Jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari


Boshlang’ich sinf o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda tadbirlarning o`rni



Yüklə 63,62 Kb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü63,62 Kb.
#163222
1   2   3   4   5   6
32862-JAMOANI ISTIQBOLINI BELGILOVCHI TARBIYAVIY TADBIRLARNI TA

4.Boshlang’ich sinf o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda tadbirlarning o`rni.
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish samaradorligi.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish ularning mamlakat ijtimoiy muammolarini to’g’ri baholay olishlari bilimlarni chuqur va mustahkam o’zlashtirishlari, erkin va mustaqil ijodiy fikr yuritishlariga yo’lladi. Tadqiqotlarimiz mobaynida o’quvchilarda ijodkorlik faoliyatining yuqori darajasi uni muntazam ravishda mustaqil faoliyatga jalb qilish orqali rivojlantirildi. Bu o’quvchi tomonidan maxsus turdagi o’quv topshiriqlari- mustaqil ishlarni bajarish, shu jumladan kompьyuterli ishbop o’yinlari, darsliklar va boshqa adabiyotlar natijasida amalga oshdi. Mazkur tadqiqot ishining 1-2- boblarida boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishning nazariy- uslubiy jihatlari, hamda bu borada tarixiy tajribalar, pedagog- psixologlarning ilmiy qarashlarini yoritishga harakat qildik. Shu bilan birgalikda tadqiq qilinayotgan masala doirasida innovatsion usullar tavsifi, boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari, hozirgi paytda foydalanilayotgan dastur va darsliklarning tahliliy natijalari, hamda uning amaliyotdagi maktablar ahvoli, ilg’or pedagogik tajribalarning o’rganilishi masalalari ko’rib chiqildi. Bu esa maktab o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda maxsus pedagogik tzim yaratilishini ilmiy metodik jihatdan asoslashga imkoniyat berdi. Ushbu bobda biz kichik maktab yoshdagi o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirish metodlaridan foydalanish tizimini bayon qilamiz. Mazkur bobda dastlab eksperimental o’qitish mazmuninig tashkiliy masalalari o’z aksini topgan Tajriba- sinov natijalari uning ko’p qirraliligi, o’quvchilar sonini yetarli darajadagi o’lchami va o’rgatuvchi- nazoratli topshiriqlar majmuining xilmaxilligi bilan belgilanadi. Eksperimentlarning mazmuni, shakl va yo’llarini optimal holda loyihalash uchun yoxud belgilangan vazifalar ichida ta’limiy-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun biz o’quv elementlari mohiyatini o’quvchilarga uzatish yo’llarini aniqlashga kirishdik. Buning uchun tajribada qatnashayotgan o’quvchilarning ijodiy faoliyatining rivojlanganlik darajasini, bilim olishga intilishi doirasida aniqlashga harakat qildik. Shu bilan birgalikda boshlang’ich maktab o’quvchilari aniq fan sohalariga oid kitoblarni, davriy nashrlarni kam o’qishi, ataylab Internet orqali bilimdonlikni oshiruvchi ma’lumotlarni ko’p ham izlamasliklari aniqlandi. Tajriba – sinov ishlari 2006- 2007, 2007-2008 va 2008-2009 o’quv yillarida Navoiy viloyatining umumta’lim maktablarida davlat ta’lim standartlari, me’yoriy hujjatlari talablarini hisobga olgan holda o’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish maqsadida o’tkazildi.
Ma’lumki, har qanday fan o’ziga tegishli voqea va hodisalarni bosqichmabosqich o’rgangan holda rivojlanib boradi. Maktab o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish yo’llari, vositalarini aniqlash, o’quv jarayonini tashkil etish hamda mazmunini boyitish bozor iqtisodiyoti sharoitida avloddan ijodkorlik qobiliyatini kamol toptirish bilan aloqada amalga oshiriladi. Maktab ta’limida bunday rivojlanishi o’quvchilarga beriladigan qadriyatlar, bilim,faoliyat usullari yoki ichki manbalar ular tomonidan erishilgan samaradorlik darajasiga ega bo’ladi. Birinchi holatda ta’lim insoniyat tajribasini o’zi tiklashini, madaniy-tarixiy an’analardan foydalanish va asrashni ta’minlaydi. Ikkinchi holatda esa o’quvchining uning mahsuldor ijodiy faoliyatin orqali shaxsiy imkoniyatlarini rivojlashtirishga turtki bo’ladi. Shuningdek, ta’lim standartlari ikki komponentga bo’linadi; tashqi va ichki, lekin ular o’rtasi o’zaro aloqa mavjud bo’ladi. Maktablar hayotida turli holatlarning bo’lishi tabiiy hol. E’tiborga molik holatlardan biri fan olimpiadalarida g’oliblarning ko’pchiligi an’anaviy ta’limga bo’ysinmaydigan o’quvchilar hisoblanadi. Ana shu munosabat bilan aytish mumkinki, ijodkorlik- bu hamisha doiradan, chegarada chiqish, bu mavjud bilim, tushinchalar, me’yorlarning o’zgarishi ta’limda yangi mazmunning yaratilishidir. Ijodkorlik natijalarini baholashning o’z me’yori, qoidasi va me’zonlari mavjud. Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda tuzilish asosi ( maqsad, tamoyil, mazmun va hokazolar)da o’quvchiga “bilim berish” dagi har qanday ta’lim turi tizimi bilan o’xshashdir. Biroq o’quvchilarning ijodkorlik xususiyatiga ega bo’lgan qismi ta’lim standartida belgilangan bilmlar hajmidan o’zib ketishi mumkin.
Xulosa
Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarini turlari, tashkil etishning yo’l-usullari, vositalari bilan tanishib chiqdik va tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Natijada, quyidagi xulosalarga keldik:
1. Bayram tadbirlarini tashkil etishda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish lozim; bunda bolaning ichki ma’naviy dunyosi, histuyg’ulari, munosabatlari, tengdoshlari bilan aloqalari tarbiyaviy ta’sirdan chetda qolmasligi kerak;
2. Ajdodlarimiz merosida ta’lim-tarbiya ishlariga katta e’tibor qaratishgan, shuningdek ularning ta’lim-tarbiyaviy g’oyalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini takomillashtirishda asos sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi o’qituvchi va o’qituvchilarning mazkur faoliyatga maxsus yo’naltirilganligiga bog’liqdir.
4. Bayram tadbirlarida interfaol metodlarning imkoniyatlaridan foydalanishni keng yo’lga qo’yish zarur. Bu o’rinda takomillashtirish omili sifatida interfaol metodlardan foydalanish maqsad qilib olinsa va undan unumli foydalanilsa natija yuqori bo’ladi.
5.Bayram tadbirlarini o’tkazishda tashkil qilish prinsiplariga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Boshlang’ich ta’lim jarayonida bayram tadbirlarini tashkil etish va takomillashtirishga doir metodik qo’llanmalar, ko’rsatmalar tayyorlanishi va nashr etilishi va ulardan unumli foydalanish ham hozirgi kunning talablaridan biridir.
Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo'naltirilgan ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta'limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari inobatga olindi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida takidlangan: siyosiy tuzumning ozgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari goyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda oqituvchining ijodkorlik faoliyatini qaytadan qurmoq lozimdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik manaviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq talim tizimidan islohotlarda olimlar va ijodkor oqituvchilarning izlanishlarida oz aksini topmoqda.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» Konsepsiyasi kirish, 3-qismdan va uni amalga oshirishning ilmiy-metodik taminotidan iboratdir.
Kirishda konsepsiyani qabul qilish sabablari ochib berilgan. 1-qism. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasining zaruriyati»deb nomlanib, unda konsepsiyani qabul qilish maqsadi, tarbiya tizimida vujudga kelgan holat, jamiyat taraqqiyotida tarbiyaviy ishlarni ahamiyati ifodasini topgan. 2-qism. «Tarbiyaviy ishlarning asosiy yonalishlari, maqsad va vazifalari» deb nomlangan, unda «Tarbiyaning bosh maqsadi - yosh avlodni manaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, manaviy-tarixiy ananalarga, urf-odatlari xamda umum-bashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi oquvchi shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini xar tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.

Yüklə 63,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə