Jahon tarixi


-modul. Yangi davrda Osiyo va Afrika mamlakatlarining rivojlanishining O‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə10/128
tarix14.06.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#117245
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128
39965 Жахон тарихи УМК Сиртки 2- курс

10-modul. Yangi davrda Osiyo va Afrika mamlakatlarining rivojlanishining O‘ziga xos xususiyatlari
Yevropa davlatlarining Osiyo va Afrikada dastlabki mustamlakalar bosib olish harakatlari. Yangi davr boshlarida Osiyo va Afrikaning siyosiy xaritasi. Sharq mamlakatlarini mustamlaka asoratiga solina borishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
58-mavzu. XVII asrdan – 1918 yillargacha Xitoy
Yangi davr boshida Xitoyning umumiy tavsifi. Sin imperiyasining vujudga kelishi. Sin sulolasi davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzumi. Tashqi siyosat. Feodal munosabatlar inqirozi. Xitoy xalqining Sin sulolasi va feodal zulmga qarshi kurashi.Xitoyga chet davlatlarining kirib kelishi. I-Afyun urushi.Angliyaning Xitoyni va Xitoy bozorini “ochish”ga intilishi. Afyun savdosi. Ingliz-Xitoy qarama-qarshiligi va I-ingliz-xitoy (Afyun) urushi. Nankin shartnomasi. Xitoyni zO‘rlab “ochilishi”ning oqibatlari. Taypin Tyangoning e'lon qilinishi. Taypinlar davlatining siyosati. Angliya va Fransiyaning Xitoyga qarshi ikkinchi urushi. Tyantszin shartnomalari. Taypinlarga qarshi ingliz-fransuz-amerika intervensiyasi. Taypinlarni interventlarga qarshi kurashi. Taypinlar urushini mag‘lubiyatining sabablari.

59-mavzu. Hindistonni bosib olishning tugallanishi


XIX asrning I yarmida Hindiston xalqlari mustamlakachilik zulmi ostida. Maratx knyazliklarining bosib olinishi. Radjastxan, Assamni bO‘ysindirilishi. XIX asr I yarmida Panjob. Ingliz-Panjob urushlari. Hindistonda ingliz mustamlakasi ma'muriyati. Ingliz mustamlakachilarining agrar siyosati. Ingliz tovarlari keltirishning kuchayishi. Hind hunarmandchiligining tushkunlikka uchrashi. Mustamakachilarning ta'lim va madaniyat sohasidagi siyosati, Hindiston xalqlarining bosqinchilarga qarshi kurashi.
60-mavzu. XVII asrning II yarmi va XIX asrning 70-yillarida Yaponiyaning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli
Yaponiyaning Yevropa bilan ilk aloqalari. Tokugava Syogunligining vujudga kelishi. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayot. Tokugavalarning tashqi siyosati. Mamlakatning tashqi dunyodan ajratib qO‘yilishi. Tokugavalar davrida madaniyat. Feodal munosabatlari. Krizisning keskinlashishi.

61-mavzu. XVII asrning II yarmi va XIX asrning I yarmida Eronda bobiylar qO‘zg‘oloni


Eronda yer munosabatlari, shaharlar, hunarmandchilik, savdo, siyosiy tuzum. Eron va Yevropa mamlakatlari. Eronda ingliz-fransuz raqobati. 1804-1813 yillarda rus-eron urushi. Eronda ingliz-rus raqobatchiligi. Ingliz sarmoyasini Eronga kirib kelishining oqibatlari. Feodal munosabatlar inqirozining keskinlashuvi, Bobiylar qO‘zg‘oloni, harakteri, mag‘lubiyat sabablari. Amir Nizomiy islohatlari. 1856-1857 yillardagi Ingliz-Eron urushi.

62-mavzu. Usmoniylar imperiyasining tanazzulga uchrashi


Agrar munosabatlar. Len tizimini buzilishi. Dehqonlar ahvoli. Usmon imperiyasidagi shaharlar. Hunarmandchilik va savdo. Siyosiy tuzum. Sinfiy kurashning keskinlashishi. Feodal separatizmning O‘sishi. Madaniyatning tushkunlikka uchrashi. Rus-turk urushlari. Yevropa mustamlakachilarining Usmon imperiyasiga kirib kelishi. Sharq masalasini pado bO‘lishi. Salim III islohotlari. Rus-turk urushi. Mustafo-Poshsha Bayroqdor. Rossiya bilan urushning davom etishi. Buxarest sulhi.

63-mavzu. Afg‘oniston XYII-XIX asrlarda

Afg‘onistonda Durroniylar davlatining tashkil topishi. I-II afg‘on urushlari. Gandamak shartnomasi, ingliz mustamlakachilakriga qarshi xalq qO‘zg‘olonlari. Ingliz-af'g‘on urushining tugashi. Afg‘oniston chegaralarining belgilanishi. XIX asr oxirida Afg‘oniston.

64-mavzu. Monopolistik kapitalizmgacha bO‘lgan davrda Osiyo va Afrika xalqlari mustamlaka zulmi ostida


Jahon kapitalistik bozorini vujudga kelishi. Monopolistik kapitalizmgacha bO‘lgan mustamlakachilik tizimi. Sharq mamlaktlari – tovarlar sotiladigan bozorlar va mustamlakachi mamlakatlarning xom-ashyo manbai. XIX asr O‘rtalaridagi xalq qO‘zg‘olonlari. Kurashning O‘rta asrlarga xos shakli. O‘tkazilgan muvaffaqiyatsiz islohatlar. Monopolistik kapitalizmgacha davrda sharq xalqlarining tarixiy roli.

65-mavzu. Fransiya – Prussiya urushi


Fransiya – Prussiya urushining sabablari. Urush harakatlarining borishi. Parijning qamal qilinishi. Fransuz xalqining qarshilik harakati. Frankfurt sulhi.

66-mavzu. 1871-1914 yillarda Fransiya


XIX asrning sO‘nggi O‘ttiz yilida Fransiya. XIX asrning sO‘nggi 30 yilida Fransiyaning iqtisodiy O‘sishi va 1875 yilgi Konstitusiya. XIX asrning 70-80 yillarida respublikachilar va podshoparastlar O‘rtasida kurash. Uchinchi respublikaning siyosiy tanazzuli. XIX asrning 90-yillarida Fransiya. Dreyfus ishi. Panama masalasida siyosiy nayrang. Fransiya va Rossiyaning mustamlaka bosqinchiligi. Fransiya-Rossiya ittifoqi. Birinchi jahon urushi arafasida Fransiya.

67-mavzu. 1871-1914 yillarda Germaniya


Fransiya – Prussiya urushi va Germaniyaning birlashtirilishining tugallanishi. 1871 yil imperiya Konstitutsiyasi. 1871-1899 yillarda Germaniya iqtisodining O‘sishining sabablari. Qishloq xO‘jaligining O‘sishi. XIX asrning 70-yillarida Bismark hukumatining ichki siyosati. Bismarkning kanserligi yillarida Germaniyaning tashqi siyosati.

68-mavzu. 1867-1914 yillarda Avstriya – Vengriya va


Italiya davlatlari
Avstro-Vengriya dualistik monarxiyaning vujudga kelishi. XIX asrning oxirida Avstro-Vengriya iqtisodiyotining O‘sishi. Taf hukumatining siyosati. XIX asrning 70-90-yillarida Avstriya va Vengriyaning ishchilar harakati.

69-mavzu. 1870-1914 yilarda Angliya

XX asr boshlarida Angliya iqtisodiyotining O‘sishi. Angliya imperializmining mustamlaka siyosati. Angliyaning jahon bozoridagi mavqeini pasayishi. Bolfur va Solberi kabinetlarining reaktsion ichki siyosati. Ingliz – Bur urushi. Atlantaning vujudga kelishi. 1904 yil Angliya – Fransiya bitimi. 1907 yilgi Angliya – Rossiya bitimi. Angliyada 1911 yil parlament islohati. Irlandiyada milliy ozodlik harakatining kuchayishi. Angliyaning birinchi jahon urushi arafasida siyosiy tanazzuli.

70-mavzu. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya-Qrim urushidan sO‘ng Rossiyaning xalqaro ahvoli


Rossiyaning uzoq sharqdagi siyosati. “Uch imperator ittifoqi” 1875-1876 yillarda Sharq tanazzuli. 1877-1978 yillardagi Rossiya – Turkiya urushi. San – Stefano kelishuvi. Berlin kongressi. Uchlar ittifoqi. Fransiya – Rossiya ittifoqi. XIX asrning ikkinchi yarmida madaniyat.

71-mavzu. 1870-1914 yillarda AQSh. XX asr boshlarida AQSh iqtisodining O‘sishi


Amerika imperializmining ichki reaksion siyosati. Irqiy kamsitish. XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSh bosqinchilik va tajovuskorlik siyosatining kuchayishi. Kuba – Ispaniya istibdodi ostida AQSh ning Ispaniya bilan urushi. AQSh ning Lotin Amerika mamlakatlariga tajovuzi. Panamaning bosib olinishi. Panama – Amerika ittifoqi. “Katta tayoq” va “Dollar diplomatiyasi” siyosati. 1900 yil Xitoyda xalq qO‘zg‘olonini bostirishda AQSh ning ishtiroki. 1912 yilgi Prezident saylovlari. Prezident Vilson hukumatining jahon urushi arafasidagi ichki siyosati.

72-mavzu. 1870-1914 yillarda Ispaniya va Portugaliya


Ispaniyada Burbonlar sulolasining qayta tiklanishi. XIX asr boshlarida Ispaniyadagi siyosiy va iqtisodiy ahvol. Qonli haftalik, siyosiy kurashlar va Marokko muammosi. XIX asr oxirida Portugaliyadagi iqtisodiy rivojlanish. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Portugaliyaning ichki va tashai siyosati. Portugaliyadagi 1910 yilgi revolyutsiya va uning oqibatlari.

73-mavzu. 1870-1914 yillarda Lotin Amerikasi davlatlari


Lotin Amerikasi mamlakatlarida taraqqiyotning umumiy xususiyatlari: sanoat, qishloq xO‘jaligi. Yevropa va AQSh ga tobelik. Tub aholi hindularning talanishi. Qulchilik. Yevropa va AQSh O‘rtasida Lotin Amerikasi uchun raqobat. G‘arbiy tO‘qnashuvlar. “Katta tayoq” siyosati. Sanoatda sarmoyadorlikning O‘sishi. Argentina, Braziliya, Peru, Boliviya, Chili, Markaziy Chili mamlakatlari, Kuba, Lotin Amerikasi mamlakatlarida AQSh bosqinchi siyosati. Meksika inqilobi.

74-mavzu. Birinchi jahon urushi


Iyul inqirozi. Birinchi jahon urushining sabablari va urush ishtirokchilarining maqsadlari. 1915-1916 yillardagi diplomatik kurashlar va janglar. AQSh ning urushga kirishi va Rossiyadagi inqilob sharq mamlakatlariga birinchi jahon urushining ta'siri. 1917 yildagi urush harakatlari. TO‘rtlar ittifoqining mag‘lubiyati.

75-mavzu. XIX asr oxiri XX asr boshlarida xalqaro munosabatlar


XIX asrda xalqaro munosabatlarda muvozanatning yO‘qola boshlashi. Usmoniylar imperiyasining parchalana boshlanishi. XX asr boshida dunyoning siyosiy xaritasi. Imperialistik davlatlar O‘rtasida ziddiyatning avj ola borishi. Uchlar ittifoqi. Fransiya – Rus ittifoqining tuzishi. Angliya – Germaniya raqobati. Antanta. Birinchi imperialistik urushlar. Bolqon urushlari. Bolgariya davlatining tashkil topishi. Ruminiya, Serbiya, Chernogoriyaning mustaqillikka erishishi. Birinchi jahon urushi. Urush harakatlarining borishi. 1915-1916 yillarda frontlardagi ahvol. Mudofaa urushlari. Ruminiya va Italiyaning urushga kirishi.
76-mavzu. Yangi tarixning ikkinchi davrida Yevropa va Amerika mamlakatlarining madaniyati, fan va texnika yutuqlari
Yangi shaharlarning O‘sishi. Aholining ijtimoiy tarkibidagi O‘zgarishlar. Moddiy madaniyat. XIX asrda fanning rivojlanishi (matematika, ximiya, biologiya, fizika, meditsina va boshqalar).
Badiiy madaniyat. Badiiy adabiyotdagi oqimlar. Tanqidiy realizm va romantizm. Naturalizm. Tasviriy san'at. Rang – tasvirdagi reallik. Impressionizm. Arxitektura, liberalizm va konservatizm.

77-mavzu. Xitoyning yarim mustamlakaga aylantirilishi


Sin xuhumatining chet el mustamlakachilariga qaramligining kuchayishi. Fransiya – Xitoy urushi. Xitoyning kapitalistik rivojlanishi. Yapon-Xitoy urushi. Imperialistlar tomonidan ijara hududlarining bosib olinishi. Xitoy imperialisik davlatlarining yarim mustamlakasi.
Xitoyda islohatchilik harakati. Ixentuanlar qO‘zg‘oloni. Xitoy millatining shakllanishi. Islohatchilik harakatining borishi. Islohatlar 100 kunligi. Sunn Yat Senning inqilobiy faoliyatining boshlanishi. “Xitoyni qayta tiklash” jamiyati. Ixetuanlar harakati. Chet el mustamlakachilarining aralashuvi. Sakkizta yirik davlatlarning O‘ziga xos xususiyatlari.
XX asr boshida 1911 yil inqilobi. Xitoyning XX asr boshidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli. Inqilobiy vaziyatning vujudga kelishi. “Birlashgan ittifoq” ning inqilobiy faoliyati. Sun Yat Senning uch xalqchil prinsipi. Xitoy inqilob arafasida. Uchan qO‘zg‘oloni. Inqilobning boshlanishi. Sin sulolasining inqilobni bostirishga bO‘lgan urinishlari. Respublikaning e'lon qilinishi. Sun Yat Senning vaqtinchalik prezident etib saylanishi. Hokimiyatni Yuan Shikayga O‘tishi. Komprador va militaristlar diktaturasining O‘rnatilishi. Gomindan partiyasining tuzilishi. 1911-1913 yillar inqilobining natijalari. Xitoy birinchi jahon urushi yillarida.

78-mavzu. Hindistonda ingliz mustamlakachilik zulmining kuchayishi va Hindiston xalqlarining ozodlik kurashi


Hindistonning XIX asrning sO‘nggi 30 yilida mustamlaka ekspluatasiyasi. Qishloq xO‘jaligidagi ahvol. 70-90- yillardagi dehqonlarning inqilobiy harakati. Kapitalizmning rivojlanishi. Hind milliy burjuaziyasining shakllanishi. Ingliz mustamlaka rejimi ziddiyatlarining keskinlashishi. Inqilobiy kO‘tarilishining boshlanishi. Svadeshi va Svaradj. Milliy kongresning roli. 1906-1907 yillardagi inqilobiy harakatlarning kuchayishi. Mustamlakachilarning milliy ozodlik harakatiga qarshi kurashi. Milliy kongressda bO‘linish. Tilak ustidan sud jarayoni va Bombeyda umumiy siyosiy stachka. Hindiston birinchi jahon urushi yillarida.

79-mavzu. Yaponiyaning mustamlakachi davlatga aylanishi


XIX asrning sO‘nggi 30 yilida Yaponiyaning kapitalistik taraqqiyoti. 1868 yilgi restavrasiyadan keyin Yaponiyaning siyosiy ahvoli. Sanoat qurilishi. “Ozodlik va xalq xuquqlari uchun harakat” 1889 yildagi Konstitusiya. Yaponiyaning agressiv tashqi siyosati. Yaponiya – Xitoy urushi. Yapon kapitalizmining imperializmga O‘tishi. Yapon imperializmining xususiyatlari. Yaponiyaning tashqi siyosati. Rus – yapon urushi. Ishchi va demokratik harakat. Urushga qarshi kurash. Iqtisodiy rivojlanish. Urushdan keyingi Yaponiyaning tashqi siyosati. Birinchi jahon urushi arafasida Yaponiyada demokratik harakatlar. Maorif va madaniyat. Yaponiya birinchi jahon urushi yillarida.

80-mavzu. Turkiya, Eron, Afg‘onistonning yarim mustamlakaga aylantirilishi


XIX asrning 70-yillarida Usmon imperiyasi. 1875-1876 yillardagi Bolqon inqirozi. Istambulda xalq chiqishlari. “Yangi Usmoniylar” ning Saroy tO‘ntarilishi. Mitxat konstitutsiyasi. “Yangi Usmoniylar” ning mag‘lubiyati. Rus – Turk urushi. Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy asoratga solinishi. Abdulxamid II ning dispotik rejimi. Turkiya yarim mustamlaka. Yosh turklar harakatining tuzilishi. Afg‘oniston II – Ingliz–Afg‘on urushiga qadar bO‘lgan davrda. II – Ingliz–Afg‘on urushi. Ingliz mustamlakachilariga qarshi xalq qO‘zg‘oloni. Ingliz–Afg‘on urushining tugashi. Afg‘oniston chegaralarining belgilanishi. Chegaradagi qabilalar hududlarning inglizlar tomonidan bosib olinishi. Afg‘oniston XIX asr oxirida.

81-mavzu. Turkiya 1900-1918 yillarda


Turkiya burjua inqilobining ob'ektiv shart–sharoitlari va O‘ziga xos xususiyatlari. 1908 yil inqilobi. Yosh turklar inqilobining natijalari va tarixiy ahamiyati. Birinchi jahon urushi davrida Turkiya. Turkiyaning german bloki tomonidan turib urushda qatnashishi.

82-mavzu. Eron 1900-1918 yillarda


1905-1911 yildagi Eron inqilobining shart-sharoitlari. Inqilobning boshlanishi. Majlis chaqirilishi. Eron konstitusiyasi. 1907 yilgi Ingliz – Eron ahdlashuvi. 1908 yilgi aksilinqilobiy tO‘ntarish. Tabriz qO‘zg‘oloni. Muxammad Ali shoxning ag‘darilishi. Liberallar hokimiyat tepasida. Morgen Shustr missiyasi. Sobiq shox Muxammad Ali isyoni. Interventsiyaning kuchayishi. Inqilobning mag‘lubiyatga uchrashining sabablari. Eron birinchi jahon urushi yillarda.

83-mavzu. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Indoneziya va Xindixitoy


Indoneziyaning bosib olishning tugallanishi. Indoneziyada mustamlakachilik ekspuluatatsiyasi usullarining O‘zgarishi. Yavada milliy ozodlik harakatining tug‘ilishi. Xindixitoy yarimoroli davlatlari, Fransiya tomonidan Vetnamning bO‘ysindirilishi. Uchinchi ingliz – Birma urushi va butun Birmaning ingliz mustamlakasiga aylanishi. Ingliz – Fransuz raqobatchiligining keskinlashuvi va Siamni ta'sir doiralariga bO‘lib olinishi.

84-mavzu. Arab mamlakatlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida


Arabiston, Iroq, Livan, Falastinda 1879-1882 yilgi milliy ozodlik harakati va Angliya tomonidan Варварning okkupatsiya qilinishi. Maxdiylar qO‘zg‘oloni. Sudanning Angliya tomonidan bosib olinishi. Tunis va Marokashning Fransiya tomonidan bosib olinishi. Liviyaga italyan mustamlakachilik agressiyasi.

85-mavzu. Afrikaning imperialistik davlatlar tomonidan bO‘lib olishning tugallanishi


Janubiy Afrikaning mustamlakalarga bO‘lib olishning tugallanishi. G‘arbiy Afrikaning imperialistik bO‘lib olinishi. Efiopiyaga qarshi italyan agressiyasi. Somalini imperialistik bO‘lib olish. Sharqiy Afrikaning bO‘lib olinishi. XX asr boshlarida Afrika xalqlari mustamlaka zulmi ostida. Tropik va janubiy Afrika xalqlarining milliy ozodlik harakati.



Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə