Mavzu soat juftlik Jismoniy tarbiya fanining tarixi va rivojlanishi Reja: Qadimgi davrlarda jismoniy tarbiya haqidagi ta’limotlar va qarashlar 2



Yüklə 64,69 Kb.
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü64,69 Kb.
#123537
  1   2   3
1- maruza matn





1 – Mavzu 4 soat 2 juftlik
Jismoniy tarbiya fanining tarixi va rivojlanishi
Reja:
1. Qadimgi davrlarda jismoniy tarbiya haqidagi ta’limotlar va qarashlar
2. Sharq ma’naviy-ma’rifiy ta’limotlarida jismoniy tarbiya
3. O‘zbekistonda bolalalar sportining huquqiy me’yoriy asoslari
Tayanch iboralar: jismoniy tarbiya, qadimgi davr, nazariya, ijtimoiy formatsiya, quldorlik tizimi, qadimgi Yunoniston, oqsoqollar kengashi, zardushtiylik ta’limoti, konsepsiyasi
Mashg`ulot maqsadi:
Тalabalarga qadimgi davrlarda jismoniy tarbiya haqidagi ta’limotlar va qarashlar haqida ma’lumot berish.
Mavzuni o’rganish natijasida talaba:
Mavzuga doir bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiradi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:

  1. D.N.Raxmatova, L.Z.Xolmurodov, L.B.Sobirova. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. “O‘zbek kitob savdo “nashriyoti, 2020

  2. Bobomurodov A.E. jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (jismoniy sifatlarni umumiy tasnifi). “O‘zbek kitob savdo “nashriyoti, 2020

  3. Ok-Boon Jeong. Early Childhood Education Research Method. Seoul: Governor, 2018

  4. О.С.Ушакова, Л.Г.Шадрина, Е.М.Струнина.Развитие речи и творчества дошкольников. Учебник. М.: - 2020 г.


Qadimgi davrlarda bolalar jismoniy tarbiyasi haqidagi ta’limotlar va qarashlar mazmuni
Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o‘rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimgi Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo‘ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdilar.
Qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Yunoniston uncha katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mo‘tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo‘ldi. Bolalarning jismoniy madaniyatiga alohida e’tibor qaratilgan dastlabki davlatlardan biri Spartadir.
Sparta jamiyatida davlatning bolalar tarbiyasi ustidan nazorati, uning tug‘ilgan dastlabki kunidanoq boshlangan. Bola tug‘ilgandan so‘ng otasi uni “oqsoqollar kengashi” hukmiga havola etgan. Bolaning jismoniy holati, sog‘ligiga qarab uning keyingi taqdiri belgilangan. Ko‘pgina manbalarda keltirilishicha, nosog‘lom bolalarni qoyadan tashlab halok etishgan. Yetti yoshgacha bolaning jismoniy tarbiyasi bilan oilada shug‘ullanishgan, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga yetguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog‘lom bo‘lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og‘riqqa bardosh berishga o‘rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallagan. Jismoniy tarbiya tizimidagi asosiy mashg‘ulotlar sifatida ov, turli marosim raqslari, shuningdek, yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish, kurash bo‘yicha ko‘plab musobaqalar tashkil etilardi. Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi: «O‘qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o‘rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so‘zsiz itoat qildirishni, chidamli bo‘lishni va yengish ilmini o‘rgatishni ko‘zda tutar edi». Shuni ta’kidlash lozimki, Spartada qiz bolalarning jismoniy chiniqishi va rivojlanishiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Plutarx “qiz bolalar ham yigitlar kabi yugurish, kurash, disk va nayza uloqtirish mashqlarida ishtirok etardilar. Bu nafaqat o‘zlarini balki tug‘ilajak farzandlarining ham sog‘lom va kuchli bo‘lishini ta’minlardi. Bu mashqlar bilan chiniqqan qizlarning ko‘z yorishlari ham oson kechardi”, deb yozadi
Ko‘rinib turibdiki, Spartadagi tarbiya jarayonining asosini jismoniy mashg‘ulotlar tashkil etib, aqliy tarbiyaga har bir kishining shaxsiy ishi sifatida qaralgan.

Yüklə 64,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə