Жаҳон санъати тарихи


Qadimgi Italiya san’ati, uning geografik o‘rni, davlat chegarasi



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173
jahon sanati tarixi

Qadimgi Italiya san’ati, uning geografik o‘rni, davlat chegarasi. 
Eramizdan avvalgi VII asrning to yangi eraning V asriga qadar bo‘lgan o‘n 
ikki  asr  mobaynida  italiyaliklar  san’ati  va  badiiy  madaniyati  gullagan  davrini 
boshidan  kechirdi.  Qadimgi  dunyoning  yirik  davlatlaridan  hisoblangan  Rim 
imperiyasi  paytida  katta  hajmdagi  me’morchilik  ansambllari  vujudga  keldi, 
me’morchilikning  yangi  tiplari  paydo  bo‘ldi.  Italiyaliklar  qadimdagi  Gretsiya 
san’ati  va  madaniyatiga  zo‘r  hurmat  bilan  qaradilar.  Uni  ijodiy  o‘zlashtirdilar, 
nazariyasini  yangi  ilmiy  bilimlar  bilan  boyitdilar.  Realistik  portret,  tarixiy 
mavzudagi  relef  yaratish,  mozaika,  amaliy  san’at  borasidagi  novatorlik 
namunalarini  ko‘rsatadilar.  Qadimgi  Italiya  xalqlari  ichida  etrusklar  bo‘lgan. 
Ular  eramizdan  avvalgi  VIII-VI  asrlarda  Italiyaning  o‘rta  va  G‘arbiy  janubiy 
qismini  egallaganlar.  Etrusklar  qurish  san’atida  katta  muvaffaqiyatlarga 
erishdilar. Ular toshlardan katta-katta imoratlar solganlar, birinchi bo‘lib toshdan 
gumbaz  va  arkalar  ishlaganlar.  Etruriya  shaharlari  (Kere,  Tarkvini,  Veym, 
Klezium)  baland,  qalin,  mustahkam  devorlar  bilan  o‘ralgan.  Keng  yo‘llar, 
mustahkam  ko‘prik va  kanallar  qurilgan.  Etrusk haykaltaroshlaridan biri  Vulka 
hisoblanadi.  U  Rimga  Kapitoliydagi  Yupiter  ibodatxonasini  bezashga  taklif 
etilgan.  Vulka  Veyidagi  Apollon  ibodatxonasining  dekorativ  haykallarini  ham 
ishlagan. Apollon (Veym Apoloni deb yuritiladi) san’atkor ijodining o‘ziga xos 
tomonini  xarakterlaydi.  Unda  san’at  va  nur  hudosi  bo‘lgan  Apollonning 
shaxdam qadamlar bilan odimlab ketayotgan vaqti tasvirlangan. Shaffof, yengil 
libos  ostidan  uning  rivojlangan  muskuli  va  kuchli  qomati  ko‘rinib  turibdi. 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə