Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
36 
 
Italiya  bilan  yaqin  munosabatda  rivojlandi,  ularning  san’atidan  ta’sirlandi. 
Vizantiya  san’ati  an’analari  ayniqsa,  rangtasviri  Serb  san’ati  taraqqiyotida 
muhim  o‘rinni  egalladi.  Me’morchilik  san’atida  esa  G‘arbiy  Yevropa 
an’analarining  ta’siri  seziladi.  Serb  san’atining  ilk  namunalari  bizgacha  kam 
yetib  kelgan  va  ularda  ko‘proq  Yevropa  roman  davri  san’ati  an’analari  ta’siri 
bo‘lgan.  Bu  davr  me’morchilik  namunalari  plan  jihatidan  sodda,  bazilika 
tiplariga  yaqin,  ravoqli  cherkovlar  bo‘lib,  ularning  eshik  va  darchalari  atrofi 
sodda bo‘rtma tasvirlar bilan bezatilgan. Serb san’atining harbiy Yevropa bilan 
aloqasi  XI  asrdan  rivojlana  boshlagan  miniatyura  san’atida  ham  namoyon 
bo‘ladi.  Serb  me’morchiligining  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri,  uning 
dekorativ xarakterdaligidir. Bu xususda Studennitsadagi Bibi Maryam cherkovi 
diqqatga sazovordir. Binoning tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor berganlar, u oq 
va  kul  rang  marmar  bilan  pardozlanib,  arkatura  frizi  bilan  bezatilgan. 
Konsollarda odam va hayvon niqoblari ishlangan, g‘arbiy va janubiy peshtoqlar, 
mehrob darchalari o‘yma naqqoshlik bilan bezatilgan. Naqsh uchun o‘simliklar 
dunyosi,  qush,  hayvon  va  odamlar  shakli  olingan.  Nerezedagi  (Makedoniya) 
Panteleymanx  ibodatxonasi  devoriy  suratlari  Serb  monumental  rangtasviri 
to‘g‘risida tasavvur beradi.  
«Butdan  tushirish» mavzusiga  bag‘ishlangan  suratlarda  kuchli  hayajon  va 
motam,  iztirob,  qayg‘urish  ishonarli  va  ifodali  tasvirlangan.  Bu  tasvirlarda 
butdan  tushirilgan  Iaga  aza  tutayotgan,  chuqur  qayg‘u  va  motam  bilan  uni 
quchoqlayotgan  Bibi  Maryam,  Iso  tomon  chuqur  qayg‘u  va  motam  bilan 
engashib  qarab  turgan  Ioan  obrazlari  chuqur  motam  holatida  ta’sirli  ishlangan. 
Yosh avliyolar obrazi ham ta’sirli va xarakterlidir. Bu tasvirlarda rassom kontur 
chiziqlardan foydalanmagan holda faqat rang surtmalari hisobiga obraz hajmini 
ifodalashga intiladi.  Surat  koloriti  yorqin,  jarangdor,  oq sarg‘ish, oltin, ko‘k va 
moviy  ranglar  gammasi  o‘zaro  nisbatda  asarning  emotsional  tomonini  oshirib, 
uning  ko‘rimli  bo‘lishiga  yordam  beradi.  Serb  O‘rta  asrlar  san’ati  o‘z  davri 
uchun progressiv  ahamiyatiga  ega  bo‘ldi. XIII-XIV  asrlar  me’morchilik  san’ati 
Sharqiy  Yevropa  san’ati  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Serb  rassomlari 
insonning  his-tuyg‘u,  ehtiroslarini  badiiy  ifoda  etib,  o‘zga  yerdagi 
zamondoshlariga  namuna  bo‘ldilar.  Serb  san’atkorlari  diniy  kanonlardan 
chekkaga  chiqmagan  holda  real  dunyoni  keng  va  to‘laqonli  tasvirlashga 
erishdilar.  Serb  san’atkorlari  Ruminiya,  Bolgariya,  Qadimgi  Rus  san’atiga  o‘z 
ta’sirlarini  o‘tkazdilar.  O‘rta  asrlar  san’ati  va  madaniyatida  Kavkaz  xalqlari, 
jumladan, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon xalqlari san’ati ham alohida o‘rinni 
egallaydi. Bu xalqlar  san’ati qadimgi  mahalliy  san’at an’analariga  ega  bo‘lgan, 
O‘rta asrlarning muhim madaniyat o‘choqlaridan hisoblanadi. Ular Vizantiya va 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə