Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni


Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə6/6
tarix09.04.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#104791
1   2   3   4   5   6
JAMOA IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA

3. Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari
Sinf tarbiyaviy soatlari maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridandir. Sinf tarbiyaviy soatlari quyidagi: ma’rifiy, baholovchi, yoʻnaltiruvchi singari uch asosiy tarkibiy qismlardan iborat boʻladi. Ma’rifiy tarkibiy qismda: oʻquv dasturlaridan tashqari, oʻquvchilarning etik, estetik, ruhiy tushunchalarni, fantexnika, xalq xoʻjaligi, dunyo voqealarini boyitib, kengaytirib borishdan iborat ishlar amalga oshiriladi.
Baholovchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarda atrof-muhitga muayyan munosabatda boʻlish, undagi moddiy va ma’naviy boyliklarimizning bahosi, ahamiyati va qadr-qimmati, mehnat kishilari va Vatanimiz himoyachilarining shon-shuhrati, ona Vatanimizning, ulugʻ xalqimizning shuhrati haqidagi tegishli tushunchalarni hosil qilish va mustahkam qaror toptirishdan iborat sifatlar roʻyobga chiqariladi.
Yoʻnaltiruvchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarning mavjud hayot haqidagi bilim va tushunchalari toʻgʻri, maqsadga muvofiq yoʻnaltirilib, teranlashtirilib, ularning hayotiy tajribasi, axloqi, boʻlgʻusi turmush yoʻlini toʻgʻri tanlashdek hayotiy faoliyatlari, unda tutgan mavqelari faollashtirilib, boshqarilib boriladi. Oʻqituvchi-tarbiyachi tarbiyaviy soatning mavzuini belgilab, unga tegishli material toʻplayotganda oʻquvchilarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini, sinfning rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasini, mahalliy shart-sharoitni albatta e’tiborga olishi kerak. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri sinf tarbiyaviy soatlari boʻlib uni tashkil etish pedagogning quyidagi yoʻnalishlar asosida olib boriladigan ishlaridan iborat:
a) sinf tarbiyaviy soatlarning mazmunini aniqlash;
b) tashkiliy jihozlash ishlari;
v) sinf tarbiyaviy soatlari turkumini rejalashtirish.
Oʻsib kelayotgan yosh avlodga maqsadga muvofiq ta’sir koʻrsatishda sinf tarbiyaviy soatlari ish mazmunini aniqlash va rejalashtirish mavzularni fasllarga qarab, bayram, tarixiy sana hamda voqealar, tinchlik, doʻstlik , mehnat, oila, baxt, kasb tanlash, tabiatni sevish, vatanparvarlik, ajdodlarimiz merosi, insoniylik, axloqiylik singari tarbiyaviy muammolar asosida tasniflash katta muvaffaqiyatning garovi ekanligini koʻrsatmoqda.
“Inson va insoniy munosabatlar”. Bunda jamiyatimizdagi insoniy munosabatlar, jonajon maktabi, oʻqituvchilari oʻz ota-onasi qarindosh-urugʻi, doʻstlari va boshqa kishilarga, jamoat mulkiga, ona Vatan boyliklariga munosabat, yurish-turish madaniyati, muomalasi, rostgʻoʻylik, halollik, mehnatga ongli munosabatda boʻlish.
“Fan va turmush”. Bunda moddiy olam haqidagi haqiqatni, qarashlarni shakllantirish, fan texnika yangiliklari, bilim manbayi boʻlgan kitobga munosabat, uni oʻqish qoidasi, turmush, madaniyat, bugungi kun turmush tarzi kabi masalalarga e’tibor berish.
“Goʻzallik olamida”. Bunda goʻzallikning mohiyati, goʻzallikni his qilish, nafosat va etika tushunchalari, hayotda insonning kiyinishda, turmushda, mehnatda, axloqda, muomala va nutq madaniyatida, kuy va qoʻshiqlarda, she’riyatda, raqs va tasviriy san’atda, haykaltaroshlik va me’morchilikda, zamonaviy ishlab chiqarish kabi sohalarda goʻzallik tushunchalariga e’tibor berishi.
“Davlat mustaqilligi va inson huquqi haqida nimalarni bilasiz?” Bunda davlat mustaqilligi, uning ma’nosi va mohiyati, mustaqil davlat siyosati va iqtisodiyotining mazmuni, tashqi dunyo mamlakatlari bilan doʻstona aloqalar, elchixonalar vujudga keltirish, milliy mustaqillik imkoniyatlari, vatandoshlar bilan ishbilarmonlik doirasida aloqalar oʻrnatish, dunyo siyosiy voqealariga, huquq darajalari, oʻz haq-huquqi uchun kurash, ona Vatannimizga, xalqimizga mehr-muhabbat, sadoqat, e’tiqod, dunyoviy gʻalabalarimizga munosabat kabilarga e’tibor berish.
“Sogʻ tanda – so gʻlom aql”. Bunda oʻquvchining kundalik faoliyat tartibi, uyida oʻquvchining oʻz burchagi boʻlishi, yosh va oʻziga xos xususiyatlariga qarab gigiyenik qoidalarga rioya qilish, jinsiy tarbiya, gigiyena - inson goʻzalligi, madaniyati va salomatligi garovi ekanligi kabilarga e’tibor berish.
“Ekologik tarbiya”da bolalarda tabiatning yer osti va yer usti boyliklariga, tabiatga nisbatan javobgarlik, Ularni hozirgi va kelajak avlod uchun avaylab asrash, koʻpaytirish hamda muhofaza qilish his-tuygʻularini, tushunchalarini tarkib toptirish kabilarga e’tibor berish lozim.
Sinf tarbiyaviy soatlarini tashkil qilish unga oʻquvchilarni ruhan tayyorgarlikdan boshlanadi, ular sinf tarbiyaviy soatlarini intizorlik bilan kutishlariga harakat qilish lozim. Koʻriladigan masalalar nechogʻli muhokama va munozarabop boʻlishi hamda u koʻngildagidek oʻtkazilishi darkor. Avvalo muhokama qilinadigan mavzu, uning mazmuni, uni oʻtkazish vaqti, tartibi va ushbu mavzuga oid materiallarni topish lozim.
Tarbiyaviy soatlar uchun maktab oʻquvchilari va oʻqitivchi tarbiyachilarga moʻljallangan hamda ommabop gazeta va jurnallar, pedagogikaga oid va bolalar tarbiyasiga doir badiiy adabiyot namunalari, kinolavha, kinofilm, diafilm va radio eshittirish va telekoʻrsatuvlardan, tarbiya mavzusiga yoʻnaltirilgan va shu kungi oʻquvchilar uchun dolbzarb, hayotiy materiallardan tanlab olishlari kerak. Shundagina sinf oʻquvchilarining qaynoq ijodiy faoliyati ta’minlangan boʻladi. Bunday vaqtlarda oʻquv-texnika vositalari, koʻrgazmali qurollar va didaktik materiallardan unumli foydalanish esa soʻzsiz sinf tarbiyaviy soatlarini yanada ijobiy natijalarga olib keladi. Sinf tarbiyaviy soati tarbiyaviy ishning ajralmas qismi boʻlib oʻquvchilar uchun ham, sinf rahbari uchun ham amaliy-ijodiy ishdir. Sinf tarbiyaviy soatlarida tanlangan mavzu boʻyicha oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga eng avvalo oʻqituvchi puxta tayyorgarlik koʻrishi lozim. Mashgʻulot jarayonida ustoz oʻz maqsadini oʻquvchilari ongiga yetkaza oladigan, ularning qalbini toʻlqinlantira oladigan, ta’sirchan va ifodali bayon qila oladigan nutqqa ega boʻlishi, turli pedagogik ta’sirlar orqali singdira oladigan boʻlishi lozim. Sinf tarbiyaviy soatlari uchun tanlangan mavzuning maqsadiga mos keladigan kuy va qoʻshiqning yangrashi, badiiy oʻqish, she’rxonlik, oʻz ijodiy ishlaridan namunalar koʻrsatish, muhokama qilinayotgan masalaga nisbatan oʻquvchilarning oʻz mustaqil fikrlarini bayon qilashlariga keng yoʻl berish, hayotiy muhim masalalar haqida aniq va toʻgʻri xulosalar chiqarishlariga yoʻnaltirib borish lozim.
Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə