Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
38 
 
moddiy  va  ma’naviy  hayotida  rivojlanish sodir  bo‘ldi.  Bu davr  madaniyatining 
o‘ziga  xos  xususiyati  cherkor  va  feodal  zodagonlar  rolining  kamayishi,  yangi 
shakllangan  dvoryan  hamda  savdogar,  hunarmandlar  tabaqasi  hayoti  va 
ideologiyasini  targ‘ib  etish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  san’at  va  fanda  dunyoviy 
yo‘nalish yetakchi o‘ringa chiqib oldi.  
Bu  davr  san’atining  muhim  mafkuraviy  maqsadi  -  mamlakat  kuchlarini 
birlashtirish va davlatni mustahkamlashga qaratilgandir. Insonning ruhiy olamga 
qiziqishi  va  e’tibori  kuchaydi.  Monumental  me’morchilikda  katta,  ulug‘vor, 
hashamatli  binolar  yaratish,  ularning  ichki  va  tashqi  tomoni  badiiy  bezagiga 
alohida  e’tibor  berish  tendensiyasi  sezildi.  Me’morchilik  elementlarining 
dekorativligiga  e’tibor  ortdi.  Gro‘zin  san’atida  ancha  rivojlangan  mozaika  ham 
monumental  xususiyatga  ega  bo‘lib,  jonli  va  ta’sirlidir.  Monumental  rangtasvir 
san’ati  XII-XIII  asrlar  chegarasida  jiddiy  yutuqlarni  qo‘lga  kiritdi.  Bu  davrda 
gro‘zin  monumental  rangtasvirning  nodir  yodgorliklari  yaratildi.  Bu  xususida 
Vardzi  suratlari,  Betaniy  va  ayniqsa,  Kinsvisi  ibodatxonalaridagi  devoriy 
suratlar  obrazlarning  erkin  talqin  etilishi  voqelikning  poetik  tasvirlanishi  bilan 
xarakterlanadi.  
XVI 
asr 
monumental 
rangtasvirida 
Vizantiya 
rangtasvirining 
Konstantinopol  maktabi  ta’siri  seziladi.  Bu  davr  suratlari  ta’sirchan,  ifodali 
chiqqan 
bo‘lsa 
ham, 
obrazlardagi 
garmonik 
barkamollik 
va 
tasvirlanuvchilarning  ko‘p  qirrali  xarakterini  to‘liq  yoritish  bir  muncha  buzila 
boshlaganligi, sun’iylik ko‘rinadi. 
Gruzin  miniatyura  san’atining  ilk  namunasi  IX-X  asrlarga  to‘g‘ri  keladi. 
Ba’zi  ma’lumotlarga  ko‘ra,  bu  san’at  V  asrlardayoq  rivojlangan  va  keng 
tarqalgan.  Miniatyura  san’atida  ellinistik  san’atning  ta’siri  seziladi.  Bu  davr 
miniatyuralari o‘zining o‘tkir qalami, real va yorqin kaloriti bilan ajralib turadi. 
Unda diniy mavzudan tashqari, dunyoviy voqealar ham o‘z ifodasini topgan. 
XIV-XVII  asrlar  gro‘zin  xalqining  chet  el  bosqinchilariga  qarshi  kurashi 
davridir.  Bu  uning  iqtisodiy  ravnaqiga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazdi.  Monumental 
rangtasvir,  miniatyura,  me’morchilik  san’ati  bir  muncha  orqaga  ketishi  bilan 
xarakterlanadi. Lekin xalq amaliy sang’ati, yog‘och va tosh o‘ymakorligi san’ati 
rivojlanishda davom etib, davr o‘zgarishlarini o‘zida ifodaladi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə