3-modul. Qadimgi Yunoniston tarixi
10-mavzu. Krit- Mikena davri
Yunonistonning joylashish O‘rni, aholisi, uni O‘rganish tarixida G.Shliman, A.Evanslarning O‘rni. Krit- Mikena davriga e’tibor beriladi. Doriy qabilalari, Gomer davri, shahar davlatlar, buyuk Yunon mustamlakachiligi O‘rganiladi.
11-mavzu. Eramizdan avvalgi IX asr oxiri - VI asrlarda Attika
Attikaning aholisi, xojaligi, sinfiy jamiyatning vujudga kelishi. Afina aslzodalari ustida tO‘xtalish kerak. Drakon qonunlari, Solon islohati va Afina qulchilik demokratiyasi masalasi muhumdir.
12-mavzu. Yunon-Eron urushi
Yunon-Eron urushi va Kalliy sulhi yakunari. Yunonistonning yuksalishi, Perikl faoliyati, Pelopones urushi va uning oqibatlari. Yunoniston davlatlari orasidagi raqobat va siyosiy tarqoqlik kabilar ustiga tO‘xtash kerak.
13-mavzu. Afina quldorlik demokratiyasining ravnoqi
Afina quldorlik davlatining tashkil topishi. Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Attikaning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi. Drakon qonunlari, Solon islohatining sinfiy mohiyati. VI asrda Afina quldorlik davlatining harakteriga e’tibor beriladi.
14-mavzu. Sparta davlati
Eramizdan avvalgi VIII-IX asrlarda qadimgi Peloponnes. Qadimgi Sparta, Korinf, Argos davlatlarining paydo bolishi, ularning tuzumi, ilotlar perieklar masalasi. Shuningdek, Sparta bolalar tarbiyasi, harbiy ittifoqlar O‘rganilishi kerak.
15-mavzu. Peloponnes urushi
Peloponnes urushi. Bu urushni kelib chiqishi, Peloponnes urushining birinchi davri, Nikiy sulhi, Sitsiliya ekspedisiyasining mag‘lubiyati, Dekeleya urushi, Spartaliklar g‘alabasi masalalari yoritilishi kerak.
Ellinistik davlatlar va ularning madaniyati. Ellinistik davlatlar-Ptolomeylar, Salavkiyalar, Yunon-Baqtriya, Pergam podsholiklari tavsifi. Makedoniya va Yunonistondagi ahvol, Rim Parfiya istilolari, Ellinistik madaniyatga e’tibor berilishi kerak.
16-mavzu. Aleksandr Makedonskiy saltanati
Makedoniya davlatining tashkil topishi. Manbalar, sharoiti, aholisi. Filipp II va uning islohatlari, harbiy yurishlari. Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari va saltanatining kuchayishi. Ellin davlatlari.
17-mavzu. Ellinistik davlatlar va ellin davri madaniyati
Ellinistik davlatlar va ularning madaniyati. Ellinistik davlatlar-Ptolomeylar, Salavkiyalar, Yunon-Baqtriya, Pergam podsholiklari tavsifi. Makedoniya va Yunonistondagi ahvol, Rim Parfiya istilolari, Ellinistik madaniyatga e’tibor berilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |