Darsning mavzusi: “Yagonasan,muqaddas Vatanim,sevgi va sadoqatim senga baxshida,go’zal O’zbekistonim



Yüklə 13,84 Mb.
səhifə1/2
tarix23.07.2023
ölçüsü13,84 Mb.
#119851
  1   2
yagonamsan vatanim 10-11 sinf www.sadikov.uz




_______________________ xalq ta’limi boshqarmasi
______________________ xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
___-umumiy o‘rta ta’lim maktabi


__-“__” SINF RAHBARI
________________________NING


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining
31 yilligiga bag‘ishlangan

Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”


shiori ostida tayyorlagan bir soatlik






Dars shiori: “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”
Darsning mavzusi: Yagonamsan vatanim.
Maqsad:
Ta’limiy: Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ko‘p ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqea. 
TK2: radiodan eshitgan, televizordan ko‘rgan lavhalarni tushunish va turli manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topish hamda undan foydalana olish;
televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish;
Tarbiyaviy: Erkin va farovon hayotimizni, buyuk kelajagimizni faqat mustaqillik asosida qurishimiz, odamlarimiz, el-yurtimizni faqat mustaqil siyosat asosida rozi qilishimiz, faqat mustaqillik bugungi va kelgusi avlodlar uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar ochib berishini o’quvchilar ongiga singdirish. 
TK4: o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
davlat ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata olish;
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning mamlakatimiz istiqlolini, u bilan bog‘liq tarixiy sana va voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur anglashi va qadrlashi, har tomonlama munosib nishonlash ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotimizda alohida muhim o‘rin tutishi haqidagi bilim ko’nikma malakalarini mustahkamlash. 
TK5: orasta kiyinish va gigienik talablarga amal qilish;
maktabning ichki qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash.
Dars turi:yangi bilim beruvchi
Dars jihozi:videoproyektor,ekran, kompyuter, SD disk, tarqatmalar, geometrik shakllar, rag’bat uchun tangalar, qo’l telefoni
Dars metodi:firmalarda ishlash,”Enerjayzer mashqlari”,”Kayfiyat mashqi”, ”Yosh shoir”, ”Videotopishmoq” strategiyasi, “Gugurt donalari” strategiyasi, “Sirli qo’ng’iroq” metodi
Darsning borishi: Tashkiliy
Enerjayzer” mashqlari
O’quvchilar: Birinchi darsimizni
Assalomdan boshlaymiz.
Birinchi ishimiz bu
Yalqovlikni haydaymiz.
1,2,3.
1,2,3.(O’quvchilar o’rnidan turib mashq qilishadi)
Kayfiyat” mashqi
O’qituvchi: O’quvchilar qalaysiz?
O’quvchi: Qalaymasmiz oltinmiz.
O’qituvchi: Bugun darsda qandaysiz?
O’quvchi: Nasib etsa oldinmiz.
-Navbatchi axboroti tinglanadi.
O’qituvchi:Kim sinfda navbatchi?
Navbatchi:
M en sinfda navbatchi
Orasta va sarishta.
Ular doim faollar,
Bugun darsga tayyorlar!
O’qituvchi:
Diyoringning nomini
Bilasanmi bolajon?
Qay yurtda yashashingni
Angladingmi bilag’on?
O’quvchi:
Diyorimning nomini
O’zbekiston deydilar!
Dong’i tutgan dunyoni
Bog’-u- bo’ston deydilar!
O’qituvchi:Assalomu-alaykum mening bilimga chanqoq bolajonlarim, mana yana bir yoshga ulg’ayib maktab ostonasiga qadam qo’ydingiz. Men sizlarni bugungi bayram Xalqimizning asriy orzusi bo‘lgan, Vatanimizning necha ming yillik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylantirgan O‘zbekiston mustaqilligining o’ttiz bir yilligi bilan chin yurakdan tabriklab bu yilgi o’qish va ijodingizda omad tilayman.
Bugungi darsimizni “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi asosida firmalarga ajratgan holda olib boramiz.Guruh sardori firma rahbari,qolgan o’quvchilar ishchilar etib tayinlanadi.
1-firma:Dear (Aziz)
Firma rahbari:Qudratullayev Muhammadjon
2-firma:Single (Yagona)
Firma rahbari:Toshev Shamshodbek
3-firma:Beloved (Jonajon)
Firma rahbari:Olimova Asilaposhsho
Firmangiz uchun emblema tayyorlashingiz kerak bo’ladi buning uchun har bir ishchining qo’lida tarqatmalar tarqatilgan,savollarga javob berib o’z firmangiz emblemasini tayyorlab olishingiz lozim bo’ladi.
Foydalanish uchun savollar?
1.Vatan nima?
2.Nima uchun Ona Vatan deymiz?
3.Vatanimiz nomi nima?
4.Vatanni yana nima deb atash mumkin?
5.Davlatimiz ramzlarini ayting.
6.Mustaqillik nima?
7.Mustaqillikning necha yilligini nishonlayapmiz?
8.Birinchi Prezidentimiz kim?
9 .Hozirda Prezidentimiz kim?
10. 2022-yil qanday yil?
11.Mustaqillik ingliz tilida nima deyiladi?
H ar bir firmaga shunga o’xshash savollar berilgan bo’ladi.Javoblarini aytib rasmlarni yopishtirishadi va emblema hosil bo’ladi.




Firma taqdimoti o’tkaziladi.


Dear” firmasi taqdimoti
Dear-aziz, dildan sevgan, qadrdon,biz uchun suyukli degan ma’noni bildiradi.
Aziz-Vatan, aziz-oila, aziz-inson, aziz-maktab, aziz-non, aziz-mahalla, aziz-tabiat va hokazo……………
Single” va “”Beloved” firmalari ham savollarga javob berib xuddi shunday taqdimot o’tkazishadi.
O’qituvchi:Demak firmalar ham nomlandi va o’zining emblemasiga ham ega bo’lishdi, endi ularning ishlashi uchun joy kerak, buning uchun zamonaviy “Mironkul” tez quriladigan xom-ashyolardan o’ziga bino qurishi kerak. Xom ashyo olish uchun
1-firma: Muhim sanalarni sanab o’tishi kerak.
2-firma: Kuz faslida qilinadigan mehnatni aytib o’tishi kerak.
3-firma: Odob-axloq qoidalari hamda o’quvchi qoidasini eslashi kerak bo’ladi.
S avollarga javob bergan o’quvchilarga zarur xom-ashyolar taqdim etiladi va ular o’z binolarini qurib olishadi.
.



O’qituvchi:Demak firmalar ishlashga shay va ularga buyurtma tushdi.
1-firmaga buyurtma:Vatan haqida she’rlar aytish
2-firmaga buyurtma:Vatan haqida maqol aytish
3-firmaga buyurtma:”Yayra O’zbekiston” qo’shig’iga raqs ijro etish.
Bular aytgunga qadar 3 ta firmadan 3 ta ishchi chiqib she’rdagi bo’sh joylarni to’ldirishi kerak.
Yosh shoir” metodi. Bunda Zikrilla Ne’matning “Kitobni seving” she’ridan foydalaniladi.
Butun borliq,……….,
Sevgan kabi…………
Bolajonlar, sizlar ham,
Seving aziz…………..
F oydalanish uchun so’zlar: kitobni, oftobni,tabiat
Kimki kitob……….,
O’tkazar gar……….
Hayotda u,albatta,
Topgaydir o’z………
Foydalanish uchun so’zlar: baxtini,o‘qish-la, vaqtini
Kitob do’st erur……..,
Butun…………
Uni sevib sizlar ham,
Yeting orzu,…………..!
Foydalanish uchun so’zlar: niyatga, mudom, insoniyatga
O’quvchilarni kitobga, kitobxonlikka bo’lgan qiziqishi orttiriladi.

Yüklə 13,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə