Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari


III BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GLOBALLASHUV JARAYONI MILLIY IQTISODIYOTINIG MUAMMOLARI TAXLILI



Yüklə 166,65 Kb.
səhifə4/6
tarix22.03.2024
ölçüsü166,65 Kb.
#181421
1   2   3   4   5   6
JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV OMILLARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

III BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GLOBALLASHUV JARAYONI MILLIY IQTISODIYOTINIG MUAMMOLARI TAXLILI.
3.1 O’zbekiston Respublikasining globallashuv jarayoni milliy iqtisodiyotining muammolari

O'zbekistonning jadal rivojlanishi, keng qamrovli islohotlar istiqboli, xalqning farovon bo'lishi yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga chambarchas bog'liq. Shu ma'noda, O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. 2022-yil 28-yanvarda O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmorni imzoladi.Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi"da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo'nalishi doirasida qariyb 100 ta maqsadlarga erishish nazarda tutilmoqda. To'rtinchi ustuvor yo'nalish-adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishning 70-maqsadi: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish deb nomlanib, unda:


Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;
Yoshlarning hayoti va sog'lig'ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o'rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog'lom turmush tarzini mustahkamlash;
Yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish;
Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash, ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta'lim olishini ta'minlash, hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;
Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash;
Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo'ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya qilish;
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
Iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda
rag'batlantirish;
June, 2022
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
YosЫaгda sog'lom tuгmush tamga intilishni shakllantiгish, shuningdek, yoshlarning bo'sh vaqtlaгini mazmunli tashkil etish va yosh^ sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Yosh oilalami ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharaitlami yaгatish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;
Yoshlarning huquqlari va eгkinliklaгini гo'yobga chiqarish sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish kabi vazifalar qo'yilgan [1; 2].
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mavzuning dolzarbligini quyidagicha asoslash mumkin:
Birinchidan, globallashuv sharoitida mafkuraviy tajovuzlardan himoya qilishda, Ma^aziy Osiyo xalqlaгi ma'naviy va ijtimoiy hayotini ana shu xatarii tahdidlardan himoyalanishi, har bir davlat va har bir halqning turli tahdidlarga bardosh bera olish xususiyatlarini namoyon bo'lishi bugungi kunning dolzaTb xususiyatlaridan biridir;
Ikkinchidan, xalqlaг hayotiga salbiy ta'siг ko'гsatib kelayotgan nomaqbul ko'rinishlami va odatlami anglash, ulami bartaraf etish yoki ulaг keltiгadigan noxush holatlarning oldini olish bugunning zarurati hisoblanadi, chunki ular millat va jamiyatni ichdan kemiruvchi illatlardir;
Uchinchidan, globallashuv jarayonining mintaqaviy muamшolaгga ta'siri, uning o'zgaгtiгuvchilik kuchi hoziгgi dunyoning dolzaTb muammosiga aylandi. Bu jarayon turli mamlakatlar, xalqlar hayotida ularning bir-biгiga bog'liqligini, o'zaгo ta'sirini oshiгadi, milliy-ma'naviy va g'oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi;
To'rtichidan, bugun nafaqat ma'naviy-mafkuraviy hayotimizdagi, balki kishilik jamiyatining baгcha sohalaгidagi o'zgaгish va yangilanishlaг tomushimizga goh ijobiy, goh salbiy ta'sn ko'гsatmoqda.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqani holda, globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan Ыг paytda yoshlarning ma'naviy xavfsizligini ta'minlash masalalaгi alohida tadqiqot ob'ekti sifatida o'гganish dolzaгb ahamiyatga ega.
METODLAR
Bugun biz tez o'zgaruvchan, o'ta shiddatkor va murakkab bir zamonda yashayapmiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar v jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta'riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni
June, 2022
l2l
yuksak texnologiyalar asri desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda.
"Globallashuv" iborasi 1983 yilda amerikalik siyosatshunos olim T.Levitta tomonidan "Garvard biznes revyu" jurnalida e'lon qilgan maqolasida qo'llanilgan edi. Unda aytilishicha, "globallashuv - transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli - tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayoni".
Globallashuvga BMTning "Inson taraqqiyoti to'g'risidagi ma'ruza" hisobotida quyidagicha ta'rif berilgan: "Globallashuv - jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchi va fikr-kashfiyotlar oqimining kengayishi, shuningdek, mamlakatlarning jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tufayli davom etayotgan integratsiyasi", deb qayd etilgan.
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir va bog'liqlikning kuchayishidir.
Globallashuvga berilgan ta'riflar juda ko'p. Lekin, uning xususiyatlarini to'laroq qamrab olgani, bizningcha, frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta'rif. Unda globallashuv jarayonining uch o'lchovli ekaniga urg'u beriladi:
-globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;
-globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
-globallashuv-milliy chegaralarning "yuvilib ketish" jarayoni .
B.Bandi ta'rifida keltirilgan globallashuv o'lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e'tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko'rishimiz mumkin.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma'naviyatiga o'tkazishi mumkin bo'lgan ijobiy va salbiy ta'siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so'zlarida yaxshi ifodalangan: "Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o'tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib uyimni ag'dar-to'ntar qilib tashlashi, o'zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman".
Globallashuv tushunchasi haqida mamlakatimiz olim va siyosatchilari ham o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirmoqdalar. Shu ma'noda, faylasuf va siyosatshunos olim S.Otamurodovning fikricha, "Globallashuv davlatlar va xalqlar hayotining barcha sohalarida yalpi umumlashuv jarayonni
anglatmoqda"
June, 2022
Professor E.Gulmetov ushbu tushunchani quyidagicha ta'riflaydi: "Globallashuv - ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma'naviy rivojlanishning XX asrga xos hodisasi-jamiyatni barcha jabhalarida "umumiy belgilar", "universallashuvning" kuchayishi va tig'izlanishidir. Globallashuv jarayoni
- iqtisodiy- texnik taraqqiyot, boshqaruv tizimi, siyosiy-huquqiy qadriyatlar, turmush tarzining barcha jabhalarini qamrab olayotgan texnologik jarayongina emas, turli kuch, guruhlar manfaati nazaridan, xilma xil vositalar yordamida ma'naviy-axloqiy ta'sir, g'oyaviy ustuvorlikka erishishga intilish hamdir. Faylasuf olimlarimizdan yana biri Abdurahim Erkayev globallashuv va uning yuzaga kelishi haqida quyidagi fikrni ilgari suradi: "Globallashuv - jahon taraqqiyotining asosiy tendentsiyalaridan biridir. Savdo va ishlab chiqarish, iqtisodiy, moliyaviy aloqalarning dunyo miqyosida g'oyat kuchayishi, tezlashishi globallashuvning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Globallashuv - iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarning haddan tashqari intensivlashuvi, eng yangi axborot texnologiyalari va umuman axborotning jahon miqyosida shiddat bilan tarqalishi, xalqaro standartlashuv va maishiy turmushda, iste'molda, shu jumladan, nomoddiy iste'molda umumiy qolip hamda andozalarning paydo bo'lishidir"
"Hozirgi paytda uning g'oyat o'tkir va keng qamrovli ta'sirini deyarli barcha sohalarda ko'rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital tovarlar zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli madaniyat, qadriyatlarning umuminsoniy negizida uyg'unlashuvi sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi va bular borasidagi imkoniyatlarning ortishi - tabiiyki, bularning barchasi globallashuvning natijasidir"
Globallashuv dunyo hamjamiyati hayotini, jahon siyosati va halqaro munosabatlarni belgilab beruvchi yetakchi omilga aylanmoqda va alohida olingan davlat va hududlar ichki siyosatidan tarkib topgan umumdunyoviy sharoit bilan muvofiqlashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Xullas, globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki uning makon va zamonda sodir bo'lish xususiyatlari turlicha bo'lib dunyoning o'zgarishiga o'tkazayotgan ta'sirida ham yangi
- yangi imkoniyatlari namoyon bo'lmoqda. "Globallashuv" tushunchasiga mualliflar tomonidan yuqorida ilgari surilayotgan turli fikrlarga qo'shilish mumkin. Chunki har bir muallif uning turli sohalariga o'tkazayotgan ta'sirini turlicha tafakkur qiladi va uni turlicha talqin etadi. Shu ma'noda mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikrlar qanchalik turli-tuman bo'lsa, uning turli xususiyatlari va insoniyat, millat, mamlakat, jahon miqyosida o'tkazayotgan ta'sirini o'rganishning imkoniyatlari shunchalik kengayib boradi.
Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, globallashuv jarayoni mutlaqo yangicha ma'no-mazmundagi xo'jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.

Yüklə 166,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə