Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
34 
 
MAVZU: O‘RTA ASRLAR SAN’ATI TARIXI. 
 
REJA: 
1.
 
Sharq  va  G‘arbda  O‘rta  asrlar  tarixining  davriy  chegarasi, 
rivojlanishidagi asosiy bosqichlar. 
2.
 
O‘rta asrlar san’ati. 
 
Yer  yuzida  feodalizm  tuzumining  paydo  bo‘lishidan  tortib,  uning 
rivojlanishi  va  nihoyat,  uning  inqirozidan  keyingi  tuzumiga  o‘rnini  bo‘shatib 
berguncha  bo‘lgan  davrdagi  san’ati,  odatda,  O‘rta  asrlar  san’ati  deyiladi.  Bu 
san’at turli  mamlakatlarda  turli  vaqtda  boshlangan  va  davom  etgan.  Jumladan, 
Yevropada  u  Buyuk  Konstantin  podsholik  qilgan  davrdan  (IV  asr)  boshlanadi. 
Uning  dastlabki  inqirozi  esa  XIII-XIV  asrlardagi  Italiyadagi  shahar-
davlatlarning 
vujudga 
kelishi 
bilan 
tezlashadi. 
Yevropadagi 
ayrim 
mamlakatlarda  feodalizm  VII-VIII  asrlar  va  undan  kech  ham  boshlanib,  XVII 
asrlarning  so‘ngigacha  davom  etgan  (masalan,  Vizantiya,  Qadimgi  Rus). 
Aksincha,  Sharq  mamlakatlarida  (masalan  Xitoy,  Hindistonda)  O‘rta  asrchilik 
birmuncha erta boshlangan. Lekin uning inqirozi cho‘zilib ketib, XIX asrgacha 
va undan keyinroq ham davom etgan. 
O‘rta asrlarda me’morchilik yetakchi o‘rinni egalladi. Bizgacha O‘rta asrlar 
me’morchilik  san’atining  juda  ko‘p  nodir  yodgorliklari  saqlanib  qolgan.  Bu 
yodgorliklar,  ayniqsa,  monumental  me’morchilik  san’ati  O‘rta  asrlar  ijtimoiy, 
iqtisodiy  va  madaniy  hayotini  o‘rganishda  muhim  o‘rinni  egallaydi.  Ular 
davrning  diniy,  falsafiy  qarashlarini  aks  ettiribgina  qolmay,  inson  aql-
zakovatining  qudratini  ulug‘laydi.  Bu  davrda  qurilgan  Yevropadagi 
ibodatxonalar, 
musulmon 
sharqidagi 
hashamatli 
machitlar, 
buddizm 
yodgorliklari O‘rta asr tafakkurining mahsuli sifatida hozirgacha kishilar qalbini 
to‘lqinlashtiradi. Buyuk inson aql-zakovati qudratiga ta’zim etishga da’vat etadi. 
 
Vizantiya  san’atining  o‘ziga  xos  tomonlari  IV  asrda  uning  maydoniga 
xristian  dinining  kirib  kela  boshlagan  davridan  shakllana  bordi.  Bu  xususiyat 
Vizantiyaning dastlabki gullagan davri VI-VII asrlarda yaqqol namoyon bo‘ldi. 
Konstantinopal bu davrda katta Vizantiya imperiyasining faqat siyosiy  markazi 
emas, balki madaniy o‘chog‘iga ham aylandi. 
Vizantiya  me’morchiligi  uslubi  grek  va  rim  me’morchiligi  an’analarining 
mahalliy  an’analar  bilan  uyg‘unlashishidan  vujudga  kelgan.  Jumladan, 
Konstantinopoldagi  Sofiya  ibodatxonasi  o‘z  konstruktiv  tuzilishi  jihatidan 
Panteon  ibodatxonasi  konstruksiyasiga o‘xshab ketadi,  lekin  bu  o‘xshashlik  bir 
muncha  yashiringan  holda  talqin  etilishi  bilan  xarakterlanadi.  Vizantiya 
rangtasvirining nodir namunasi XII asr birinchi yarmida Konstantinopollik usta 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə