Jamoa ijrochiligida vokal-xor malakalarini shakllantirishning uziga xos jihatlari



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#145779
1   2   3   4   5
jamoa-ijrochiligida-vokal-xor-malakalarini-shakllantirishning-uziga-xos-jihatlari (2)

Tovush yunalishi turlari. 
Xor ijrochiligida tovush yo’nalishining legato (
legato
), non legato (
non legato
), 
staccato (
stakkato
) turlari ishlatiladi.
Legato
(legato) tovushlarning bir-biri bilan uzluksiz bog’langan harakati bo’lib, 
har bir tovush keyingisiga osoyishta va aniq harakatda o’tishi kerak. Legato qilib ijro 
etishga misol qilib rus xalq lirik (cho’zib ijro etiluvchi) qo’shiqlarini eslatish mumknn. 
Portamento (portamento) turdagi tovush yo’nalishida tovushlar bir-biriga sirg’alib 
o’tadi. Bu kamchilik tajribasiz ijrochilarga xos bo’lib, xorda ishlatish mumkin emas. 
Chunkn u tovush intonasnyasida noaniqlikka olib keladi.
Staccato
(stakkato) - tovushlarni vaqt oralab alohida-alohida ijro etish. Stakkato 
tovushlari oralig’ida nafas olinmaydi. Stakkato tovush yo’nalishnda xonanda ovozi 
yengil, yorqin, bukiluvchan va qisqa eshitiladi. 
Non legato
(non legato) - tovushlarni aniq va bir-biridan ajralgan holda ijro etish 
turi bo’lib, tovushlar orasida nafasni ushlash orqali hosil qilinadi. Tovush 
yo’nalishining bu turi 
staccato
va 
legato
turlarining oralig’idagi o’rnini egallagan, 
ularning har biriga o’xshash tomonlari bor. [5,62-b] 
Xor ijrochiligida xonandalardan to’g’ri 
diksiya
(lotincha 
dictio
- nutq talafuz), 
ya’ni adabiy tekstni aniq va ravshan talafuz qilish talab qilinadi. Tovush o’rnining 
to’g’riligi va nafas aktivligi diksiyaga bog’liq. Tantanavor, qahramonlik, dramatik 
xarakterdagi asarlar undosh tovushlarni ta’kidlab, aniq talaffuz etishni talab qilsa, lirik 
xarakterdagilari esa mayin talaffuzga mos keladi. Yomon diksiya xor kuyi ifodaviyligi 
va mazmunini susaytiradi. Xor diksiyasi nutq organlarining ishlash qobiliyatiga, ya’ni 
til, lablar, yumshoq tanglay, pastki jag’dan iborat artikulyatsiya apparatining ishlash 
qobiliyatiga bog’liq 
Aktiv harakatchan artikulyatsiya vokal texnikasining asosiy elementlari 
hisoblanadi. Artikulyatsiya apparati sog’lom, to’g’ri joylashgan va o’z vazifasini 
to’g’ri bajara oladigan bo’lishi kerak. Artikulyatsiya apparatining kamchiliklari 
maxsus mashqlar orqali bartaraf qilinishi mumkin. Bunday kamchiliklarga ayrim 
harflarni almashtirib noto’g’ri talaffuz qilish kiradi. Bu kamchiliklar artikulyatsiya 
apparatining (ayniqsa bolalarda) sust harakat qilinishi natijasida sodir bo’ladi. Aniq 
talaffuz badiiy tekstni tinglovchiga aniq yetkazishning asosiy shartidir. Xor ijrochiligi 
san’ati o’ziga xos bo’lgan xor sozlanishi va ansambl malakasini egallashni talab qiladi.
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
433
www.openscience.uz


Sozlanish
kuylash jarayonida intervallarni sof intonatsiyaa qilishdir. Turg’un 
xonandalik intonatsiyasiga erishish, barcha tovushlarni balandliklariga qarab aniq 
muvozanatini saqlash xor sadosida katta ahamiyatga ega. Agar xor sof darajada kuy- 
lamasa, asarning ifodali, anglangan ijrosi haqida ran yuritish qiyin. Xorning yaxshi 
sozlanganligi xonandalarning musiqaviy rivojlanganligiga, birinchi navbatda ularning 
musiqa o’quviga va xonandalik malakasi (nafas olish, tovush hosil qilish, diksiya)ni 
qanchalik o’zlashtirganligiga bog’liq. Undan tashqari, ularning jismoniy va emotsional 
holati (charchaganligi, hayajonlanishi) va shuningdek, ijro qilinayotgan asarning 
murakkabligi (tessitura qiyinligi va boshqalar) ham muhim rol o’ynaydi. Cholg’u 
asboblar jo’rligida ijro etiladigan asarlarda yaxshi sozlanishga erishish birmuncha 
yengil, jo’rnavozlik intonatsiyani osonlashtiradi. 
A-cappella
bo’lib ijro etganda tiniq 
sozlanishga erishish juda murakkab, chunki har bir xonanda o’zining lad garmonik his 
qilishga asoslanib sozlanadi. Cholg’u asboblar jo’rligisiz ijroda xor qatnashchisidan 
o’z intonatsiyaasi sofligiga diqqat qilishni, ayniqsa rivojlangan garmonik uquvni talab 
qiladi. Shu bilan bir qatorda, xususan jo’rsiz xor xonandaning lad va garmonik his 
etishini rivojlantirib, melodik va garmonik uquvini o’stirishga imkon yaratadi, xor 
ansamblini chuqurroq sezishga, ijrochilik saviyasining o’sishiga katta ta’sir etadn. Xor 
sozlanishi kuychan (gorizontal), ya’ni xor partiyasini xor san’atida ansambl- ayrim 
xonandalarning, xor partnyalarining, butun xorning birgalikda muvozanatli 
sadolanishidir. Bu demak, har bir xonanda faqat o’z partiyasinigina emas, balki butun 
xorni eshita bilishi va o’z ovozini umumiy sadoga qo’sha bilishi kerak. 
Xor ijrochiligida badiiy ansambl turln ayrim ansambllardan tashkil topadi: 
1) dinamik ansambl - sadolannsh kuchiga ko’ra ovozlarning qo’shilishi; 
2) ritmik aksambl - ijroning ritmik birligi; 
3) tembr ansambl- ovozlarning tembriga ko’ra qo’shilishn; 
4) sur’at ansambl - ijroning sur’at birligi; 
5) garmonik ansmbl - ovozlarning akkord, hamohanglikdagi muvozanatli sadosi; 
6) diksiyali ansambl - adabiy tekst (matn)ni kelishib talaffuz etish; 
7) intonatsiyali ansambl - tovush balandliginn aniq sadolantirish. [1,24-b] 
Ko’rsatilgan ansambllardan birining buzilishi umuman xor sadolanishi 
ansamblining buzslishiga olib keladi. Yagona badiiy-ijrochilik ansamblga erishish, 
xormeysterning eng qiyin vazifalaridan biridir. 
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab utishimiz lozimki xor ijrochiligida vokal-xor 
malakalarining nechig’lik ahamiyatga ega. ushbu vokal-xor malakalrini shaklantirish 
orqali yuksak saviyali ijroga erishsish mumkin, bu pedagog xormeystrdan jamoa bilan 
ishlash jarayonida kuplab mashqlarni bajarishini talab qiladi. Vokal-xor ijro malakasini 
egallashda xor jamoalri uchun maxsus mashqlar katta rol o’ynaydi. Bu mashqlar 
turlicha bo’lib, har-xil maqsadlarni ko’zda tutadi: nafasni mustahkamlash, ovozni 
rivojlantirish, 
uning 
ravonligini, 
harakatchanligini 
ta’minlash, diapazonini 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
434
www.openscience.uz


kengaytirish, tovush hosil qilishda yagona usulni qo’llash, sof intonatsiyani yuzaga 
keltirish, garmonik uquvni o’stirish, diksiya aniqligiga erishish va boshqalar. Xullas, 
bu mashqlar xonandalarga ifodali ijroning texnik va badiiy usullarni egallashga yordam 
beradi. Ayrim mashqlar kompleks xarakterga ega bo’lib, turli malakalarni baravariga 
rivojlantiradi. Kundalik mashqlar bilan shug’ullanilmasa asar ijro etishni o’rganish 
jarayoni cho’zilib ketadi. Mashqlar musiqa materiali hamda texnik vazifalarga ko’ra 
puxta va xilma-xil tanlanishi lozim. Boshlanishda oddiy mashqlar tanlanib, asta sekin 
murakkabiga o’ta borishi kerak. Mashqlar o’rta dinamikada (sekin) erkin nafas 
almashinishida ijro etiladi. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə