Jamoa ijrochiligida vokal-xor malakalarini shakllantirishning uziga xos jihatlari



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#145779
1   2   3   4   5
jamoa-ijrochiligida-vokal-xor-malakalarini-shakllantirishning-uziga-xos-jihatlari (2)

Keywords: 
vocals, ensemble, tuning, articulation, intonation, diction, diaphragm 
Xor ijrochiligi hozirgi kunda keng tarqalgan asl xalq san’ati turlaridan biridir. 
Jamoa ijrochiligi odamlarda chuqur estetik zavq uyg’otibgina qolmay, ularni 
jipslashtiradi, jamoa bo’lib birlashishga olib keladi hamda ma’naviy saviyasini, badiiy 
didini oshirishga yordam beradi. Bu, ko’pchilik bir g’oya bilan uyushdi, yagona 
ijrochilik maqsadi tomon yo’naltirildi degani, ya’ni boshqacha qilib aytganda, so’z va 
musiqadagi tuyg’u bir odam orqali emas, bir guruh odam tomonidan ifoda etilishidir. 
Ushbu san’at turi xonandalik jozibasi bilan hayratga soluvchi o’ziga xos san’atdir. U 
insonning eng yaxshi his-tuyg’ularini uyg’otib, hayajonlantirish, qiziqtirish 
xususiyatiga ega. Shu sababdan xor ishtirokchilari bilan bir qatorda tinglovchilarning 
ham badiiy-g’oyaviy tarbiyalanishidagi roli juda katta. [1,3-b]
 
Jamoa ijrochiligi tarbiya vositasida ham katta ahamiyatga ega bulib ijro 
jarayonida vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ulari va jamoa bo’lib birlashish kabi 
xislatlarni tarbiyalashda juda katta ahamiyatga ega. Darhaqiqat, ijro jarayonida xor 
bo’lib kuylangan qo’shiq bir ovozli ijroga nisbatan ta’sirchan va ifodaliroq ekanligini 
anglaydilar. Xor ijrochiligining bunday xosiyatini anglash bolalarga katta ta’sir 
ko’rsatadi. Xor san’ati bir tomondan ijrochilikning eng ommaviy shakli bo’lsa, boshqa 
tomondan aksariyat xislatlari bilan o’ziga xos individual xarakterga ega. Ijrochilik 
mahorati, kuylash usuli, repertuari, xor rahbarining qobiliyati kabi individual 
xarakterdagi xislatlar xor jamoasining ijodiy «qiyofa»sini boshqasidan ajratib turadi. 
Respublikamizda san’at sohasiga tegishli bir qancha oliygohlar qatori pedagogik 
yunalishga ega bulgan ta’lim dargohlarida musiqa yunalishlari mavjud bulib xor, 
xorshunoslik darslari ham utiladi.
“Xor - bu vokal musiqani cholg’u asboblar jo’rligida yoki jo’rsiz (a - cappella) 
ijro etuvchi xonandalar jamoasidir”. “Xor” atamasi yunoncha «choros» so’zidan 
olingan bo’lib, «to’da, yig’in» ma’nosini bildiradi. [2,6-b]Ko’p vaqtlardan buyon xor 
opera, oratoriya, kantata, ba’zan simfoniyada qo’llanilib kelgan. Musiqa amaliyoti 
davomida xorning har xil turlari paydo bo’ldi. Xor turi xorning tuzilish sifatiga qarab 
aniqlandi. Turiga ko’ra xor bir xil yoki aralash tuzilishda bo’lishi mumkin. Bir xil 
tuzilishdagi xorlarga alohida erkaklar xori, ayollar xori, bolalar xori kiradi. Aralash 
xorga bolalar bilan ayollar xorlar, ayol va erkaklardan iborat xorlar kiradi. Xor 
ko’rinishi xorni tashkil qiluvchi mustaqil xor partiyalarining soni bilan belgilanadi: 
ikki ovozli xor, uch ovozli xor, to’rt ovozli xor va hokazo. Har bir xor partiyasi ma’lum 
bir joyda 2-3 ovozlarga bo’linishi mumknn. Bunday bo’linish 
divizi
(italyancha divisi 
- bo’lingan) deyiladi. [1,9-b]
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
430
www.openscience.uz


Aralash xor odatda to’rt ovozlilikdan iborat. Lekin bundan ham ko’p ovozga 
mo’ljallangan xor asarlari ham uchraydi. Divizi tufayli aralash xor 6-12 ovozli ifodaga 
ega bo’lishi mumkin. Xor adabiyotida ikki-uch va undan ortiq mustaqil ovozlar 
gruppasi (ijrosiga mo’ljallangan ko’p ovozli asarlar) alohida bo’limni tashkil qiladi. 
Qo’sh va uchtalik xorlar yirik opera sahnalarida uchraydi. 
Har qanday qo’shiq ijrochiligida ovozni shakllanganligi katta ahamiyatga ega u 
an’anaviy qo’shiq ijrochiligi bulsin , hoh akademik ijrochilik bulsin. Shu sababli ham 
vokal-xor malakalirining benihoya o’rni bulakcha. 
Nihoyatda nozik musiqiy ifodalash xususiyatlariga ega bo‘lgan, o‘zining turli-
tuman rango-rang tembri(tusi)ga boy bo‘lgan inson ovozi – murakkab musiqa 
asbobidir. Shuning uchun ham ko‘pincha inson ovozi «gapirib turuvchi musiqa 
asbobi», deb nomlanadi. 
Inson ovozi apparati asosan uch qismga bo‘linib, bular: 
– nafas olish organlari; 
– hiqqildoq; 
– rezonatorlar bo‘lib, bir-biriga uzviy bog‘langandir. 
Inson ovozi juft va toq hiqqildoq tog‘aylari pardalarining muskuli yordamida bir-
biriga bog‘lanadi. Nafas ovoz pardalariga urilib, ularni tebratadi va tovush chiqaradi. 
Ovoz pardalari lotinchada –«lig vokale» deb nomlanib, ular aniqlanishining asosiy 
tamoyillari: 
– xorda qo‘shiq ayta oladigan ovoz turi; 
– xorga zarur musiqa qobiliyati (ya’ni, eshitish, usul ushlash va musiqiy xotira)ga 
ega bo‘lgan insonlar ovozi; 
– ovoz sifatlari (tembr, diapazon) mujassam bo‘lishi darkor.
[4,24-b]
Pedagog mashg’ulotlarni olib borish jarayonida vokal-xor malakalarini 
shakllantirish zarur, vokal-xor malakalari deganda Xor jamoasining ijrochilik 
madaniyati xonandalarning vokal (ashula) va xor ijrochiligi mahoratlariga bog’liq. 
Vokal mahoratiga xonandaning turish holati, nafasi, tovush hosil qilishi va talaffuzi 
kiradi. Xor ijrochiligi maxorati ovoz sozlanishi va ansambl bo’lib birikishi (qo’shilishi) 
tushuniladi. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə