichiga oladi. Bular Afg’oniston, Ozarbayjon, Xitoy, Qozog’iston, Qirg’iziston, Mongoliya, Tojikiston va O’zbekiston hamda Osiyo Taraqqiyot Banki, Yevropada Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Xalqaro Valyuta Jamg’armasi, Islom Taraqqiyot Banki, BMT Taraqqiyot Dasturi va Jahon banki. O’tgan yil noyabrida Dushanbeda transport va savdo aloqalarini kuchaytirishga qaratilgan strategiya qabul qilingan. Unga ko’ra, a’zo mamlakatlarni bir-biriga va umuman Yevrosiyoga ulovchi olti yo’nalish bo’yicha savdo va transportni yaxshilash uchun sarmoyalar ajratiladi.
Markaziy Osiyo Mintaqaviy Iqtisodiy Hamkorlik dasturi rahbari Yoxannes Linn nazarida O’zbekiston dastur doirasida asosan transport, savdo va chegara nazoratini kuchaytirish masalalari bo’yicha faollik ko’rsatmoqda.
Biroq, deydi janob Linn, energetik va asosan elektr quvvatini olishga qaratilgan loyihalarda O’zbekiston o’zgacha pozitsiyaga ega. Gap shundaki, Tojikiston va Qirg’iziston elektr quvvati olish maqsadida gidroelektrstansiyalar qurmoqda. O’zbekiston esa buning natijasida suv tanqisligiga uchramoqda. KAREK dasturi, deydi uning rahbari, har bir tomonning manfaatlari va tashvishlarini inobatga olgan holda faoliyat yuritishga harakat qilmoqda.
Markaziy Osiyo integratsiyasining istiqbol rejasida mintaqaviy hamkorlik ustunlik qilishi lozim. Buning uchun quyidagi vazifalar yaqin yillarda o‘z yechimini kutmoqda.
1.Investorlarga jozibali ko‘rinish uchun mintaqa davlatlari yagona iqtisodiy makonga birlashishi maqsadga muvofiq.
2.Mintaqa davlatlarining ko‘plab bozorlari o‘ta monopollashgan. Bunga sabab hukumatlar tomonidan tashqi savdo yo‘liga qo‘yilgan to‘siqlar, “milliy ishlab chiqaruvchilar”ni himoyalash (proteksionizm) uchun berilgan turli imtiyozlardir. Bundan tashqari, barcha davlatlar iqtisodiyotida tabiiy monopoliyalar va davlat korporatsiyalarining roli yaqqol seziladi. Mintaqaning tijorat korxonalari ko‘pincha kuchli raqobatni istamagani tufayli sun’iy qulay sharoitlarda faoliyat olib boradi. Buning natijasida korxona (kompaniya)da past samaradorlik hamda tashqi va ichki bozorlarda raqobatga dosh berolmaslik ochiq namoyon bo‘lmoqda.
3. Iqtisodiy integratsion jarayonda O‘zbekiston oldida birgina muammo turibdi, u ham bo‘lsa, o‘z iste’molchilarini topish yoki qo‘shimcha qiymat yaratishning xalqaro tarmog‘iga qo‘shilish hisoblanadi. Bizningcha, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar ko‘proq ustuvor sohalar – yengil sanoat, axborot texnologiyalari, xizmatlar (turizm, logistika, transport, konsalting) bozorida o‘z o‘rnini tezroq topishi lozim.
4. O‘zbekiston 1996 yilgacha Markaziy Osiyo iqtisodiyoti “ajdari”, peshqadami bo‘lgan bo‘lsa, 1996 yildan keyin o‘sishda orqada qoldi. Sababi, iqtisodiyot nazariyalari (talab va taklif oltin qoidasi) buzilgani bois, mazkur mamlakatlarga nisbatan O‘zbekiston sekin rivojlandi. Iqtisodiy rivojlanish sur’atida o‘sish kuzatilmadi. Biz bir joyda turmaganmiz, rivojlanganmiz. Biroq mamlakatlarning ko‘pchiligi tezroq rivojlangan, natijada biz asta-sekin 40ta eng kambag‘al mamlakat qatoriga tushib qoldik.

5. Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya g‘oyasini amalga oshirishda ayni paytdagi muammolarni tilga olib o‘tish joiz. Misol uchun, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da faol, Tojikiston ittifoq sari intilgan, Turkmaniston va O‘zbekiston pozitsiyasini o‘zgartirib turadi. Bunday jiddiy farqlar va siyosatda rang-baranglik Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, hattoki ijtimoiy-siyosiy hamkorlik uchun o‘rganishga molik yo‘nalishdir. Ana shu “nozik” siyosiy yo‘l ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlar, xususan, O‘zbekiston bilan muzokara jarayonlarini murakkablashtiradi. Sababi, YeOIIga a’zo bo‘lgan davlatlar o‘zining tashqi iqtisodiy siyosatida erkin bo‘la olmaydi.


Buning ustiga, Markaziy Osiyo prezidentlari, jumladan, O‘zbekiston rahbari Sh.Mirziyoyevning BMT 78-sessiyasida ishtirok etib nutq so‘zlashi, yirik tadbir doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) rahbarlari bilan uchrashib, mazkur tashkilotga 2024 yilda a’zo bo‘lib kirish masalasini ilgari surishi inqilobiy g‘oya sanaladi. JSTga a’zolik mamlakatimiz savdo-sanoat va biznes tuzilmalaridan katta tayyorgarlikni talab qiladi.
Jahon savdo tashkilotiga a’zolikning afzalligi va muammolari
BMTga a’zo aksar davlatlar JSTga ham a’zo bo‘lib kirgan. Masalan, Qirg‘iziston 1998 yilda, Rossiya Federatsiyasi 19 yillik kutishlardan so‘ng 2012 yilda, Tojikiston 2012 yilda, Qozog‘iston 2015 yilda a’zolikka qabul qilingan. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon JSTga a’zolikni energetika mustaqilligiga erishish va aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash sari tashlangan muhim qadam, deb baholagan. Ammo bu jarayon barcha davlatlarda silliq kechadi, degani emas. Hukumat birinchi navbatda mahalliy shirkatlarni himoya qilishga qaratilgan jiddiy tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.
Xo‘sh, mamlakatimizda bu borada qanday muammolar yuzaga keladi?
Birinchidan, O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bojxona soliqlarini 8 -10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar ko‘radi. Biroq, o‘z navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi O‘zbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish borasida tugallanmagan ishlar turibdi.
Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o‘zbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tug‘iladi. Oqibatda qishloq xo‘jaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi G‘arb mamlakatlarida bo‘lganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy o‘zgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi.
To‘rtinchidan, intellektual mulk (IM) huquqi tizimi va bozorining shakllanmagani, ixtirolarni amaliyotda qo‘llash, qaroqchi (pirat) mahsulotlar bozorining avj olishini bartaraf etish yo‘nalishida ham ko‘plab muammolar to‘plangan. Xususan, adabiy va badiiy asarlarni himoya qilishga doir Bern konvensiyasi (1971 yil 24 iyulda qabul qilingan Parij hujjati), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunga (2006) zid ravishda respublikamizdagi va chet el mualliflarining yaratilgan asarlarini noqonuniy takrorlash — litsenziyasiz (qaroqchi) mahsulotdan foydalanish, kontrafakt mahsulotlarni CD, DVD, VCD, VHS, mp3 shaklidagi disklarga ko‘chirib, qalbaki nusxasini respublikaning deyarli barcha bozorlarida bemalol sotib, daromad ko‘rish holatlari mamlakatimiz miqyosida juda avj olgani ayni haqiqat. Savdoga oid IM huquqlari haqidagi bitim (TRIPS), g‘oya va ixtirolar uchun adolatli raqobat muhitini yaratish, nohalol raqobat majburiyatlari bo‘yicha ham qator vazifalar hamon yechim topmagan.
Keling, mazkur muammoga jiddiy munosabatimizni bildirib o‘taylik. Bugungi kunda ekspertlar guruhi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mutasaddi bo‘lgan maxsus komissiya sezilarli tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirganiga shubhamiz yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, bu borada matbuotda yetarli axborot berilmagani bois, tahlilimiz asosida quyidagi ishlarni amalga oshirish zarurligiga e’tiboringizni qaratmoqchi edim.
Birinchidan, mamlakat fuqarolari ijtimoiy guruhlarida daromadlar darajasining jiddiy farqlanishi “bo‘shliq”ni yuzaga keltirmoqda. Xuddi shu “bo‘shliq” boshqa sohalarda islohotlarni o‘tkazishga ham qaysi jihatdandir xalaqit bermoqda. 
Ayni chog‘da mamlakatimizdagi kambag‘allik darajasi 12-15 foiz atrofida ekanligi ma’lum qilindi. Bu 4-5 million aholi yetarli daromad manbaiga ega emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligini bildiradi. Bizningcha, muammoning yagona yechimi shuki, “Yashash minimumi to‘g‘risida”gi qonun va Konsepsiyani tezroq qabul qilishimiz lozim. 
Yuqoridagi komissiya “iste’mol savatchasi” va “yashash minimumi”ni belgilash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish va tahlil qilish ishlarini tugallashi maqsadga muvofiq. 
Ikkinchidan, yuqoridagi muammoni tan olgan holda, JSTga a’zolikni istab, yaqin yillarda erkinlashtirish va raqobatni jadallashtirish dasturlarini qo‘llagudek bo‘lsak, jamiyatda ijtimoiy muammolar battar ko‘payishi mumkin. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 4 milliongacha bo‘lgan fuqarolarning ishlamasligi, qishloq joylarida ishsizlarni qo‘shgan holda, ularning soni taxminan 6 millionga yetishi, Rossiyada 3 million kishining mavsumiy asosda ishlashini hisobga olmaslik mumkin emas. Mamlakatning 2024 yilda JSTga a’zo bo‘lishidan eng ko‘p zararni qishloq aholisi ko‘radi.
Uchinchidan, 2010-2019 yillarda YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning aholi jon boshiga dinamikasi bir tekis rivojlanmagani, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 1491 AQSH dollarini tashkil etgani, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi natijasida Xitoy tajribasida ko‘rilganidek, ishsizlar sonining keskin ko‘payib ketishiga va subsidiyalar asosida moliyalashtiriladigan mashinasozlik, dehqonchilik tarmoqlarining ahvoli yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
To‘rtinchidan, mamlakat yirik tarmoqlarining bu iqtisodiy jarayonga tayyor emasligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki bozor narxlari tashqi bozor narxlaridan yuqori ekanligi bilan izohlanadi
1.2. “Globallashuvning salbiy oqibatlari va kelib chiqishi mumkin bo’lgan ziddiyatlar
Globallashuvning salbiy oqibatlari va kеlib chiqishi mumkin bo’lgan ziddiyatlar.
Intеgratsiya ko’plab ijobiy natijalar kеltirishi bilan bir qatorda, talaygina salbiy oqibatlar va yuzaga kеlishi mumkin bo’lgan muammolarga sabab bo’lishi mumkin.
Intеgratsiyaning birinchi salbiy jihati shundaki, unda kutilgan manfaatlar notеkis taqsimlanadi. qisqa muddatli jihatda, tashqi savdo va eksport bilan bog’liq boshqa qayta ishlovchi va xizmat ko’rsatuvchi soha kompaniyalari katta kapital va malakali ishchi kuchi oqimini his etadi. Lеkin boshqa jihatdan, tashqi bozorda yuqori raqobatbardosh kompaniyalar bozorning o’ta ochiqligi sababli o’zlarining
talaygina ustunliklarini yo’qotadi va o’zgargan
sharoitlarga moslashish uchun qo’shimcha kuchlarni jalb etishga majbur bo’ladilar.
Bu esa o’z navbatida bu sohalardan katta miqdorda kapital va malakali ishchi rеsurslarining chiqib kеtishini yuzaga kеltiradi. Uni oldini olish uchun esa katta moliyaviy xarajatlarni taqozo etuvchi adaptatsiya chora-tadbirlarini amalga oshirishga majbur etadi.
Adaptatsiya jarayonida ish joylarini qisqarishi yuzaga kеlib, odamlar yangi ish joylarini axtarish, qayta ixtisoslashish kabi oilaviy muammolarni, shunindеk qisqa muddat ichida katta ijtimoiy xarajatlarni ko’tarishni taqozo etadi. Oxir oqibat, ishchi kuchining qayta taqsimlanishi yuzaga kеladi. Buning dastlabki bosqichlari katta ijtimoiy xarajatlar bilan bog’liq. Bu, nafaqat so’nggi o’ttiz yilda Еvropada transformatsiya bo’lgan sohalarda kuzatiladi.
Shuni tan olish lozimki, ushbu o’zgarishlar mavjud xo’jalik tizimi uchun katta xavfni tug’diradi va hukumat o’z navbatida ishsizlik nafaqasi, kompеnsatsiya to’lovlari, kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, qayta ixtisoslashuv uchun to’lovlar kabi bir qator ijtimoiy harajatlarni o’z bo’yniga olishi lozim.
Globalizatsiyadan kеlib chiquvchi, ikkinchi, muhim xavf sifatida ko’pchilik iqtisodiyotning sanoatlashuvini pasayishini (dеindustrializatsiya) e'tirof etishadi. Chunki, global ochiqlik Еvropa singari AQShda ham ishlov bеruvchi sanoatda bandlikning pasayib kеtishi bilan bog’lanadi.
Ushbu jarayon globalizatsiya bilan barobar kеchsada, aslida uning natijasi yoki unsuri emasdir. Uning sababi, tеxnologik37
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanish bo’lib, uning sodir bo’lishi tabiiydir. haqiqatdan, rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotida qayta ishlash sanoatining hissasi kеskin pasayib bormoqda. Lеkin shu vaqtning o’zida, xizmat ko’rsatish (moliyaviy sеktorni ham qo’shganda) kеskin taraqqiy etishi ushbu tafovutni qoplamoqda.
Xozirda bu jarayon kun sayin avj olmoqda. Bu, nafaqat, sanoatning ko’mirchilik, kеmasozlik va mеtallurgiya sohalarida bandlik siyosatining o’zgarishida aks topdi. Bugungi kunda, jadal rivojlanayotgan tеxnologiyalar moliyaviy sеktorning konraktatsiya xizmatlari amaliyotida muhim o’zgarishlarni yuzaga
kеltirayotganligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Uoll-stritda bunday sharoitda foyda ko’rishayotgandir, lеkin uning natijasida ko’plab ish joylarining qisqarishi ro’y bеrayotganligini unutmasligimiz lozim.
huddi shu holat Londonning Sitisida ham kuzatilishi mumkin. Bu, xizmat ko’rsatish sohasida unumdorlikni oshirish uchun kеchayotgan haqiqiy moslashish chora-tadbirlaridir.
Globalizatsiya sharoitida kapital oqimlari masalasiga nazar tashlaylik. Oxirgi o’n bеsh yilda dunyoda kuzatilayotgan kapital oqimlari kеskin kuchayib kеtdi. Bеvosita yoki portfеlli invеstitsiya ko’rinishidagi xorijiy kapital shubhasiz milliy iqtisodiyot uchun katta xavf tug’diradi. Chunki u mamlakatga qanchalik tеz kirib kеlgan bo’lsa, shu asnoda, undan tеz chiqib kеtishi mumkin. Aslida bu erkin, hеch narsa bilan bog’lanmagan kaptal bo’lsa-da, ko’p mamlakatlar rahbarlari xorijdan jalb etilgan kapitalning kеskin chiqib kеtishidan ko’p talofat ko’rganliklarini ta'kidlab o’tishadi.
Lеkin shu asnoda, bеvosita kapital ustida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, yuqoridagi fikrlarimiz uning uchun unchalik to’g’ri kеlmaydi. qo’yilgan mablag’lar mahalliy xo’jalikka juda bog’langan, ularning likvidligi past, ularni harakatdan chiqarib invеstor mamlakatiga qaytarish ancha murakkabdir. qimmatli qog’ozlar kapitalning ancha erkin shaklidir, lеkin ularning egalari bunday erkinlikdan manfaatdor emas. Ular, kafolatlangan daromad olish maqsadida, uzoq muddatli to’laqonli qo’yilmalar qilishga harakat qilishadi. Shu sababli, globalizatsiya oqibatida katta miqdordagi
«Erkin» kapital yuzaga kеlib, makroiqtisodiy siyosat uchun katta xavf paydo bo’ladi dеgan cho’chishlar asossizdir. Lеkin, kеng ko’lamdagi kapital oqimlari mamlakatlarni, 38
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
ma'lum jihatdan, makromoliyaviy tartibga bo’ysinishni talab etadi.
Shu sababli, masalan, mamlakatlarning moliya vazirlari yoki boshqa moliya sohasidagi mansabdor shaxslar ma'lum jihatdan xavfli, milliy valyutaning yoki butun iqtisodiyotning muvozanatdan chiqaruvchi siyosat yurituvchi bo’lsa, bu harakatlari uchun xalqaro kapital bozori tomonidan jazolanishini (masalan, zaruriy moliyaviy mablag’lar oqimini to’xtatib qo’yish) anglab еtishlari lozim.
Umuman olganda, ma'lum tartib-intizomga rioya etishni talab etsa-da, katta kapital oqimi globalizatsiyaning muhim ijobiy jihati ekanligini tan olish lozim.
Globalizatsiya yuzaga kеltirishi mumkin bo’lgan yana bir xavf-xatar bu malakali va malakasiz ishchilar maoshlarining kеskin farqlanib kеtishi va malakasiz ishchilar orasida ishsizlikning kеskin avj olib kеtishidir. Lеkin, bugungi kunda, bu doimo xalqaro savdoning jadallashuvi natijasi dеb ta'kidlay olmaymiz. Eng asosiysi, tarmoq va korxonalarda malakali kadrlarga bo’lgan talab oshib bormoqda. Bu asosan, katta solishtirma mеhnat sarfini talab etuvchi mahsulotlarni ish haqqi past va malakali kadrlari kam bo’lgan mamlakatlarda ishlab chiqarilishidir. Ushbu sharoitda, huddi shunday mahsulotni ishlab chiqaruvchi Еvropa korxonalari bozordagi o’rnini saqlab qolish uchun

narxlarni raqobatchilar darajasigacha pasaytirishga majbur bo’ladi va natijada daromadlari pasayib kеtadi. Oxir-oqibat, ishlab chiqaruvchilar ushbu


mahsulotni ishlab
chiqarishdan voz kеchib, malakali kadrlar mеhnatini talab etuvchi mahsulot turini ishlab chiqara boshlashadi. Shu zayilda, past malakali kadrlarga talab va ularning daromadlari pasayib kеtadi.
Rostdan ham past malakali ishchi kuchiga ega mamlakatda ishlab chiqilgan mеhnat talab mahsulot narxi yuqori malakali kadrlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot narxidan sеzilarli pastmi?
Tahlillar bu fikrni haqiqatdan ancha yiroqligini ko’rsatmoqda.
Industrial mamlakatlarda sanoat mahsulotlarining narxi xali hеch import ta'sirida kеskin o’zgargan emas. Ish haqi va ishsizlik ko’lamlarining o’zgarishi aslida savdoning ta'sirida emas, balki ichki istе'mol tarkibidagi siljishlar, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida tеxnologik o’zgarishlar oqibatida yuzaga kеladi.
Shu sababli, ushbu xavf ancha mavhum bo’lib, uning oldini olish imkoniyati bordir. 39
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
Bеshinchi xavf sifatida, firma va kompaniyalarning o’z ishlab chiqarish
quvvatlarini mеhnat rеsurslari qimmat bo’lgan
mamlakatlardan ancha arzon bo’lgan mamlakatlarga ko’chirishidir.
Ish joylarining eksporti bir qator mamlakatlarning iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkin. Lеkin, aslini olib qaraganda, ushbu birinchi nazardan ko’ringanchalik xavfli emas.
Xorijiy filal ishchilari va bosh kompaniya ishchilari unchalik jiddiy raqobatchilar aniqrog’i ular bir-birlarini to’ldirib turuvchi unsurlardir. Korxona xorijda filialini joriy etishi uning bu filialni faqatgina o’z hisobidan, katta sarf-harajatlar evaziga joriy etayotganligi emasdir. Ko’p xollarda «ona» korxona mahsulot ishlab chiqarishni xorijdagi bo’limi ishlab chiqarish quvvatlari xisobiga oshiradi. Shuningdеk, bosh korxona o’z filialining boshqa imkoniyatlaridan ham kеng foydalanishi mumkin. Bunday aloqalar yangi hamkorlar munosabatlarining muhim unsuri hisoblanadi. Shu sababli, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarining boshqa mamlakatlarga tarqashiga faqatgina mavhum xavf sifatida qarash lozim.
Oltinchi xatar ishchi kuchi harakatchanligidir. Bugungi kunda tovarlar, xizmatlar va kapitalning erkin harakati haqida ko’p gapirilmoqda. Lеkin shu asnoda, ishchi kuchi harakati erkinligi haqida unutmasligimiz lozimdir.
Shu sababli, xozirda globalizatsiyaning bandlikka ta'siri masalasi ko’tarilmoqda. Tеgishli chora-tadbirlar ko’rilmagan holda, ishsizlik masalasi global barqarorsizlik sababiga aylanishi mumkin.
Ishsizlik va qismanbandlik kabi mеhnat rеsurslaridan oqilona foydalanmaslik jahon hamjamiyatining eng katta xatolaridan biridir.
90 –yillarning o’rtalaridagi ishsizlikning yuqori darajasi jahon iqtisodiyotidagi yirik tarkibiy muammolar va siyosatdagi xatolardan dalolat bеradi.
Endilikda rivojlangan mamlakatlar o’z mеhnat bozorlarini himoyalash maqsadida kvotalar, fuqarolik, ta'lim, mulk sotib olishni chеgaralash ko’rinishidagi himoya choralarini qo’llash ehtimoli haqiqatdan holi emas.
Shuningdеk, global dеmografik, tarkibiy, tеxnologik o’zgarishlar bilan bog’liq
ommaviy urbanizatsiya jiddiy
to’qnashuvlar va ziddiyatlarga sabab bo’lishi mumkin. Bir qator 40
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
sabablarga ko’ra shaharlar, bugungi kunda, jamiyatning mamlakat va yaxlit dunyo ko’lamidagi muhim unsuri, globalizatsiyaning tarqalishining muhim vositalaridan biriga aylangan. Birinchi sabab shuki, ko’p mamlakatlarda shaharlarni oziq-ovqat va enеrgiya bilan ta'minlash mahalliy manbalardan emas, import orqali amalga oshiriladi. Ikkinchidan, shaharlar istе'mol va madaniyatning global standartlashuvining asosiy markazlariga aylangan, ulardagi
transmilliy kompaniyalar faoliyati ancha jadal va samarali. Aftidan, urbanizatsiya globallashuv jarayonini tеzlashtiradi, yirik shaharlar o’rtasidagi siyosiy va institutsional sohadagi hamkorlik tеz orada xalqaro aloqalarning yangi jihati sifatida namoyon bo’ladi.
Globalizatsiya, o’zining iqtisodiy, tеxnologik va ijtimoiy sohadagi chuqur islohotlari bilan, shubhasiz, jahon ekotizimiga ham o’z ta'sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Bu esa insoniyat xavfsizligining eng muhim masalalaridan biridir. Azaldan, atrof-muhitga zarar еtkazishda rivojlangan mamlakatlar ayblanib kеlingan. Lеkin, aslini olib qaraganda, ko’p jihatdan bunga sababchi faqatgina shu mamlakatlarning o’zidir.
Shu asnoda, ekotizim bilan bog’liq yuzaga kеlishi mumkin bo’lgan bir qator to’qnashuvlarning sabablarini sanab o’tish mumkin.
Suv rеsurslari uchun kurash kеskin mintaqaviy mojarolarga sabab bo’lishi mumkin. Tropik o’rmonlarning kеsilishi va ularning kеlajagi xozirgi kunning o’zida ko’plab mamlakatlar o’rtasida manfaatlar va siyosiy qarashlaridagi tafovut tufayli jiddiy qarama-qarshiliklarni yuzaga kеltirdi. Bugungi kunga kеlib, dunyo atrof-muhitga zarar еtkazib, rеsurslardan o’ylamay foydalanishdan voz kеchishi lozim.
Lеkin, boshqa tomondan, rivojlanayotgan mamlakatlar xali tuproq eroziyasi, aridizatsiya, suv rеsurslaridan katta miqdorda sarflanishi kabi salbiy oqibatlarga olib kеluvchi tеxnologik jarayonlardan voz kеchish uchun еtarli taraqqiy etgani yo’q. Ushbu muammolarning xal etilishidan rivojlangan mamlakatlar ham manfaatdordir. Tabiiy rеsurslardan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlab turish sohasidagi mamlakatlar manfaatlarining mos kеlishi hamkorlikning yangi jihati sifatida namoyon bo’ladi.
Ushbu sohadagi manfaatlarning yaxlitligi iqlimning iliqlashuvi, radiatsiya, suv xavzalarining ifloslanishuvi kabi global muammolarni 41
1.3 Globallashuv jarayoni va uning bosqichlari
Milliy davlatlar tobora ko'proq TMKlar bilan kuchli sheriklar, ba'zan esa milliy iqtisodiyotga ta'sir qilish uchun kurash olib boradigan raqiblar sifatida hisoblashishga majbur bo'lmoqdalar. Qoidaga ko'ra, TMK va milliy hukumatlar o'rtasida bunday hamkorlik shartlari to'g'risida kelishuv bo'lgan. Nodavlat tashkilotlari uchun ham keng imkoniyatlar ochildi, ular global firmalar singari ko'p millatli yoki global darajaga ko'tarildi. Hatto BMT, XVF, Jahon banki va Jahon savdo tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar ham yangi global rol o'ynay boshladi. Shunday qilib, xususiy va davlat bo'lgan ko'p millatli korxonalar va boshqa tashkilotlar global iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilariga aylandi.
Beshinchi manba madaniy taraqqiyotning o'ziga xos xususiyatlariga asoslanadi. Biz globallashgan bir hil ommaviy axborot vositalarining shakllanish tendentsiyasi, san'at, pop madaniyati, ingliz tilidan universal aloqa vositasi sifatida keng foydalanish haqida gaplashmoqdamiz. Jahon iqtisodiyotining globallashuvining yana bir muhim xususiyatini ta'kidlash kerak - bu XX asrning so'nggi yillarida moliyaviy bozorlarning jadal rivojlanishi. So'nggi yillarda moliya bozorlarining (valyuta, fond, kredit) yangi roli jahon iqtisodiyoti arxitekturasini tubdan o'zgartirdi. Bir necha o'n yillar oldin moliyaviy bozorlarning asosiy maqsadi iqtisodiyotning real sektori faoliyatini ta'minlash edi. So'nggi yillarda global moliya bozori o'zini o'zi ta'minlay boshladi. Natijada, bugungi kunda biz ushbu bozor hajmining vaqti-vaqti bilan o'sib borayotganini ko'rmoqdamiz, bu iqtisodiy munosabatlarni liberallashtirish natijasida yuzaga kelgan spekulyativ operatsiyalarning keng spektri natijasidir. Qisqacha aytganda, pulni pul olish jarayoni har qanday mahsulot yoki xizmatning real ishlab chiqarilishidan chiqarib yuborilishi tufayli ancha soddalashtirildi. Ishlab chiqarish fyuchers va optsionlar kabi turli xil hosilaviy moliyaviy vositalar bilan olib boriladigan spekulyativ operatsiyalar bilan almashtirildi, shuningdek, jahon valyutalarining farqida o'ynadi.

Bu davlatlararo moliyaviy aloqalarni chuqurlashtirish, narxlar va investitsiyalar oqimini liberallashtirish va global transmilliy moliyaviy guruhlarni yaratish natijasi bo'lgan xalqarolashtirish nuqtai nazaridan eng murakkab va eng ilg'or jarayon. O'sish sur'atlari nuqtai nazaridan, oxirgi 10-15 yil ichida xalqaro kapital bozoridagi kreditlar hajmi tashqi savdo hajmining 60 foizidan va yalpi dunyo mahsulotining 130 foizidan oshdi. Xalqaro investor tashkilotlari soni ortib bormoqda. Moliyaviy globallashuv davrida ular ko'pincha ishlab chiqarish va yangi ish o'rinlarini yaratishda kapitalning spekulyativ maqsadlari bilan spekulyatsiya va tarqoqlikning o'sishi sababini ko'rishadi. Moliyaviy globallashuv jarayoni asosan jahon iqtisodiyotining uchta asosiy markazida: AQSh, G'arbiy Evropa va Yaponiyada. Moliyaviy spekulyatsiya ushbu uchlik chegaralaridan tashqarida. Valyuta bozoridagi global aylanma har kuni 0,9-1,1 trln. dollar. Spekulyativ kapitalning oqimi nafaqat mamlakatning ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki uning mavqeini ham buzishi mumkin. Jahon moliyaviy inqirozining eng muhim sababi moliyaning tez globallashuvi bo'lib qolmoqda. Moliyaviy bozorlarning birlashishi tizimdagi uzilishlar xavfini oshiradi.


Yuqorida aytilganlarning barchasi globallashuv jarayonining bir qator afzalliklarini qayd etishimizga imkon beradi:
globallashuv xalqaro raqobatni kuchaytirdi. Raqobat va bozorning kengayishi ixtisoslashuvning kuchayishiga va xalqaro mehnat taqsimotiga olib keladi va bu o'z navbatida nafaqat milliy, balki global miqyosda ishlab chiqarishni o'sishini rag'batlantiradi; globallashuvning yana bir afzalligi bu iqtisodiy pasayish va narxlarning pasayishiga olib keladi, shuning uchun barqaror iqtisodiy o'sishga olib keladi; globallashuvning foydalari, shuningdek, shaxslar, firmalar va boshqa tashkilotlar, davlatlar, kasaba uyushmalari va hatto butun qit'alar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha tomonlarni qoniqtiradigan o'zaro manfaatli asosda savdoning foydalari bilan bog'liq; globallashuv global miqyosda ishlab chiqarishni ratsionalizatsiya qilish va ilg'or texnologiyalarning tarqalishi natijasida mehnat unumdorligini oshirishga olib kelishi mumkin, shuningdek innovatsiyalarni global miqyosda doimiy ravishda joriy etish foydasiga raqobatbardosh bosim. Umuman olganda, globallashuvning afzalliklari ishlab chiqarishni ko'paytirish, ish haqini oshirish va turmush darajasini oshirish orqali o'z mavqeini yaxshilash imkoniyatiga ega bo'lgan barcha sheriklarga o'z pozitsiyalarini yaxshilashga imkon beradi.
Globallashuv nafaqat afzalliklarni olib keladi, balki salbiy oqibatlarga yoki potentsial muammolarga duch keladi, bunda ba'zi tanqidchilar katta xavfni ko'radilar.
Globallashuv bilan bog'liq birinchi tahdid uning afzalliklari, odamlar tushungan holda, notekis taqsimlanishi bilan izohlanadi. Qisqa muddatda, ma'lumki, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasidagi o'zgarishlar tashqi savdo va eksport bilan bog'liq bo'lgan sohalar kapital va malakali ishchi kuchini ko'proq jalb qilishiga olib keladi. Shu bilan birga, bir qator tarmoqlar globallashuv jarayonlarida sezilarli darajada ishtirok etmayapti va bozorning ochiqligi oshgani tufayli raqobatdosh ustunliklarini yo'qotmoqda. Bunday tarmoqlar o'zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarga moslashish uchun qo'shimcha harakatlar qilishga majbur. Bu ushbu sektorlardan kapital va ishchi kuchining chiqib ketishi mumkinligini anglatadi, bu juda yuqori xarajatlar bilan bog'liq bo'lgan moslashuv choralarini qabul qilishning asosiy sababi bo'lib xizmat qiladi. Adaptatsiya choralari ish yo'qotgan, boshqa ish topish, qayta tayyorlash zarurati bilan bog'liq bo'lib, bu nafaqat oilaviy muammolarga olib keladi, balki katta ijtimoiy xarajatlarni talab qiladi va qisqa vaqt ichida. Oxir-oqibat, mehnatni qayta taqsimlash bo'ladi, lekin dastlab ijtimoiy xarajatlar juda yuqori bo'ladi. Bu nafaqat so'nggi o'ttiz yil ichida Evropada tubdan o'zgargan sohalarga tegishli. Shuni tan olish kerakki, bunday o'zgarishlar mavjud iqtisodiy tuzilishga jiddiy tahdid solmoqda va hukumatlar kompensatsiya to'lash, qayta tayyorlash, ishsizlik nafaqalarini to'lash va kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq ijtimoiy xarajatlarni o'z zimmalariga olishlari kerak.

Ikkinchi xavf ko'pchilik tomonidan iqtisodiyotning deindustrlashtirilishi deb hisoblanadi, chunki global ochiqlik Evropada ham AQShda qayta ishlash sanoatida bandlikning kamayishi bilan bog'liq. Aslida, bu jarayon globallashuvning oqibati emas, garchi u u bilan parallel ravishda davom etsa ham. Deind industrializatsiya - bu texnologik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanish natijasida yuzaga keladigan oddiy hodisa. Darhaqiqat, sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida qayta ishlash sanoatining ulushi keskin pasaymoqda, ammo bu pasayish xizmatlar, shu jumladan moliya sektori ulushining jadal o'sishi bilan muvozanatlashgan. Globallashuvning navbatdagi tahdidi malakali va kam malakali ishchilar ish haqi darajasidagi tafovutning sezilarli darajada kengayishi, shuningdek, ular orasida ishsizlikning oshishi bilan bog'liq. Ammo bugungi kunda bu xalqaro savdoning kuchayishi natijasida kelib chiqmayapti. Eng muhimi, sanoat va korxonalarda malakali kadrlarga talab ortib borayotgani. Buning sababi, ish haqi kam bo'lgan va ishchilarning malakasi past bo'lgan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan mehnat talab qiladigan tovarlarning raqobati evropalik firmalarning o'xshash mahsulotlariga narxlarning pasayishiga va ularning daromadlarining pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitda Evropa kompaniyalari zarar ko'rmaydigan mahsulotlar ishlab chiqarishni to'xtatadilar va yuqori malakali xodimlardan foydalanishni talab qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga o'tadilar. Natijada, past malakali ishchilar talab qilinmayapti, daromadlari pasaymoqda. To'rtinchi tahdid - bu katta ish haqi talab etiladigan mamlakatlarning firmalarining ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini ish haqi kam bo'lgan mamlakatlarga topshirishidir. Ish joylarini eksport qilish bir necha davlatlar iqtisodiyoti uchun nomaqbul bo'lishi mumkin. Biroq, bunday tahdid juda xavfli emas.


Beshinchi tahdid mehnatning harakatchanligi bilan bog'liq. Bugungi kunda tovarlar, xizmatlar va kapitalning erkin almashinuvi haqida ko'p narsa aytilmoqda, ishchi kuchining erkin harakati to'g'risida esa kamroq narsa bor. Bu globallashuvning ish bilan ta'minlashga ta'siri haqida savol tug'diradi. Tegishli choralar ko'rilmasa, ishsizlik muammosi global beqarorlikning potentsial manbaiga aylanishi mumkin. Ishsizlik yoki yarim kunlik ish bilan ta'minlash shaklida inson resurslarini isrof qilish butun dunyo hamjamiyatining, ayniqsa ta'lim uchun katta miqdordagi pul sarflagan ba'zi mamlakatlarning asosiy yo'qotishidir. 1990 yillarning o'rtalarida yuqori ishsizlik. global iqtisodiyotda asosiy tarkibiy muammolar va siyosiy xatolar mavjudligidan dalolat beradi. Ushbu omillar barcha darajalarda o'zgarishlarni samarali boshqarish zarurligini, ayniqsa odamlarning yashash sharoitlariga bevosita ta'sir ko'rsatadigan sohalarda. Xususan, xalqaro migratsiya bandlik va qashshoqlik muammolarini hal qilishga yordam beradimi-yo'qmi degan savol juda munozarali. Bugungi kunda, mehnat bozorlari tovar yoki kapital bozorlariga qaraganda kamroq darajada xalqaro miqyosda. Globallashuv, uning chuqur iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy o'zgarishlari global ekotizimga ta'sir qilishi shubhasiz. Va bu inson xavfsizligi uchun odatiy muammo. Hozirga qadar atrof-muhitga etkazilgan umumiy zarar uchun dunyoning rivojlangan davlatlari aybdor, garchi ular o'zlariga eng ko'p zarar etkazsalar ham. Ekotizimdan foydalanish bilan bog'liq kelajakda yuzaga keladigan nizolarning bir nechta manbalari mavjud. Suv uchun kurash keskin mintaqaviy mojarolarga aylanishi mumkin. Yomg'ir o'rmonlarining kelajagi va o'rmonlarni kesishning oqibatlari allaqachon davlatlar o'rtasida manfaatlar va siyosiy maqsadlardagi tafovut borasida chuqur tortishuv mavzusiga aylandi. Umuman olganda, dunyo endi atrof-muhitga tuzatib bo'lmaydigan ziyon etkazadigan resurslarni o'ylamasdan sarflashga qodir emas.
Global demografik, texnologik va tarkibiy o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lgan ommaviy urbanizatsiya ham keskinlik va mojarolarning muhim manbai bo'lishi mumkin. Shaharlar allaqachon mamlakatlar va umuman dunyo miqyosida jamiyatning muhim qismiga, shuningdek, bir qator sabablarga ko'ra globallashuv ta'sirini tarqatishning asosiy kanallariga aylanmoqda. Birinchidan, ko'plab mamlakatlarda shaharlarni oziq-ovqat va energiya bilan ta'minlash mahalliy manbalarga emas, balki import qilinadigan manbalarga bog'liq. Bundan tashqari, shaharlar iste'mol va ekinlarni global standartlashtirishning asosiy markazlari hisoblanadi. Ularda ko'p millatli kompaniyalar eng faoldir. Urbanizatsiya globallashuv jarayonini kuchaytirishi mumkin va yirik shaharlar o'rtasidagi siyosiy va institutsional hamkorlik xalqaro munosabatlarning yangi sohasiga aylanadi.
Globallashuv bugungi ijtimoiy hayotning barcha sohalarida global o'zaro bog'liqlik va o'zaro bog'liqlikni chuqurlashtiradi, kengaytiradi va tezlashtiradi. Ko'rinib turibdiki, global miqyosda globallashuvning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor, ammo bu xalqaro hayotning barcha sub'ektlariga moslashtirilishi kerak bo'lgan ob'ektiv jarayondir.
Globallashuv narx-navo va iste’mol tovarlari sifati unifikatsiyasini tezlashtiradi, global raqobat esa ularning doimiy takomillashuvini talab qiladi. Iqtisodiy yopiqlik, proteksionizm, qolaversa jahon bozorlari global raqobatining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir etmasligi resurslarning optimal taqsimlanishi va foydalanilishiga tо‘sqinlik qilib, iqtisodiy о‘sish sur’atlarini pasaytiradi.
Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishda ham qulay sharoitlar yaratib bermoqda. U izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish, qо‘shma loyihalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi natijasida о‘zini milliy iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida namoyish etmoqda. Internet va axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi xо‘jalik subyektlarining faoliyat doirasini kengaytirmoqda. Xо‘jalik yurituvchilar uning yordamida nisbatan kam xarajatlar evaziga zarur axborotlarga ega bо‘lmoqdalar. Shuningdek, ular boshqaruv jarayonida yangi sifat darajalariga erishish, xо‘jalik yuritish salohiyatining oshishi, talab va taklif о‘zgarishlariga xos qarorlarni о‘z vaqtida qabul qilish imkoniyatga ega bо‘lmoqdalar.
G.Fisherning ta’kidlashicha, jahon xо‘jaligida global о‘zgarishlar tarqalishining о‘ziga xos mexanizmi mavjud. Bunga “Buyuk turg‘unlik davri” misol bо‘lib, inqiroz bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga kо‘pincha zanjirsimon shaklda tarqalgan: bozorning torayishi, kapitalning boy berilishi – talabning qisqarishi, ishlab chiqarishning qisqartirish – davlat tomonidan import qiluvchilarga nisbatan bojxona tо‘siqlarining о‘rnatilishi – xalqaro savdo hajmining kamayishi savdo-sotiq bо‘yicha hamkor mamlakatlarda ishlab chiqarishning pasayishi va xokazo[3].
Bundan tashqari, bozor ishtirokchilari kо‘pchilik mamlakatlarda tarqalgan biznes yuritish tamoyillarini qayta shakllantirmoqdalar. Ular faoliyat maydonida gо‘yoki о‘zlarining tashkiliy va texnik tо‘rlarini yoyib tashlamoqdalar. Bu kabi korporativ tо‘rlar bilan birgalikda diasporaviy (diaspora – tug‘ilib, о‘sgan joyidan boshqa joyda faoliyat kо‘rsatishi), diniy, mafiozli va megapolisli tо‘rlar ham shakllanagan bо‘lib, ular tovar va pul oqimi bilan hamohang ravishda transmilliylashuv va bog‘liqlik darajasining yanada kuchayishiga olib kelmoqdalar. Mahalliy hukumatlarning xalqaro miqyosida amalga oshiradigan vazifalari о‘zgarmoqda. Nodavlat birlashmalarining xalqaro munosabatlarga shiddat bilan kirib kelishi davlatlar hukumatlarining xalqaro miqyosdagi yakka hokimligiga tо‘sqinlik qilib, siyosiy hokimiyatni iqtisodiyotdan tortib to diniy va madaniy masalalargacha jamiyat fikri bilan murosa qilishga majbur qilmoqda[4].
Globallashuv sharoitida bu kabi jarayonlarning sodir bо‘lishi shubhasiz, о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga tegishli iqtisodiy siyosat olib borishni taqozo etmoqda. Bu vaziyatda milliy iqtisodiy siyosatning vazifasi nafaqat jahon xо‘jaligi jarayonlarida ishtirok etishdan olinadigan nafni maksimallashtirish, balki ushbu holatda kelib chiqishi mumkin bо‘lgan xavfni ham minimallashtirishdan iboratdir.
Albatta, aksariyat rivojlangan mamlakatlar ham globallashuv jarayonida munosib siyosat yuritish ustida bosh qotirib, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasini oshirishning turli chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqdalar.
Xususiylashtirish. Globallashuv sharoitida xususiylashtirish va unga xos mulkchilikning milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini oshirishdagi о‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. О‘z daromadini maksimallashtirishdan manfaatdor mulkdorlar sinfining shakllanishi iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish, tovarlar sifatini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda eng muhim omil bо‘lib hisoblanadi.
Barqaror iqtisodiy muhitda xususiy mulkchilik iste’molchilar talabiga munosib javob beradi, raqobatbardoshlik ustuvorliklariga faol ta’sir о‘tkazadi, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurishga sababchi bо‘ladi, iqtisodiy о‘sish sur’atlariga hamohang faoliyat olib boradi hamda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtiradi. Xususiy korxona rahbari har qanday sharoitda faoliyat bilan bog‘liq mas’uliyatni tо‘laqonli ravishda о‘z zimmasiga oladi. Korxonaning yuqori daromadli faoliyat yuritishidan birinchi о‘rinda manfaatdor hisoblangan rahbar ichki imkoniyatlarni tо‘g‘ri baholash, strategiyani aniq belgilash, kutilishi mumkin bо‘lgan xavfni puxta anglab yetish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bunda taraqqiyot yо‘nalishi korxona salohiyatini tо‘liq anglab yetish imkoniyatiga ega bо‘lmagan yuqori tashkilotlar tomonidan emas, balki bevosita mutasaddi rahbar tomonidan belgilanadi.
Resurslarning mutanosib ravishda taqsimlanishi, ishlab chiqarish vositalaridan eng samarali va tejamkor holda foydalanilishi xususiy mulkchilikka xos xususiyatlardandir.
Monetar siyosat. Globallashuvning zamonaviy bosqichida monetar siyosat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida muhim о‘rin egallaydi. Oqilona monetar siyosat makroiqtisodiy barqarorlikni, bank tizimiga ishonch oshishini, moliya bozorlarining kengayishi va mustahkamlanishini, qulay investitsiyaviy muhit vujudga kelishini va mamlakatga xorijiy investitsiyalarning keng qamrovli kirib kelishini ta’minlaydi. Shubhasiz, bu chora-tadbirlar majmuasi iqtisodiy qayta qurish jarayonlarini tezlashtirib, milliy xо‘jalik tizimining raqobat­bardoshlik darajasini oshiradi va pirovard natijada mamlakatning globallashuv jarayonlarida faol ishtirok etishi evaziga yutuqqa erishishini ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, globallashuv sharoitida barqaror pul bozorining shakllanishi muhim ahamiyatga ega bо‘lib, u Markaziy bankning maqbul hamda har tomonlama ishonchli va samarali pul-kredit siyosatini olib borishni ta’minlaydi1. Banklar tomonidan belgilangan foiz stavkalari va olib borilayotgan valyuta siyosati kо‘p tomonlama iqtisodiy rivojlanishni belgilab beradi. Masalan, foiz stavkasining haddan tashqari kо‘tarilib ketishi bank daromadlarining kamayishi va uning natijasida kredit operatsiyalari miqdorining qisqarishiga olib keladi. Valyuta kursini boshqarish natijasida monetar siyosatda qattiq shartlarning vujudga kelishi ichki aktivlar narxlarining bir xil holatini ta’minlasa, shu vaqtning о‘zida kelajakda valyuta kursining pasayishi milliy iqtisodiyot uchun xavfli hisoblangan tashqi qarzning oshishiga sabab bо‘ladi.
Moliyaviy sektorni isloh qilish. Rivojlangan va ma’lum muvozanatga ega moliyaviy tizim globallashuv sharoitida iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qayta qurilishi va milliy xо‘jalik raqobatbardoshlik darajasining oshishida iqtisodiy о‘sish imkoniyatlarini kengaytiradi, jamg‘arishning samarali tarzda investitsiyaga aylantirilishini ta’minlaydi.
Mamlakat moliyaviy tizimining erkinlashtirilishi natijasida belgilangan maqsadlarga erishish bir qator shartlarga bog‘liq bо‘lib, ular sirasiga makroiqtisodiy va institusional islohot о‘tkazish hamda umumiy barqarorlikni ta’minlash kiradi. Shu bilan birga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham islohot о‘tkazmay turib, moliyaviy tizimni erkinlashtirib bо‘lmaydi. Aks holda maqsadga muvofiq bо‘lmagan kapital harakati, foiz stavkalarining oshib ketishi hamda moliyaviy korporatsiyalarning qisqa vaqt ichida tushkun ahvolga tushib qolishiga olib keluvchi jarayonlar avj olishi mumkin.
Globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi kо‘p jihatdan moliyaviy siyosatga bog‘liq. Erkin moliyaviy siyosat bozor mexanizmlarini har qancha ishga solsa, global raqobat uning vazifasi nechog‘liq murakkab ekanligini kо‘rsatadi. Bunday vaziyatda tashqi va ichki о‘zgarishlarga mos valyuta siyosatini yuritish ma’qul sanaladi. Marshal-Lemer teoremasiga kо‘ra eksport-import va tashqi qarzga xizmat kо‘rsatishda valyuta kursining munosib ravishda optimal tanlanishi mamlakat milliy manfaatlariga mos keladi. Globallashuv sharoitida jahon xо‘jaligiga sezilarli ta’sir kо‘rsatishga qodir mamlakat va mintaqalardagi moliyaviy vaziyatni doimiy tarzda о‘rganib turish mamlakat moliyaviy tizimiga mas’ul rahbarlarning eng muhim vazifalaridan biridir. Moliyaviy tizimni erkinlashtirish jarayonlari tо‘lov qobiliyatiga ega bо‘lmagan banklar va korxonalarda tarkibiy о‘zgartirishlarni amalga oshirish, milliy iqtisodiyotda huquqiy va raqobatbardosh muhit yaratish hamda mazkur masalalar yechimini ta’minlovchi boshqaruv va nazorat tizimini joriy etish bilan birgalikda olib borilishi iqtisodiy islohotlarning kо‘zlangan maqsadlarga erishishini kafolatlaydi.



Yüklə 166,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə