Jahon moliya bozori xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi



Yüklə 12,92 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü12,92 Kb.
#163040
1   2
Jahon moliya markazlari

Jahon qimmatli qog'ozlar bozori kapitali 2018 yilda 85 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. AQShning undagi ulushi 38 foizni yoki jami kapitalning 32 trillion dollarini tashkil etgan. Bu o'zidan keyingi eng yirik bozordan qariyb 3,5 barobar katta demakdir (Yevropa ittifoqiga nisbatan (Buyuk Britaniyani hisobga olmaganda)). Shuningdek, jahon fond bozorining asosiy ishtirokchilari qatoriga Yevropa Ittifoqi (11%), Xitoy (10%), Yaponiya (7%), Buyuk Britaniya (5%), Gong Kong (5%), Kanada (3%), Avstraliya (2%) va Singapur (1%) ni kiritishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar dunyo fond bozorining asosiy o'yinchilari hisoblanadi So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, dunyoda 195 dona mamlakat mavjud. Ularning 80ga yaqini rivojlangan mamlakatlar sifatida e'tirof etilishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki qolgan 115 mamlakat rivojlanayotgan yoki turg'un (rivojlanishdan to'xtagan) mamlakatlar hisoblanadi. Aynan shu mamlakatlar, shu jumladan O'zbekiston dunyo fond bozorining atiga 17 foiziga egalik qiladi. Solishtirish uchun yuqoridagi holatni e'tiboringizga taqdim etmoqchimiz (misol tariqasida). Agar dunyo fond bozori faqatgina AQShning 38 foizlik ulushi va rivojlanayotgan mamlakatlarning 17 foizlik ulushidan iborat bo'lganda edi, ular o'rtasidagi fond bozori kapitalizatsiyasi yuqoridagi kabi taqsimlangan bo'lar edi. Ya'ni AQSh bozorning 69 foiziga (bozorning uchdan ikki qismi) rivojlanayotgan mamlakatlar 31 foizga egalik qilgan bo'lar edi

  • Jahon qimmatli qog'ozlar bozori kapitali 2018 yilda 85 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. AQShning undagi ulushi 38 foizni yoki jami kapitalning 32 trillion dollarini tashkil etgan. Bu o'zidan keyingi eng yirik bozordan qariyb 3,5 barobar katta demakdir (Yevropa ittifoqiga nisbatan (Buyuk Britaniyani hisobga olmaganda)). Shuningdek, jahon fond bozorining asosiy ishtirokchilari qatoriga Yevropa Ittifoqi (11%), Xitoy (10%), Yaponiya (7%), Buyuk Britaniya (5%), Gong Kong (5%), Kanada (3%), Avstraliya (2%) va Singapur (1%) ni kiritishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar dunyo fond bozorining asosiy o'yinchilari hisoblanadi So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, dunyoda 195 dona mamlakat mavjud. Ularning 80ga yaqini rivojlangan mamlakatlar sifatida e'tirof etilishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki qolgan 115 mamlakat rivojlanayotgan yoki turg'un (rivojlanishdan to'xtagan) mamlakatlar hisoblanadi. Aynan shu mamlakatlar, shu jumladan O'zbekiston dunyo fond bozorining atiga 17 foiziga egalik qiladi. Solishtirish uchun yuqoridagi holatni e'tiboringizga taqdim etmoqchimiz (misol tariqasida). Agar dunyo fond bozori faqatgina AQShning 38 foizlik ulushi va rivojlanayotgan mamlakatlarning 17 foizlik ulushidan iborat bo'lganda edi, ular o'rtasidagi fond bozori kapitalizatsiyasi yuqoridagi kabi taqsimlangan bo'lar edi. Ya'ni AQSh bozorning 69 foiziga (bozorning uchdan ikki qismi) rivojlanayotgan mamlakatlar 31 foizga egalik qilgan bo'lar edi

Jahon fond bozori va doimiy daromad bozori bo'yicha aksariyat dunyo mamlakatlarining ulushi teng. Biroq bu ko'rsatkichlar Yevropa Ittifoqi hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keskin farq qiladi (4-rasm). Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida global va mintaqaviy moliyaviy markazlar puxta o'ylab ishlab chiqilgan, iqtisodiy-moliyaviy, huquqiy- me'yoriy mexanizmlar majmui asosida turli mahalliy va xorijiy moliya institutlarining ma'lum bir joyda moddiy-iqtisodiy manfaat yuzasidan to'planishini ta'minlaydi. Natijada mamlakat moliya bozoridagi aktivlar va ko'rsatiluvchi xizmatlar turini ko'paytiradi, innovatsion mahsulotlar bilan takomillashgan, iqtisodiy mustahkam, murakkab infratuzilmani yuzaga keltiradi. Moliyaviy institutlarning bir joyga to'planishi yoki akkumulyasiyasi hisobiga shakllangan moliya bozoridagi kuchli raqobat ular ko'rsatadigan xizmatlarning iste'molchilar talabi asosida son va sifat jihatdan oshishiga olib keladi. Jahon iqtisodiyotida moliya sektorining rivojlanish xususiyatlarini o'z ilmiy ishlarida tadqiq etgan bir qator iqtisodchi olimlar global, xalqaro, mintaqaviy va mahalliy moliyaviy markazlarning o'ziga xos jihatlarini yoritishga harakat qilganlar. L.N. Krasavinaning fikricha, jahon moliyaviy markazlari bu xalqaro moliyaviy oqimlar va yirik hajmdagi operatsiyalarning nisbatan foydali bo'lgan sohalar bo'yicha taqsimoti natijasida ma'lum bir joyda to'planishi, yoki marzkazlashuvini anglatadi. Tarixan, ular milliy bozorlar negizida, keyinchalik jahonning valyuta, kredit, fond va oltin bozorlari asosida paydo bo'lgan. Shuning uchun, jahon moliyaviy markazlari tarkibida moliya bozorining barcha sektorlari joylashgan[7]. A.V. Novikov va I.Y. Novikova moliyaviy markazlar tushunchasini aniqlashda uch xil yondashuvga asoslangan[8]. Birinchidan, funksional jihatdan moliyaviy markazlar moliyaviy va maslahat xizmatlarining majmuidir. Ikkinchidan, institutsional nuqtai nazardan ular moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi moliyaviy institutlar tizimi hisoblanadi.
kamida quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak[9]. Birinchidan, markaz joylashgan mamlakat iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashgan bo'lishi, unda barqaror valyuta asosida doimiy iqtisodiy o'sish ta'minlanishi va samarali moliyaviy siyosat yuritilishi lozim. Ikkinchidan, markazda moliyaviy operatsiyalar va investitsiyalarga to'sqinlik qilmaydigan, mablag'larni samarali taqsimlash imkonini beruvchi liberal soliq va huquq tizimi amal qilishi kerak. Uchinchidan, moliyaviy markazda bank, birja va sug'urta tizimini o'z ichiga olgan, samarali nazorat yuritiladigan, rivojlangan moliyaviy infratuzilma mavjud bo'lishi zarur. Tahlillarimiz asosida yirik xalqaro moliyaviy markazlar yer yuzidagi asosiy vaqt zonalari doirasida joylashganligi, xususan Nyu-York, London, Syurix, Gonkong, Sigapur, Tokio, Shanhay, Seul jahondagi eng katta moliyaviy markazlar hisoblanishi, shuningdek, moliyaviy markazlar o'rtasidagi kurash turli vaqt zonalarida joylashgan markazlarga nisbatan o'z vaqt zonasida joylashgan markazlar o'rtasida kuchli bo'lishi aniqlandi (5- rasm). 2018 yilda jahon bo'yicha e'lon qilingan GFCI ko'rsatkichi deyarli o'zgarishsiz tendensiyasiga ega bo'lgan bo'lsa-da, umuman 30 ta yirik moliyaviy markazlardan atigi 10 tasi o'z reytingini oshirishga erishgan. Tadqiqotlarimizga ko'ra, 2007 yildan boshlab e'lon qilinib kelayotgan GFCI ko'rsatkichlarida Gonkong va Singapur moliyaviy xizmatlar ko'rsatishning barcha turlari bo'yicha Nyu York va Londondan keyingi yirik global moliyaviy markazlar sifatida dunyoda tan olib kelinmoqda. Shuningdek, Gonkong va Singapur moliyaviy markazlarida moliya bozorining taraqqiyoti va sohaning raqobatbardoshligi qariyb bir xil ekanini tahlillar natijasida aniqlash mumkin. Bu esa, o'zida tez sur'atlarda moliyaviy markazni shakllantirgan shaharlar sifatida ularning xalqaro aloqalarini tashkil etish, mintaqaviy va moliyaviy barqarorligini ta'minlash mexanizmini mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti yo'lida foydalanish uchun o'rganish zaruratini ko'rsatadi.
Yüklə 12,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə