Jahon tarixi


O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o`rni



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə3/128
tarix14.06.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#117245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
39965 Жахон тарихи УМК Сиртки 2- курс

O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o`rni

Bugungi kunda zamonaviy kadrlar tayyorlashda tarix fanini turli xil uslub va yondoshuvlar asosida ta’lim berishni taqozo qiladi. Ta’lim jarayonidagi noan’anaviy uslublar, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish muhim hisoblanadi.


Ushbu dasturda jahon xalqlari tarixining eng qadimgi, qadimgi, O‘rta, yangi, eng yangi davr bosqichlarining O‘ziga xos xususiyatlari, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan rivojlanish jarayonlari yoritib berilgan. Jahon tarixining ibtidoiy jamoa tuzumi, qadimgi va O‘rta asrlar davri, uni davrlashtirish va davlatlarning tashkil topish masalalari keng yoritib berilgan.

II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanning maqsadi: Jahon tarixi fanining asosiy maqsad va vazifasi bO‘lajak tarix fani O‘qituvchilariga Jahon tarixining eng qadimgi ibtidoiy jamoa davridan to bugungi kunimizgacha bO‘lgan davrda yuz bergan tarixiy jarayonlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi asosiy xususiyatlar, madaniy sohaning taraqqiyoti va uning O‘ziga xos xususiyatlari haqida atroflicha va chuqur bilim berishdan iborat.
Fanning vazifasi: Talabalarning dunyoqarashini, ilmiy — nazariy tafakkurini takomillashtirish, O‘tmish va hozirgi zamondagi voqea va hodisalarga ilmiy xolislik va tarixiylik tamoyillariga amal qilgan holda tarixiy voqelikka munosabat bildiradigan, umuminsoniy qadriyatlar asosida yondoshadigan, erkin fikrlaydigan komil inson qilib tarbiyalashdir. Shuningdek, talabalarda kelajakda O‘z sohalari bO‘yicha faoliyatlari davomida amaliy ahamiyat kasb etuvchi malaka va kO‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Jahon tarixi fаnini O‘zlаshtirish jаrаyonidа аmаlgа оshirilаdigаn mаsаlаlаr dоirаsidа bаkаlаvr:

  • jahon tarixi fani predmeti, maqsad va vazifalari;

  • tarix kursining davrlashtirish prinsiplari;

  • jahon sivilizatsiyalari va ularning xususiyatlari;

  • davlat uyushmalari, shahar-davlat va davlat birlashmalari;

  • turli tarixiy davr va bosqichlarda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahvoli;

  • davlatlarning ichki va tashqi siyosati;

  • xalqaro munosabatlar;

  • ijtimoiy harakatlar tO‘g‘risida bilimga ega bO‘lishi;

  • tarixiy voqealarga xolisona baho berishni bilishi bO‘yicha kO‘nikmaga ega bO‘lishi kerak;

  • tarixiy voqealikni tadqiq etish;

  • ijtimoiy jarayonlarni dialektik O‘rganish;

  • voqealiklarning tarixiy asoslarini tahlil qilish bO‘yicha malakaga ega bO‘lishi lozim.





  1. Yüklə 2,95 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə