Jamoa ijrochiligida vokal-xor malakalarini shakllantirishning uziga xos jihatlari



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#145779
1   2   3   4   5
jamoa-ijrochiligida-vokal-xor-malakalarini-shakllantirishning-uziga-xos-jihatlari (2)

Xonandaning turish holati. 
Xonandaning ideal turish xolati tik turgan holda ijro etishi hisoblanadi. Lekin 
uzoq davom etuvchi repetisiyalarda xor o’tirgan holda mashg’ulot o’tkazishi mumkin. 
Bunday hollarda xorning har bir xonandasi gavdasini to’g’ri va erkin tutishi, yelkalari 
tik, qo’llari pastga tushirilgan bo’lishi kerak. Yuz, bo’yin, yelka mushaklari erkin 
holatda bo’ladi. Ijrochilik vaqtida boshni orqaga tashlamasdan to’g’ri tutish, yuzni 
burishtirmaslik, pastki jag’ni siqmaslik zarur. Xonandaning to’g’ri turish holatn to’g’ri 
nafas olishi va tovush hosil qilishiga imkon beradi. [3,11-b] 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
431
www.openscience.uz


Nafas
xonanda kuylash vaqtida, tovush hosil qilishida nafasni to’g’ri yo’lga 
qo’yishi muhim rol o’ynaydi. «Kuylash san’ati nafasni to’g’ri ishga solish san’atidir»,-
degan ibora klassik ibora bo’lib qoldi. Kuylashdagi nafas bilan fiziologik nafas orasida 
ma’lum darajada farq bor. Fiziologik nafasda nafas olish aniq bir ritmda va ma’lum bir 
vaqt oralig’ida sodir bo’ladi. Kuylash vaqtidagi havo olish tez, qisqa vaqt oralig’ida 
sodir bo’lib nafas chiqazish esa bir qancha vaqtga cho’ziladi. Nafas ritmi ijro 
etilayotgan asar xarakteriga qarab o’zgarib turadi. Kuylashda fiznologik nafasga 
qaraganda chuqur nafas olinadi. Kuylashdagi nafas olishning bir pecha turlari bor: 
1) pastki qovurg’alar kengayuvchi nafas olish; 
2) yelka kengayuvchi nafas olish; 
3) qorin bilan nafas olish (diafragma pastga tushadi); 
4) ko’krak bilan nafas olish (ko’krak qafasining yuqori qismi ko’tariladi). [5,53-
b] 
Kuylash vaqtida nafas olishning pastki qovurg’alar kengayuvchi nafas olish va 
qorin bilan nafas olish turlarini ishlatish ma’quldir. Diafragma odam organizmida 
ko’krak va qorin bo’shlmg’ini ajratib turadi. Pastki qovurg’alar va diafragmalar 
vositasida nafas olishda nafas olish va chnqarish dpafragma orqali tartibga solinadi. Bu 
shunday sodir bo’ladi: xonanda xuddi gul «hidlagandek» nafas oladi. Bunda o’pkalar 
kengayib, pastki qovurg’alarni tashqi tomon suradi va diafragma pasayadi
natijada,qorinning devori oldinga shishib chiqadi. Yelka va ko’krakning yuqori qismi 
bu holda o’zgarmaydi. Nafas olish chuqur, tuliq va eng asosiysi, shovqinsiz bo’lishn 
kerak. Nafas chpqarish tejamli, uzoq muddatli, tekis bo’lishn shart. Nafas chiqarish 
qorin tarang qobig’ining harakati bilan boshqarilib, havo yuqoriga yo’naladi va ovoz 
pardalarini tebranishga undaydi. Pastki qovurg’alar va diafragma asta-sekin o’z 
holatiga qaytadi. Xonandalarni to’g’ri nafas olishga o’rgatish xorda vokal ustida 
ishlashning eng zarur qismidir. Nafas olish xorda bir vaqtda sodir bo’lishi mumkin. Bu 
holda xor ishtirokchilari baravariga nafas olishlari kerak. Agar musiqa asarlarida uzoq 
davom etuvchi kuy jumlalari bo’lsa, xor yoki xor partiyalarini uzluksiz sadolanishini 
ta’minlab beruvchi ulama nafas qo’llaniladi. Bu xolda xonandalar navbatma-navbat 
nafas oladilar va bu o’z navbatnda o’z partiyalariga juda extiyotkorlik bilan sezilmas 
darajada qo’shilishlarini talab qiladi. Aks holda ansambl birligi buzilnshn mumkin. 
Ba’zan asarlar boshdan oxirigacha “ulama nafasda” ijro etishni talab qiladi. 
Yuqorida aytilganidek, tovush nafas va ovoz aparatlarnning harakati natijasida 
hosil bo’ladi. Tovush havoning yopiq holatdagi ovoz teshigi orqali o’tganda ovoz 
pardalari tebranishi vaqtida yuzaga keladi. Tovushning paydo bo’lish vaqti ‘tovush 
hujumi” deyiladi. Ovoz pardalarining jipsligiga, nafas chiqarishning kuchi va 
xarakteriga qarab tovush hujumi qattiq, mayin va nafas olishdan keyingi hujum bo’lishi 
mumkin. Tovushning yumshoq hujumida ovoz pardalari nafas chiqarish boshlanishi 
bilan ochiladi. Chiqayotgan havoning ovoz pardalariga yengil tegib o’tishi natijasida 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
432
www.openscience.uz


juda yumshoq “egiluvchan tovush” xosil bo’ladi. Tovushning qattiq hujumi nafas 
chiqarish oldidan ovoz pardalarining zich yopilishi natijasida hosil bo’ladi. Bu holda 
chiqayotgan havo katta bosim bilan ovoz pardalariga kelib uriladi va xosil bo’lgan 
tovush qattiq va keskin xarakterga ega bo’ladi. Xonanda ovozi yuzaga kelishidan 
boshlab (hujum turdan qat’i nazar) o’zining aniq balandligiga, kuchiga, tembrga, aniq 
unli formasiga (shakliga) ega bo’lishi kerak. Bu shartlar tovush hosil qilishning asosiy 
qoidasi bo’lib, xor ijrochiligida alohida ahamiyatga ega. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə