Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
37 
 
Eronning  yutuqlaridan  foydalanib,  o‘ziga  xos  san’at  yaratdilar  va  jahon 
madaniyati xazinasini boyitdilar. 
Kavkaz  xalqlari  san’ati  X-XIII  asrlarda  eng  gullagan  davrini  boshidan 
kechirdi.  Gruziya  va  Armaniston  O‘rta  asrlar  monumental  me’morlik  san’ati 
hajmiy-plastik yechilishi xarakteri bilan farq qiladi. Markazli qubbali Zakavkaze 
ibodatxonalari  zinasimon  kompozitsiyaga  ega  bo‘lib,  uning  me’morchilik 
hajmlari  o‘rtaga  qarab  balandlashib  boradi.  Cherkov  binosining  to‘rt  tomoni 
o‘ziga  xos  frantanlar  bilan  tugallanadi.  Binoning  tashqi  zinasimon 
kompozitsiyasi intererning ichki xarakteriga xos.  
Arman  me’morchiligining  o‘ziga  xos  tomonlari  Echmiadzin  yaqinidagi 
Gijima  ibodatxonasida  yaqqol  seziladi.  Bu  ibodatxona  plani  asosida  hamma 
tomoni teng bo‘lgan but olingan. Binoning tashqi tomoni yaxlit, salobatlidir. U 
o‘zining  aniq  nisbati,  devor  fakturasining  yoqimli  qiilb  ishlanganligi  bilan 
xarakterlanadi.  Bino  silueti  yaxlit  va  aniq  tuzilishi  bilan  xotirada  yaxshi 
saqlanadi.  Ibodatxona  sakkiz  qirrali  baraban  bilan  tugallangan.  Arablar 
tomonidan  VII  asrda  Armaniston  yerlarining  zabt  etilishi  san’at  taraqqiyotiga 
to‘siq  bo‘lib,  bu  hol  qariyb  200  yil  davom  etadi.  Faqat  arab  xalifaligining 
parchalanishi  va  Armanistonning  chet  el  istilosidan  qutulishi  iqtisodiy,  siyosiy 
hayotda  jonlanishni  boshladi.  Yirik  feodal  yer  ho‘jaligi  mustahkamlanib, 
kengayib bordi. IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, yagona davlat yaratishga 
intilish sezila boshladi.  
Gruziyada  ilk  xristian  dini  bilan  bog‘liq  binolar  (V-VI  asrlar)  bazilikadir. 
Ular  kichik  Osiyo,  Albaniya,  Siriya,  Armanistondagi  bazilika  binolariga 
o‘xshash. Lekin u mahalliy an’analar bilan boyitilgan bo‘lib, uch qavatli zinali 
supacha  ustiga  qurilgan  bu  bino  tashqi  tomondan  sodda  va  past,  og‘ir 
ko‘rinishga  ega.  Lekin  asosiy  diqqat  intererga  qaratilgan.  Keng  xona 
devorlaridagi  aniq,  yaxlit  shakllar  uning  ichki  emotsional  imkoniyatlarini 
oshiradi.  Bino  intererlarini  bezashda  toshdan  yaratilgan  kapitel  va  plastrlar 
muhim  o‘rinni  egallaydi.  Bo‘rtma  tasvirlarda  Eron  va  Gruziya  xalq  yog‘och 
o‘ymakorligi an’analari uyg‘unlashgan.  
VI  asrning  oxiri  va  VII  asrda  markaziy  qubbali  qurilish  keng  o‘rinni 
egallay  boshladi  va  uning  turli  variantlarini  ishlab  chiqildi.  Mixetidagi  Djvari 
ibodatxonasi 
gruzin 
me’morchiligining 
xarakterli 
tomonini 
o‘zida 
mujassamlashtirgan.  Hajmi  jihatidan  monumental  ko‘rinishga  ega  bo‘lgan  bu 
bino va tabiat manzarasi bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan va uning bir bo‘lagi 
sifatida  idrok  etiladi.  Bino  kompozitsiyasi  sakkiz  qirrali  baland  bo‘lmagan 
baraban  bilan  tugallangan.  Tashqi  devor  bo‘rtma  tasvir  va  naqshlar  bilan 
bezatilgan. Gruzin san’atining eng gullagan davri XI-XIII asrlarga to‘g‘ri keladi. 
Bu davrga kelib, Gruziya yaqin sharqdagi eng yirik davlatlardan biriga aylanadi, 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə